Kontent qismiga oʻtish

Kitagata (Gifu)

Koordinatalari: 35°26′8.8″N 136°41′3.7″E / 35.435778°N 136.684361°E / 35.435778; 136.684361
Vikipediya, erkin ensiklopediya
Kitagata

北方町
Shaharcha
Skyline of Kitagata
Kitagata
Bayroq
Kitagata
Gerb
35°26′8.8″N 136°41′3.7″E / 35.435778°N 136.684361°E / 35.435778; 136.684361
Mamlakat Yaponiya
{{{mintaqa_turi}}} Chubu viloyati
Maydon 5.18 km2 (2.00 kv mi)
Rasmiy til(lar)i yapon
Aholisi
 (2018-yil 1-noyabr)
18 410
Zichligi 3600 kishi/km2
Vaqt mintaqasi UTC+9:00
Kitagata xaritada
Kitagata
Kitagata
Kitagata Jinʼya manzilgohi

Kitagata (yaponcha: 北方町 Kitagata-chō?) Yaponiyadagi Gifu prefekturasining Motosu tumanida joylashgan shaharchadir. 2018-yil 1-noyabr holatiga koʻra, shaharchada 7449 ta xonadonda 18410 nafar aholi istiqomat qilgan va aholi zichligi 1 km2 ga 3600 kishidan toʻgʻri kelgan[1]. Shaharning umumiy maydoni 5,18 kvadrat kilometrni (2,00 mi²) tashkil etdi. Maydoni boʻyicha Gifu prefekturasidagi eng kichik shaharcha hisoblanadi.

Kitagata Gifu prefekturasining janubidagi Nobi tekisligida joylashgan.

Shahar iqlimi issiq va nam yoz hamda yumshoq qish bilan tavsiflanadi (Köppen iqlim tasnifi Cfa). Kitagatada oʻrtacha yillik harorat 15,3 °C ni tashkil etadi. Yillik oʻrtacha yogʻingarchilik miqdori 1990 mm boʻlib, sentyabr esa eng seryogʻin oy hisoblanadi. Avgustda eng yuqori harorat 27,9 °C, eng past harorati esa yanvarda, 3,9 °C atrofida boʻladi[2].

Qoʻshni munitsipalitetlar

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Demografiyasi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Yaponiya aholini roʻyxatga olish maʼlumotlariga koʻra[3], Kitagata aholisi soni oʻnlab yillar davomida kuchli oʻsishdan soʻng yaqinda pasayishni boshlagan.

Aholining oʻsishi
YilAholi±%
197010,855—    
198013,165+21.3%
199015,955+21.2%
200017,25+8.1%
201018,395+6.6%
202018,139−1.4%

Kitagava atrofidagi hudud anʼanaviy Mino viloyatining bir qismi boʻlgan. Edo davrida u Tokugava syogunatiga qarashli Kano domenining bir qismi edi. Meidzi restavratsiyasidan keyingi kadastr islohotlari davomida hudud Gifu prefekturasining Motosu tumaniga aylantirildi. Kitagata shahri 1889-yilda zamonaviy munitsipalitetlar tizimining oʻrnatilishi bilan tashkil etilgan. Shahar 1891-yilgi Mino-Ovari zilzilasidan jiddiy zarar koʻrgan, natijada 602 uy vayron boʻlgan va 62 kishi halok boʻlgan.

Taʼlim tizimi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Kitagatada uchta davlat boshlangʻich maktabi hamda shahar hukumati tomonidan boshqariladigan bitta davlat oʻrta maktabi faoliyat yuritadi. Shaharda Gifu prefekturasi taʼlim kengashi tomonidan boshqariladigan bitta davlat yuqori maktabi ham mavjud.

Kitagatada yoʻlovchi temir yoʻl xizmati mavjud emas.

Magistral yoʻl

[tahrir | manbasini tahrirlash]
  • Milliy yoʻnalish 157
Kitagata festivali
Enkyouji
Enkyo-ji pagiodasi
Seiryōzan Kichijō-ji ibodatxonasi
Akiba ibodatxonasi