Kontent qismiga oʻtish

Anushaxon hammomi

Koordinatalari: 41°22′39″N 60°21′43″E / 41.377430°N 60.361918°E / 41.377430; 60.361918
Vikipediya, erkin ensiklopediya
Anushaxon hammomi

Anushaxon hammomi
Joylashuvi Pahlavon qori koʻchasi
Xiva shahri
Xorazm viloyati
Oʻzbekiston
Koordinatalar 41°22′39″N 60°21′43″E / 41.377430°N 60.361918°E / 41.377430; 60.361918
Konfessiya islom
Turi hammom
Asoschi Abulgʻozixon
Asosiy sanalar 1664-yil
Qurilish boshlanishi 1657-yil
Qurilish yakunlanishi 1664-yil
Holati davlat himoyasida
Map
Anushaxon hammomi xaritada

Anushaxon hammomi – Xivadagi meʼmoriy yodgorlik. 1657-yil Ichan qal’adagi Oq masjid yonida Abulgʻozixon tomonidan oʻgʻli Anusha Muhammad Sultonning Karmanadagi gʻalabasi sharafiga qurilgan. Abulg‘ozixon talonchilik bosqinidan qaytayotganida unga qo‘qqisdan Abdulazizxon hujum qiladi. Shunda Anushaxon mardlik va tadbirkorlik ko‘rsatib Buxoro askarlarini tor-mor qiladi.

Abulg‘ozi Xivaga qaytib kelgach, yurtga katta to‘y berdi va xaloyiq oldida o‘z o‘g‘lining xizmatlarini qadrlab, unga tug‘, lashkar va Hazoraspni tuhfa etdi[1]. Anushaxon sharafiga hammom qurilishi ham Abulg‘ozixon o‘z o‘g‘liga qilgan marhamatlaridan bittasi bo‘lsa kerak.

Anushaxon hammomi taxminan 1657—1664-yillarda bunyod etilgan hamda shu turga mansub meʼmoriy yodgorliklar ichida eng qadimiysidir. Anusha Muhammadxon hammomi ancha murakkab reja asosida barpo etilgan. Hammom xonalarining oʻzaro bogʻlanishi eski hammomlar koʻrinishida tartiblangan. Yuvinish uchun qatʼiy tartib oʻrnatilgan. Haftaning payshanba kuni eʼtiborli zotlar, xon va uning yaqin qarindoshlari, juma kuni esa din arboblari, ulamolar, qolgan kunlarda shaharliklar va qishloqlardan kelgan aholi yuvingan. Anushaxon hammomi xonlik tasarrufida boʻlgan va unga vaqf yerlari mulk sifatida ajratib berilgan. Binoga  teri kasalliklari bilan kasallangan kishilar, ayollar, bolalar, gʻayridinlarning kirishi taqiqlangan.

Anushaxon hammomi  ixtisoslashgan kasalxona vazifasini ham oʻtagan. Bu yerda tibbiy uqalash muolajalari ham oʻtkazilgan.   Issiq bugʻdan oyoq-boʻgʻim va bod kasalliklarini davolashda foydalanilgan. Hammomning alohida xonasida  tishi ogʻrigan bemorlarning tishi    olib   tashlangan[1]. Shu bilan birga, qon bosimi yaʼni xafaqon dardiga uchragan bemorlardan qon ham olingan. Xafaqon xastaligiga uchragan kishilardan ortiqcha qonni olish orqali qon bosimi – normaga tushirilgan[2].  

Mijozlar uchun hammomda choyxona ham tashkil etilgan. Choyxonada odamlar oʻzaro gaplashib, dam olishiga sharoitlar yaratilgan.

Anushaxon hammomi 2012-yilgacha faoliyat yuritgan. Hozirgi paytda taʼmirlash ishlari olib borilmoqda. Kompleks yaxshi holatda saqlangan. Shuning uchun ham 350 yil oʻtsa ham u shifoxona va sogʻlomlashtirish markazi sifatida foydalanilmoqda.

Hammomga Oq masjid yaqinidagi gumbazli kichik xonadan kiriladi. Hammom xonalari issiqni yaxshi saqlash uchun yer ostiga joylashtirilgan boʻlib, tashqaridan faqat gumbazlar koʻrinib turadi. Anushaxon hammomida daxliz, kiyimxona, sovuqxona, issiqxona, issiq suv turadigan hovuzcha, goʻlax bor. Hammom xonalarining oʻzaro bogʻlanishida qadimgi an’analar takrorlangan. Suv tarnovlardan hovuzga yigʻiladi. Oʻtxona dudlari maxsus yoʻllar orqali hammom xonalari ostidan oʻtib, ularni isitadi va moʻrkon orqali tashqariga chiqadi. Issiq suvli 568 ta hovuz atrofidagi toʻrtta xona devordagi tuynuklar orqali suv bilan taʼminlanadi. Hammom pishiq gʻishtdan ishlangan. Ichki tomoni suvalgan, hech qanday bezak yoʻq. Hammomni qizdirish uchun Xiva shahri ichkarisidagi har xil chiqindilar ot, eshak tezaklari, hovlilardan chiqqan ortiqcha chiqindilarni topib yoqilgan[3]. 1984-yilda taʼmir qilinib, ishga tushirilgan.

Hammom arxitekturasi juda sodda. Bino faqat XVII asrdagi Xiva shahar xo‘jaligining yodgorligi sifatida ahamiyatga ega.

Xonalar pol tagidagi maxsus quvurlar yordamida qizdirilgan. Isitish xonasi yonidagi quvurdan ehtiyot uchun suv olib ishlatilgan[1].

Devor va gumbaz sathi suvga chidamli qorishma bilan suvalgan. Xonalar kichik bo‘lgani uchun ustalar oddiy tuzilishdagi gumbazlarni qo‘llashgan.

Foydalanish uchun juda qulay bo‘lgan hammom butunlay hajmiy tuzilishi bilan XVII asr oddiy aholi arxitekturasining nihoyatda sodda va tabiiy ekanligidan darak beradi.Hammomning shimoliy devori Oq masjidga tutash, qolgan qismida tutash jabhalar aniqlanmagan. Hammomga gumbazli dahliz orqali kirish eng qulay va asosiy yoʻ hisoblangan. Devorlarning butun kengligi bo'ylab to'rtta bo'shliqli xonalar boʻlgan. U xona orqali maxsus cho'zinchoq yo'lak bilan doira shaklidagi kiyinish xonasiga oʻtilgan. Kiyinish xonasidan soʻngra asosiy kir yuvish xonasiga kirilgan. Kir yuvish xonasi kvadrat, ikkita chuqurlik bilan ajratilgan. Shimoliy va janubiy devorlarda chuqulik tomonlar boʻlsa sharqiy tomonda ikkita kichik kir yuvishga moslashtirilgan sayozilik hududui bor. Kir yuvish xonalari oʻsha davrda noyob islohot xisoblangan maxsusu suv yoʻlaklari orqali issiq suv bilan ta'minlangan. Suvni isitishda ko'mirdan foydalanilgan. Sovuq suv idishi markaziy hamma narsani egallagan xonaga quduqlar orqali suv chiqarilgan va maxusu yoʻl orqali hammomga olib kirilgan. Asosiy xonalar sferokonik tarzda qoplangan gumbazlari halqali toshli, tepa qismida yorug'lik teshiklari bilan taʻminlangan. Asosiy zalning tepasida qurulish qotishmasidan yasalgan fonus o'rnatilgan. Shiftga qoʻyilgan plitalar ustiga qamish yotqizilgan va hammomdagilarga xavf tugʻdirmaydigan qilib mustahkamlangan.. To'rtburchak xonalar “balxi” naqshlari bilan qoplangan. Yo'laklarda uchli gumbazlar mavjud. Ichki devorlar suv o'tkazmaydigan qilib maxsus ishlov berilgan. Bunda noodatiy qurulish materiallari kombinatsiyasidan foydalanilgan. Hammomni isitish odatiy tarzda, issiq materiallar bilan amalga oshirilgan.

Yer osti kanallari tizimi orqali xonalarni isitish ham amalga oshirilgan. Hammom ostida eskiroq inshoot joylashgan. Unda hammomning notekis chuqurlikdagi g'ishtga asoslangan poydevori joylashgan (0,5-1,3 m).

Umumiy - 27,0x15,0 m tashqarida;

Zallarning yon tomonlari: 4,3 m;

4,0 x 4,0 m; 4,7 x 4,2 m; 5,0 x 3,2 m; 3,7 x 3,7 m; qubba balandligi

Suv quduqlari hajmi - 8,0; 6,5; 4,0 m.

Qurilishi bilan bogʻliq rivoyat

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Ota va oʻgʻlining hayoti toʻgʻrisida gʻayrioddiy rivoyat bor. Xiva xonligining obroʻli hukmdorlaridan boʻlgan Abulgʻozi Bahodirxonning 9 oʻgʻli boʻlgan. Xon oʻninchi farzandini qiz tugʻilishini xohlaydi. Biroq, oilada oʻninchi farzand ham oʻgʻil boʻladi. Abulgʻozini xafa qilmaslik uchun farzandning jinsi koʻp yil mobaynida undan sir saqlanadi. Hatto chaqaloqqa tugʻilgan vaqtida xonning sevimli kanizagi – millati arman boʻlgan Anusha sharafiga Anush ismi qoʻyiladi. Yillar oʻtib, Abulgʻozixon Xiva xonligi va Buxoro amirligi oʻrtasida boʻlgan urushlarning birida asir olinadi. Toʻqqiz oʻgʻil otasi taqdiri toʻgʻrisida oʻylamaydi hamda bu imkondan foydalanishga shoshilishadi. Kichkinasi esa, ikkilanmay, qiz koʻrinishida otasini qutqarish uchun Buxoro amiri saroyiga boradi. Amir otasini qutqarish uchun oʻgʻillari emas, balki qizi kelganidan kuladi. Anushxon hukmdorni hayratda qoldirsa, otasi bilan birga hech qanday qiyinchiliksiz ortga qaytishga rozilik soʻraydi. Amir bu shartga rozi boʻladi. Buxoro amiri, yosh qiz oʻzini chindan ham hayron qoldirishi mumkinligi haqida oʻylamaydi. Anusha oʻzining kiyimlarini yechadi. Amir yigitning tanasini koʻrib, magʻlubiyatini tan oladi. Abulgʻozixonning oʻzi ham hayron qoladi, lekin uni aldashgani uchun gʻazablanmaydi. Abulgʻozi oʻgʻli tufayli Xivaga qaytadi va qaytganidan keyin „Men toʻqqiz oʻgʻlim bor deb oʻylardim, lekin ilohiy taqdir mening bitta oʻgʻlim – Anusha borligini koʻrsatdi“, – deydi. Xon shukrona uchun oʻgʻli sharafiga masjid va hammom-shifoxonalar qurdiradi[4].

  1. „Anushaxon hammomi“. khivamuseum.uz. Qaraldi: 14-oktabr 2023-yil.
  2. „Anusha xon hammomi“. meros.uz. Qaraldi: 14-oktabr 2023-yil.
  3. Bobojonov D, Abdurasulov M. Firdavsmonand shahar. Xorazm Ma'mun akademiyasi nashriyoti 2008 — 77-bet. 
  4. „Xiva – o‘tmishga ochilgan vaqt darvozasi“. Qaraldi: 14-oktabr 2023-yil.
  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
  • Булатова В., Ноткин И. Хива обидалари. – Т.: Ўзбекистон, 1972. – Б.34-35.
  • Yunusov M. va boshqalar. O’zbekistonning arxitektura yodgorliklari tarixi. – T.: Navro’z, 2011. – B.198.