Kontent qismiga oʻtish

Anvar Solihboyev

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Anvar Saidovich Solihboyev
 Oʻzbеkistоnning Pokistondagi elchisi
 
Mansab davri
2004-yil 23-apreldan – 2005-yil 12-dekabrgacha
Hukumat boshligʻi Shavkat Mirziyoyev
Prezident Islom Karimov
Shaxsiy maʼlumotlari
Tavalludi 26-oktyabr 1950-yil (1950-10-26) (74 yosh)
Samarqand
Mukofotlari 2-darajali Shon-sharaf ordeni
Qoʻshin turi maxsus xizmat
Unvoni General-leytenant

Anvar Saidovich Solihboyev — oʻzbek diplomati, harbiy. 2004-2005-yillarda Oʻzbekistonning Pokistondagi elchisi[1].

1950-yil 26-oktabrda Samarqand shahrida tug‘ilgan.

1973-yilda Samarqand davlat universitetining tarix va ijtimoiy fanlar fakultetini tamomlagan.

1973-1991 — OʻzSSR davlat xavfsizligi idoralarida turli lavozimlarda xizmat.

1991-1994 — Oʻzbekiston Respublikasi Milliy xavfsizlik xizmati boʻlim boshligʻi.

1994-2004 — Oʻzbekiston Respublikasi Milliy xavfsizlik xizmati raisining o‘rinbosari.

2004-yil 23-apreldan 2005-yil 12-dekabrgacha — O‘zbekiston Respublikasining Pokiston Islom Respublikasidagi favqulodda va muxtor elchisi.

2005-yil 12-noyabrdan 2011-yil iyungacha — Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirining oʻrinbosari, Osiyo-Tinch okeani mintaqasi davlatlari bilan aloqalar boshqarmasi boshligʻi.

2011-yildan nafaqada.

Uylangan, ikki nafar farzandi bor.

Ukasi — Solihboyev Umar Saidovich, Oʻzbekistonning Avstriyadagi elchixonasi maslahatchisi.

Singlisi Solihboyeva Umida Saidovna — O‘zbekistondagi eng yirik ijtimoiy dorixonalar tarmog‘i — „Dori Darmon“ aksiyadorlik jamiyati boshqaruvi raisi[2][3].