Arabxona (Buxoro tumani)
Arabxona — Buxoro viloyati, Buxoro tumani Turkon, Soʻfikorgar, Amirobod, Guliston mahalla fuqarolar yigʻini hududidagi aholi pukti nomi. 2009-yildan shaharcha[1].
Arabxona Oʻzbekiston Respublikasining koʻp viloyatlarida uchraydigan qishloq va mahalla nomi hisoblanadi. Arablar, Arabho (Arabo), Arabon va boshqa turdagi atamalar ham mavjud boʻlib, „Arablar yashaydigan joy“, „Arablar qishlogʻi“ degan maʼnolarni anglatadi. Ushbu atama Oʻrta Osiyo huhudiga arablarning kirib kelishi davridan boshlanib, undan keyingi davrlarda ham oʻrnashgan arablar bilan bogʻliqdir. VII—VIII asrlarda arablarning Bagʻdod va Damashqdagi aholisi yurishlar natijasida Oʻrta Osiyo hududlariga oʻrnashib oladilar. XV—XVI asrlarda esa Yaman arablari Movarounnahrga kirib kela boshlagan[2]. Arablarning Oʻrta Osiyo hududiga kirib kelishi uzoq tarixiy davrni oʻz ichiga qamrab oladi. Buxoro, Jondor, Vobkent, Romitan, Kogon, Peshkoʻ, Olot, Shofirkon, Gʻijduvon, Qorakoʻl tumanlarida ham shu toponim bilan bogʻliq mahalla, guzar va qishloqlar mavjud. Professor T.Nafasov tadqiqotlarida quyidagi arablar mavjud ekanligi qayd qilingan: 1.Arab tilini bilmaydigan, qarluq lahjasida soʻzlashadigan arablar; 2.Arab tilini biladigan, oʻzbekcha soʻzlashadigan va tojik tilini bilmaydigan arablar; 3.Arab va tojik tilini bilmaydigan, oʻzbekcha soʻzlashadigan arablar; 4. arab tilini bilmaydigan, tojik va oʻzbek tillarida soʻzlashadigan arablar[3]. Soʻnggi ikki tur arablar yashaydigan aholi punktlari Arabxona deb ataladi. Bu etnik tarkib hududlarining nomlashishiga asos qilib olingan. Tarixchi olimlar Qahramon Rajabov, Shodmon Hayitov va Furqat Sodiqov tadqiqotlariga koʻra Arabxona mahalla fuqarolar yigʻinida 2015-yil 1-yanvar holatiga koʻra 3208 kishi istiqomat qilgan[4].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ POSTANOVLYeNIYe KABINYeTA MINISTROV RYeSPUBLIKI UZBYeKISTAN 13.03.2009 g. N 68 O DOPOLNITYeLNIX MYeRAX PO SOVYeRShYeNSTVOVANIYu ADMINISTRATIVNO-TYeRRITORIALNOGO USTROYSTVA NASYeLYeNNIX PUNKTOV RYeSPUBLIKI UZBYeKISTAN
- ↑ Toʼrayev H.H. Buxoro toponimikasi. Buxoro: Durdona, 2021 — 276-bet. ISBN 978-9943-7455-7-5.
- ↑ Adizova N. Buxoro tumani toponimlari. Toshkent: Navro’z, 2020 — 115-bet.
- ↑ Rajabov Q, Hayitov Sh, Sodiqov F. Buxoro tuman tarixi (qisqacha ma’lumotnoma). Toshkent: Tafakkur, 2015 — 52-bet.