Art+Feminism

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Art+Feminism
Holat Faol
Oʻtkazilishi Yillik
Lokatsiya 17 mamlakatning 70 ta nuqtasida (2015)
Faol yillari 10
Ochilish 1-fevral, 2014-yil(2014-02-01)
Eng soʻnggi tadbir 2021-yil, mart
Ishtirok darajasi 1,300 (2015)
Tashkil etilgan Siân Evans
Jacqueline Mabey
Michael Mandiberg
Laurel Ptak
Veb-sayt https://artandfeminism.org/

Art+Feminism — 2014-yilda boshlangan Vikipediyaga ayol ijodkorlar haqida maʼlumot qoʻshish uchun har yili butun dunyo boʻylab boʻlib oʻtadigan edit-a-thon hisoblanadi. Loyiha „Vikipediyada erkaklar tomonidan va ular haqida nomutanosib ravishda yoziladigan doimiy tarafkashlikni tuzatish boʻyicha koʻp millatli katta harakat“ sifatida tavsiflangan[1][2].

2014-yilda Art+Feminismning ilk kampaniyasi 30 ta alohida tadbirda 600 nafar koʻngillini jalb qildi[2][1]. Keyingi yili jami 1300 nafar koʻngilli 17 ta turli mamlakatlarda, toʻrt qitʼada boʻlib oʻtgan 70 ta tadbirda qatnashdi. Oʻshandan beri 1500 dan ortiq tadbirlarda 20 000 dan ortiq kishi ishtirok etdi. Bu 100 000 dan ortiq Vikipediya maqolalarida ijobiy natijalarga olib keldi[2]. 2021-yil holatiga koʻra, dunyo boʻylab 1260 ta tadbirda 18 000 dan ortiq odam qatnashdi va, taxminan, 84 000 ta Vikipediya maqolalari yaratildi va tahrirlandi[3].

Loyiha tashkil etilishi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Siân Evans, McKensie Mack, Michael Mandiberg, va Jacqueline Mabey (chapdan oʻngga).

Art+feminizm kutubxonachi Siân Evans Shimoliy Amerika sanʼat kutubxonalari jamiyati uchun ayollar va sanʼat loyihasini ishlab chiqayotganda boshlangan[4]. Evans Jacqueline Mabey, Michael Mandiberg va Laurel Ptak yordamida loyihani tashkil etadi[4].

Art+Feminism loyihasini tashkil etishning sabablaridan biri Vikipediyaning kataloglash tizimini tanqid qilayotgan ommaviy axborot vositalariga javob qaytarish edi[5][6]. Loyiha Vikipediyadagi boʻshliqlarni toʻldirishda va ayol tahrirchilar sonini koʻpaytirishda davom etmoqda[7][8]. Vikipediyadagi tarjimai hollarning atigi 17 foizi ayollar haqida va Vikipediya tahrirchilarining atigi 15 foizi ayollardan iboratdir[9]. Kira Visnevski 2020-yilda Art+Feminism ijrochi direktori etib tayindi[10].

Tadbirlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Art+Feminism edit-a-thonidan video, Zamonaviy sanʼat muzeyi, 2015-yil

Edit-a-thon 2015-yilda Amerika Qoʻshma Shtatlaridan tashqari Avstraliya[11], Kanada[12], Kambodja[13], Hindiston[14], Yangi Zelandiya[15] va Shotlandiya[16] kabi joylardan ommaviy axborot vositalarida yoritildi. Qoʻshma Shtatlar ichida esa Nyu-York[17], Kaliforniya[18][19], Kanzas[20], Pensilvaniya[21], Texas[22] va Gʻarbiy Virjiniya[23] kabi joylarda ham oʻtkazildi.

2020-yilda, COVID-19 pandemiyasidan xavotirlar tufayli, tadbir Zoom video konferensiya ilovasi orqali virtual tarzda oʻtkazildi[24]. 2021-yilda Art+Feminism edit-a-thoni COVID-19 xavotirlari tufayli yana virtualga aylantirildi[manba kerak].

Although the project is global, director Kira Wisniewski lives in Baltimore and personally organizes events and collaborations with cultural organizations in that area.

Loyiha global tarzda oʻtkazilsa-da, Kira Visnevski Baltimorda istiqomat qiladi va tadbirlarni hududlardagi tashkilotlar bilan hamkorlik qilib oʻtkazadi[25].

Ishtirokchilar tomonidan kiritilgan maʻlumotlar Vikipediyadagi muvofiqlashtiruvchi forumda kuzatiladi[26].

Tan olinishi[tahrir | manbasini tahrirlash]

2014-yil noyabr oyida Foreign Policy jurnali Evans, Mabey, Mandiberg, Knipel, Howard va Ptakni Vikipediyada jins tafovutiga qarshi kurashganini alohida eʼtirof etdi[27].

Yana qarang[tahrir | manbasini tahrirlash]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. 1,0 1,1 „101 Women Artists Who Got Wikipedia Pages This Week“. ARTnews (2014-yil 6-fevral). Qaraldi: 2016-yil 11-mart.
  2. 2,0 2,1 2,2 „Art+Feminism's 2015 Wikipedia Edit-a-thon Adds 334 Articles on Female Artists“. ARTnews (2015-yil 11-mart). Qaraldi: 2016-yil 11-mart.
  3. Chernick, Karen. „National Museum of Women in the Arts to Host Wiki Edit-a-thon Focused on Women of Color“. The New York Observer (2020-yil 9-avgust). Qaraldi: 2020-yil 11-avgust.
  4. 4,0 4,1 Feinstein, Laura „Mass Wikipedia Edit To Make The Internet Less Sexist“. magazine.good.is. Good Worldwide (2015-yil 2-mart). 2015-yil 5-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 17-oktyabr.
  5. Lapowsky, Issie (5 March 2015). „Meet the Editors Fighting Racism and Sexism on Wikipedia“. Wired. Qaraldi: 17 October 2015.
  6. Filipacchi, Amanda. „Wikipedia's Sexism Toward Female Novelists“. The New York Times (2013-yil 24-aprel). Qaraldi: 2015-yil 17-oktyabr.
  7. McGurran, Brianna „MoMA to Host Wikipedia Edit-a-Thon to Tackle Gender Imbalance“. The New York Observer (2015-yil 18-fevral). Qaraldi: 2015-yil 18-oktyabr.
  8. Krasny, Michael „Wikipedia's Gender and Race Gaps: Forum“. Forum. KQED-FM (2015-yil 13-mart). Qaraldi: 2015-yil 18-oktyabr.
  9. „As it happened: Wikipedia edit-a-thon“.
  10. „Art+Feminism“ (en-US). Qaraldi: 2020-yil 11-avgust.
  11. Ford, Clementine „Where are all the Australian feminist writers on Wiki?“. dailylife.com.au (2015-yil 6-mart). 2016-yil 27-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 17-oktyabr.
  12. Botelho-Urbanski, Jessica. „Celebrating women's success? There's a wiki for that“. Winnipeg Free Press (2015-yil 9-mart). Qaraldi: 2015-yil 17-oktyabr.
  13. Murray, Bennett „Wiki activists help to write Cambodian women's history, Post Weekend, Phnom Penh Post“. The Phnom Penh Post (2015-yil 7-mart). Qaraldi: 2015-yil 17-oktyabr.
  14. Shruthi, H M „Edit-a-thon for women to bridge Wikimedia gender gap“. Deccan Herald (2015-yil 7-mart). Qaraldi: 2015-yil 17-oktyabr.
  15. O'Neil, Andrea „Blessed are the 'geeks' shaping history | Stuff.co.nz“. Stuff (company) (2015-yil 6-mart). Qaraldi: 2015-yil 17-oktyabr.
  16. Malcolm, Bob „Dundee to join in global feminism arts campaign“. deadlinenews.co.uk (2015-yil 5-mart). Qaraldi: 2015-yil 17-oktyabr.
  17. Schuessler, Jennifer „MoMA to Host Wikipedia Editing Marathon, to Improve Coverage of Women in the Arts“. The New York Times (2015-yil 6-mart). Qaraldi: 2015-yil 17-oktyabr.
  18. Bos, Sascha „East Bay Schools to Host Art and Feminism Wikipedia Edit-A-Thons“. eastbayexpress.com (2015-yil 4-mart). Qaraldi: 2015-yil 17-oktyabr.
  19. Morlan, Kinsee „Wikipedia's women problem“. sdcitybeat.com (2015-yil 2-mart). Qaraldi: 2015-yil 18-oktyabr.
  20. Rodriguez, Lisa „Kansas City Edit-A-Thon Aims To Close Gender Gap On Wikipedia“. kcur.org (2015-yil 27-mart). Qaraldi: 2015-yil 18-oktyabr.
  21. Marshall, Amy Milgrub „College of Arts and Architecture to host 'Edit-a-Thon' to improve Wikipedia Cove“. news.psu.edu (2015-yil 23-fevral). 2015-yil 11-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 17-oktyabr.
  22. Kallus, Megan „UT School of Information to host feminist Wikipedia Edit-a-thon“. The Daily Texan (2015-yil 4-mart). Qaraldi: 2015-yil 17-oktyabr.
  23. Board, Glynis „Wiki Gender Gap to Be Discussed in Morgantown | West Virginia Public Broadcasting“. wvpublic.org (2015-yil 3-mart). 2015-yil 25-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 18-oktyabr.
  24. Landry, Katelyn „Can a Virtual Edit-a-Thon make Wikipedia More Inclusive?“ (en-US). Houstonia Magazine (2020-yil 14-may). Qaraldi: 2020-yil 17-iyul.
  25. Kopf, Suzy. „Kira Wisniewski Works to Make Wikipedia a More Equitable Space“. Baltimore Magazine (2022-yil 19-iyul).
  26. Ghorashi, Hannah „Art+Feminism's 2015 Wikipedia Edit-a-thon Adds 334 Articles on Female Artists“. ARTnews (2015-yil 10-mart). Qaraldi: 2015-yil 18-oktyabr.
  27. staff. „A World Disrupted: The Leading Global Thinkers of 2014 | Siân Evans, Jacqueline Mabey, Michael Mandiberg, Richard Knipel, Dorothy Howard, Laurel Ptak“. Foreign Policy (2014-yil noyabr). Qaraldi: 2015-yil 17-oktyabr.

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]