Atoullo Xoja xazirasi
Atoullo Xoja xazirasi | |
---|---|
Muqobil nomlari |
Atoullo Xoja xazirasi |
Umumiy maʼlumot | |
Maqomi | Tarixiy obida |
Turi | xazira |
Shahar | Buxoro |
Mamlakat | Oʻzbekiston |
Qurilishi boshlangan | XVII asr |
Texnik holati | |
Material | pishgan gʻisht, yogʻoch, ganch |
Atoullo Xoja xazirasi — Buxorodagi meʼmoriy yodgorlik. Mazkur xazira Chor Bakr meʼmoriy majmuasida joylashgan boʻlib, XVII asrda qurilgan. Xazira Oʻzbekiston moddiy va madaniy meʼrosining koʻchmas mulk obyektlari milliy roʻyxatiga kiritilgan. Atoullo Xoja xazirasi boshqa xaziralardan ajralib turib, poydevori yer sathidan olti qavat sargʻish xarsangtosh bilan terilgan, keyin sinch qoʻyilgan. Sinch gujum yogʻochidan tayyorlangan, undan oldin esa qamish terib chiqilgan. Xazira peshtoqi yuza qismi bezakli boʻlib, sharafai avezon qilib, ichkari qismi yarim havkazlar bilan qoplangan. Xaziraga 6 ta zinapoyalar orqali chiqiladi. Darvozasi ikki pallali boʻlib, gujum yogʻochidan qilingan, darvoza yuzi gulmexilar bilan bezatilgan. Xazira ichkarisida chillaxona boʻlib, tilovatxona sifatida foydalanilgan. Xazirada 4 ta qabrtosh saqlanib qolgan. Qabrtoshlar bezakli boʻlib, ustida yozuvlar qolmagan. Xazira darvozasi bilan qabrlar oraligʻida oltida yana marmartosh mavjud. Ular oltita sagʻana ustiga qoʻyilgan. Hazira 4 tomoni devor bilan oʻrab olingan, devorlari koshinkoriy naqshlar bilan bezatilgan. Tarixchi Ibodat Rajabova soʻzlariga koʻra, ayollar ushbu joyda koʻmilgan. Birinchi sogʻona tosh bitikda yon tomoni bezatilgan, Ollohning ismlari va „Oyatul kursi“ oyati oʻyib bitilgan. Bitiktosh arabcha va forschada yozilgan boʻlib, qabrning kimga tegishli etilganligi qayd etilgan. Unda shunday bitilgan: „Bu sogʻona taqvodor, avf etilgan (Olloh tomonidan) Halima Sultonimga tegishli Hazrat Toj ad-din Hasan qizi, Xoja Saʼd oʻgʻli, Xoja Kalon nomi bilan tanilgan Xoja Muhammad Islom oʻgli Hazrat Xoja Joʻyboriy nomi bilan mashhur. Olloh ulardan rozi boʻsin. Rabbbi ul son oyining uchinchisida, yakshanba kuni Foniy dunyodan boqiy dunyoga oʻtdi“. Ushbu sogʻona 1679-yilda yasalgan[1]. Xazira Oʻrta Osiyo uslublarida bunyod etilgan. Joʻyboriy xojalari tomonidan Atoullo Xoja xazirasi uchun koʻplab yerlarni vafq qilgan va mazkur vaqf mablagʻlari hisobiga tilovat qiladigan qorilar maosh olishgan[2]. Xazira qurilishida pishgan gʻisht, ganch, yogʻoch va boshqa materiallardan foydalanilgan.
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ Чор Бакр 2001, s. 87.
- ↑ Тўраев 2007, s. 252.
Adabiyotlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Ilmiy adabiyotlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Ҳусенов С, Ражабова И.. Чор Бакр. Tошкент: Шарқ нашриёти, 2001 — 144-bet.
- Тўраев Ҳ. Бухоро хонлигининг XVI–XVII асрлар ижтимоий сиёсий ва маънавий-маданий ҳаётида Жўйбор хожаларининг тутган ўрни тарих фанлари доктори илмий даражасини олиш учун ёзилган диссертация, Тошкент, 2007 — 309-bet.