Kontent qismiga oʻtish

Aynishoh Sulton

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Aynishoh Sulton
Tavalludi nomaʼlum
nomaʼlum
Vafoti 1512-yildan keyin
Bursa, Usmoniylar davlati
Fuqaroligi Usmoniylar davlati
Turmush oʻrtogʻi Abu Nasr Ahmadxon
Bolalari Zayniddin
Otasi Boyazid II
Onasi Shirin xotun yoki Nigor xotun

Aynishoh Sulton (turkcha: Aynişah Sultan[1][2]), Aynishoh xotun (turkcha: Aynışah Hatun; 1512 yildan keyin vafot etgan, Bursa[3]) – usmoniylar sultoni Boyazid IIning qizi, Sulton Salim Ining opasi. Oq qoʻyunlilar hukmdori Ahmad Goʻdakning xotini.

Aynishoh Sulton hukmdor Boyazid IIning[4][1][2] qizlaridan biri boʻlgan. Entoni Alderson Aynishohning onasi Nigor xotun[4] boʻlgan deb yozsa, Chagʻatoy Uluchay va Nejet Sakaoʻgʻlu esa Aynishohning Shirin xotun maqbarasiga dafn etilganiga asoslanib, Shirinni Aynishohning onasi[2][3] deyishadi. Sakaoʻgʻlu, shuningdek, Sureyi Mehmedbeyning Sicill-i Osmani asarida sultonning qizi „Aynishoh“ deb yozilganligi qayd etsa, Alderson esa uni „Xadicha“ deb ataydi; Sakaoʻgʻluning fikricha, Boyazidning qizi aslida qoʻshaloq ismga „Xadicha Aynishoh“ ega boʻlgan[3].

Chagʻatoy Uluchayning yozishicha, 1490-yilda Aynishoh oq qoʻyunlilar sulolasidan boʻlgan shahzoda Ugʻurlu Mehmedbey va sulton Mehmed II ning qizi Gavhar xotunning[2] oʻgʻli Ahmadga turmushga chiqqan[5][6]. Sakaoʻgʻluning yozishicha, nikohlari avvalroq 1489-yilda boʻlgan[3] va dalil qilib Uluchay ham, Sakaoʻgʻlu ham Oshiqposhozoda[2][3] asariga ishora qiladilar. Ehtimol, sanalardagi chalkashliklar islom taqvimiidan Grigorian taqvimiga oʻtkazish paytida paydo boʻlgandir. Bundan tashqari, Sakaoʻgʻlu Ahmad Goʻdak (Gödek)ning usmonlilar saroyida koʻp vaqt oʻtkazib, sulton saroylarida qolib ketgani sababli toʻy bir necha yil avval boʻlib oʻtgan boʻlishi toʻgʻri ekanligini yozadi[3]. Aynishohning eri 1497-yilda oq qoʻyunlilar taxtini egallaydi, biroq uning hukmronligi qisqa boʻlgan: u kuchli markazlashgan davlat yaratishga qaratilgan islohotlarni boshlagan, biroq yetti oydan keyin feodallarga qarshi kurashda halok boʻlgan[7].

Aynishoh otasi Boyazid II va ukasi Salim I bilan xat yozishib turgan[2]. Aynishohning 1512-yildagi maktubi saqlanib qolingan boʻlib, unda u oʻgay ukasini taxtga oʻtirgani bilan tabriklaydi[3]. Bundan tashqari, Aynishoh koʻplab sulton qizlari singari xayriya ishlari bilan shugʻullangan: Istanbulning Eminonu tumanidagi Beshir ogʻa madrasasida maktabxona qurish tashabbusi bilan chiqqan[1], shuningdek, 1506-yilda xayriya jamgʻarmasiga asos solgan[2], u esa maktabxona ishini mablagʻ bilan taʼminlagan[3].

Aynishohning oʻlimining aniq sanasi va joyi nomaʼlum, ammo Nejet Sakaoʻgʻlu 1512 yildan keyin Bursada vafot etgan deb taxmin qiladi[3]. Uluchayning yozishicha, u Bursadagi Shirin xotun maqbarasiga dafn etilgan[2]; Nejet Sakaoʻgʻluning yozishicha, Aynishohning dafn etilishi haqida ikki xil versiya mavjud: Bursadagi onasining maqbarisada va Istanbuldagi maktabxonada koʻmilgan[3].

Aynishoh va Ahmadning farzandlari soni turli manbalarga koʻra farq qiladi. Entoni Alderson Aynishohning yagona farzandini oʻgʻli Zayniddin deb yozadi[6]. Chagʻatoy Uluchay Aynishohning ikki qizi haqida yozib, ulardan biri Yahyoposhozoda Malkochoʻgʻlu Balibeyga, ikkinchisi sulton Ahmadning oʻgʻli Alavuddin Aliga[2] turmushga chiqqanligi haqida maʼlumot beradi. Nejet Sakaoʻgʻluga koʻra, Aynishohning Yahyoposhozodaga turmushga chiqqan qizi va oʻgʻli Zayniddin bor boʻlgan[3].

  1. 1,0 1,1 1,2 Süreyya, 1 Cild 1996, s. 6.
  2. 2,0 2,1 2,2 2,3 2,4 2,5 2,6 2,7 2,8 Uluçay 2011, s. 48.
  3. 3,00 3,01 3,02 3,03 3,04 3,05 3,06 3,07 3,08 3,09 3,10 Sakaoğlu 2015, s. 193.
  4. 4,0 4,1 Alderson 1956, table XXVIII.
  5. Peirce 1993, s. 304.
  6. 6,0 6,1 Alderson 1956, table XXVII.
  7. Махмудов 1991, s. 112.