Kontent qismiga oʻtish

Bachadon boʻyni stenozi

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Bachadon boʻyni stenozi bachadon boʻyni ochilish teshigi (endoservikal kanal)ning normaga nisbatan torayganligini anglatadi Baʼzi hollarda endoservikal kanal butunlay yopiq boʻlishi ham mumkin.

Simptomlar bachadon boʻyni kanalining qisman yoki toʻliq obstruksiya boʻlganligiga va bemorning menopauza holatiga bogʻliq. Menopauzadan oldingi bemorlarda bachadon ichida qon toʻplanishi kuzatilishi mumkin, bu infeksiyaga, vaqti-vaqti bilan qon ketishiga yoki chanoq sohasida ogʻriqlarga olib kelishi mumkin. Bunda bemorlarda bepushtlik va endometrioz xavfi ham ortadi[1].

Bachadon boʻyni stenozi spermatozoidlarning bachadonga oʻtishiga toʻsqinlik qilish hisobiga tabiiy nasl berish qobiliyatiga taʼsir qilishi mumkin. Bepushtlikni davolash jarayonida bachadon boʻyni stenozi bachadon ichida urugʻlantirish yoki in vitro urugʻlantirish muolojalaridan foydalanishni murakkablashtirishi yoki toʻsqinlik qilishi mumkin[2].

Bachadon boʻyni stenozi tugʻma boʻlishi yoki boshqa omillar taʼsirida kelib chiqishi mumkin:

  • Kolposkopiya, konus biopsiyasi yoki kriojarrohlik amaliyoti kabi bachadon boʻyni boʻylab bajariladigan jarrohlik muolajalari[3]
  • Bachadon boʻyni shikastlanishi[3]
  • Takroriy qin infeksiyalari[3]
  • Menopauzadan keyin bachadon boʻyni atrofiyasi[3]
  • Bachadon boʻyni saratoni[1]
  • Radiatsiya[1]
  • Bachadon boʻyni kistalari

Bachadon boʻyni stenozini davolash bachadon boʻyni kanalini ochish yoki kengaytirishni oʻz ichiga oladi. Qin orqali tabiiy tugʻruq jarayonidan keyin vaziyat oʻz-oʻzidan yaxshilanishi mumkin[4]. Bachadon boʻyni kanalining vaqtincha kengayishi bachadon boʻyni ichiga kengaytiruvchi vositalarni kiritish orqali amalga oshirilishi mumkin. Agar stenoz chandiq toʻqimasidan kelib chiqqan boʻlsa, chandiqni kuydirish uchun lazer bilan davolash mumkin[5]. Bachadon boʻyni kanalini jarrohlik orqali kengaytirish bachadon boʻyni toʻqimalarini gisteroskopik qirib olish orqali amalga oshirilishi mumkin[6].

  1. 1,0 1,1 1,2 The Merck Manual Home Edition. Last full review/revision December 2008 by S. Gene McNeeley. Cervical Stenosis
  2. Pabuccu R; Ceyhan ST; Onalan G; Goktolga U; Ercan CM; Selam B (Sep–Oct 2005). "Successful treatment of cervical stenosis with hysteroscopic canalization before embryo transfer in patients undergoing IVF: a case series". Journal of Minimally Invasive Gynecology 12 (5): 436–8. doi:10.1016/j.jmig.2005.06.003. PMID 16213431. 
  3. 3,0 3,1 3,2 3,3 „Cervical Stenosis“. Health Science Report. Alotek Supplement Company. 2016-yil 3-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2007-yil 10-fevral.
  4. „Dysmenorrhoea“. Health24. Media24 (Naspers) Group. 2013-yil 15-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2007-yil 10-fevral.
  5. Baggish MS; Baltoyannis P (July 1987). "Carbon dioxide laser treatment of cervical stenosis". Fertility and Sterility 48 (1): 24–8. doi:10.1016/S0015-0282(16)59284-X. PMID 3595913. 
  6. Noyes, N (May 1999). "Hysteroscopic cervical canal shaving: a new therapy for cervical stenosis before embryo transfer in patients undergoing in vitro fertilization". Fertility and Sterility 71 (5): 965–6. doi:10.1016/S0015-0282(99)00097-7. PMID 10231067.