Kontent qismiga oʻtish

Tuxumdon giperstimulyatsiyasi sindromi

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Tuxumdon giperstimulyatsiya sindromi – bu tuxum hujayra oʻsishini stimullovchi dori-darmonlar qabul qiladigan baʼzi ayollarda va juda kam hollarda boshqa ayollarda ham paydo boʻlishi mumkin boʻlgan tibbiy holat. Aksariyat hollarda yengil, kamdan-kam hollarda ogʻir jarayon hisoblanadi[1].

Tuxumdon giperstimulyatsiyasi sindromida simptomlar 3 toifaga boʻlinadi: yengil, oʻrtacha ogʻir va ogʻir.

Yengil simptomlar

[tahrir | manbasini tahrirlash]
  • qorinning shishishi va qorin boʻshligʻida toʻlalik hissi;
  • koʻngil aynishi;
  • diareya;
  • kam miqdorda vazn ortishi.

Oʻrtacha simptomlar

[tahrir | manbasini tahrirlash]
  • ortiqcha vazn;
  • qorin boʻshligʻi kengayishi;
  • qusish;
  • diareya;
  • siydik rangining toʻqlashishi, siydik chiqarishning kamayishi;
  • tez va koʻp chanqash va terining va/yoki sochlarning quruqligi.

Ogʻir simptomlar

[tahrir | manbasini tahrirlash]
  • qorin boʻshligʻida toʻlalik hissi, beldan yuqorigi shish;
  • nafas qisilishi;
  • plevra oqishi;
  • siydikning sezilarli darajada toʻqlashishi yoki siydik ajratish toʻxtaganligi;
  • boldir va koʻkrak ogʻrigʻi;
  • qorinning sezilarli shishishi yoki kengayishi;
  • qorinning pastki qismidagi ogʻriqlar.

Spontan vujudga keluvchi tuxumdon giperstimulyatsiyasi sindromi juda kam uchraydi va genetik kelib chiqishga ega boʻlishi mumkin. Klomifen sitrat bilan davolash vaqti-vaqti bilan ushbu sindromga olib kelishi mumkin, ammo aksariyat hollarda keltirib chiqaruvchi sabab gonadotropin terapiyasi (FSG qoʻllash bilan), masalan, pergonal va xorionik gonadotropin qoʻllanganidan keyin ootsitlarning yakuniy voyaga yetishi va/yoki oosit chiqarilishi qoʻzgʻatilgandan keyin koʻp hollarda in vitro urugʻlantirish bilan birgalikda boʻlganda rivojlanadi. Kasallik uchrash chastotasi oʻzgarib turadi va bu ayollardagi xavf omillari, davo choralari va kuzatuv usullariga bogʻliq. Tuxum hujayra oʻsishini stimullovchi dori-darmonlar bilan davolangan ayollarning taxminan 5% oʻrtacha va ogʻir tuxumdon giperstimulyatsiyasi sindromiga duch kelishi mumkin. Xavf omillariga polisistik tuxumdon sindromi, ayolning yoshi, tana vazni indeksining pastligi, antral follikullar sonining yuqoriligi, stimulyatsiya ostida koʻplab tuxumdon follikullarining rivojlanishi, qon zardobidagi estradiol kontsentratsiyasining haddan tashqari koʻtarilishi, ootsitlarning yakuniy yetilishi va/yoki chiqarilishi uchun odam xorionik gonadotropinidan foydalanish, luteal qoʻllab-quvvatlash uchun odam xorionik gonadotropinini davomli qoʻllash va homiladorlikning paydo boʻlishi (bunda xorionik gonadotropin ishlab chiqariladi) kiradi[2][3]. Bu kasallikda kuzatilgan oʻlim darajasi past, ammo bir nechta oʻlim holatlari qayd etilgan.

Qin ultrasonografiyasida sagittal kesmada oʻrta ogʻirlikdagi tuxumdon giperstimulyatsiyasi sindromi boʻlgan ayolda excavatio rectouterinada bachadonning orqa tomonida 33 mm kenglikdagi anexogen zona koʻrinadi, bu qorin parda boʻshligʻida erkin suyuqlik, yaʼni assit boʻlganligini bildiradi. Normada toʻgʻri ichak-bachadon chuqurligida 5mlgacha suyuqlik boʻlishi mumkin va uning kengligi taxminan 10mm gacha boʻlgan masofaga toʻgʻri keladi[4] Tasvirda tuxumdonning oʻlchami 6,5 smgacha kattalashganligi koʻrinadi.

Tuxumdon giperstimulyatsiyasi sindromini davolash giperstimulyatsiyaning ogʻirlik darajasiga bogʻliq. Yengil hollarda konservativ usulda davo olib boriladi[5].Oʻrta darajadagi tuxumdon giperstimulyatsiyasi sindromi yotoq rejimi tayinlash, suyuqliklar va elektrolitlar hamda qon miqdori kabi laboratoriya tahlillarini diqqat bilan kuzatish orqali davolanadi. Tuxumdon follikulalari hajmini kuzatish uchun ultratovush tekshiruvidan foydalanish mumkin. Vaziyatga qarab, shifokor ambulatoriya sharoitida ayollarning suyuqlik isteʼmoli va uning chiqarilishini diqqat bilan kuzatib borishi lozim, bunda u suyuqlik balansida ortgan nomuvofiqlikni aniqlashi mumkin (qabul qilinadigan va chiqariladigan suyuqlik farqidagi 1 litrdan ortiq nomuvofiqlik bu sindrom haqida oʻylashga sabab boʻladi). Sindromning davolanganligini follikulyar kistalarning hajmi 2 marta ketma-ket ultratovush tekshiruvida kamayganligini aniqlash bilan belgilash mumkin[6].

  1. Shmorgun, Doron; Claman, Paul (2011). "The diagnosis and management of ovarian hyperstimulation syndrome". Journal of Obstetrics and Gynaecology Canada 33 (11): 1156–62. doi:10.1016/s1701-2163(16)35085-x. PMID 22082791. Archived from the original on 2015-07-10. https://web.archive.org/web/20150710220407/http://jogc.ca/abstracts/full/201111_SOGCClinicalPracticeGuidelines_1.pdf. Qaraldi: 2015-07-09. Tuxumdon giperstimulyatsiyasi sindromi]]
  2. Ovarian hyperstimulation syndrome Updated by: Linda J. Vorvick and Susan Storck Update. Also reviewed by David Zieve. Date: 7/27/2009
  3. Humaidan, P.; Kol, S.; Papanikolaou, E. (2011). "GnRH agonist for triggering of final oocyte maturation: time for a change of practice?". Human Reproduction Update 17 (4): 510–24. doi:10.1093/humupd/dmr008. PMID 21450755. 
  4. Severi, F.M.; Bocchi, C.; Vannuccini, S.; Petraglia, F. (2012). "Ovary and ultrasound: from physiology to disease". Archives of Perinatal Medicine 18 (1): 7–19. http://www.ptmp.com.pl/archives/apm/18-1/APM181-1-Severi.pdf. Qaraldi: 2015-07-09. Tuxumdon giperstimulyatsiyasi sindromi]]
  5. La Marca, A.; Sunkara, S. K. (2013). "Individualization of controlled ovarian stimulation in IVF using ovarian reserve markers: From theory to practice". Human Reproduction Update 20 (1): 124–40. doi:10.1093/humupd/dmt037. PMID 24077980. 
  6. Youssef, M. A.; Mourad, S. (2016). "Volume expanders for the prevention of ovarian hyperstimulation syndrome". The Cochrane Database of Systematic Reviews 2016 (8): CD001302. doi:10.1002/14651858.CD001302.pub3. PMID 27577848. PMC 9243766. //www.pubmedcentral.nih.gov/articlerender.fcgi?tool=pmcentrez&artid=9243766.