Kontent qismiga oʻtish

Bahromgoʻr

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Bahromgoʻr
Tavalludi 406
Vafoti 438
Fuqaroligi Sosoniylar davlati
Otasi Yezdigard I
Onasi Shushandukht

Bahromgoʻr yoki Varaxran V (shohlik yillari 421 – 438) – Eronda xukmronlik qilgan sosoniylardan Yazdigardning oʻgʻli.

Yaman podshohi Nuʼmon va uning oʻgʻli Munzir tarbiyasida oʻsgan. Yazdigard zulmidan bezor boʻlgan xalq u vafot qilgandan soʻng Ardasher nasliga mansub Kisro (baʼzi manbalarda Hisrav, Xusrav)ni taxtga koʻtaradi. Bu voqeadan xabar topgan Baxrom lashkar tortib Eronga keladi. U otasining xatolarini takrorla-maslik va mamlakatda adolat, tinchlik oʻrnatishga oʻz aʼyonlari va xalq oldida kdeamyod qiladi. Anʼanaviy shartga muvofiq ikkita sherni oʻldirib, ular oʻrtasidagi tojni oladi va podshoxlik taxtiga oʻtiradi. Uning sevgan mashgʻuloti goʻr (qulon) ovi boʻlganligi uchun ham u Goʻr laqabini olgan. Bahromgoʻr davrida Eronda zardushtishshk dinini mustahkamlash va keng yoyish maqsadida yangi-yangi otashkadalar kurildi. Nasturiylik (xristianlikdagi oqimlardan biri) qattiq taʼqib ostiga olindi. Bu harakat Eron-Vizantiya urushini keltirib chiqardi (423 – 424). Urushda Vizantiyaning gʻalabasi nasturiylikka qarshi qaratilgan siyosatni bir oz susaytirdi. Bahromgoʻr Turon bilan ham urush olib borgan. V asrning 30-yillarida Ozarbayjon va Xuroson sosoniylar davlatiga kushib olindi. Bahromgoʻr shoir va bastakor-sozanda ham boʻlgan. U sosoniylar orasida birinchi boʻlib sheʼr va musika vaznini ijod etgan. Sharqning mashhur olti musika usuli (Shodiyona, Duyan, Axloqiy, Nanreziy, Ravona, Ulusiy) dan eng shoʻx va quvnogʻi – Shodiyonaning bastakori. Firdavsiyning „Shohnoma“, Nizomiyning „Haft paykar“, Hisrav Dehpaviytmt „Hasht bigʻisht“ vaAlisher Shvoiynnng „Sabʼai sayyor“ dostoshgarida Bahromgoʻr adolatli shogʻ, jasur sarkarda, ayni vaqtda maishatparast, xudbin shaxs sifatida tasvirlangan. Maʼlumotlarga koʻra, Bahromgoʻr 63 yil (baʼzi manbalarda 70 yil) umr koʻrgan. Yozma adabiyotda uning shaxsi badiiy obraz darajasiga koʻtarilgan.

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil