Kontent qismiga oʻtish

Barokko davri musiqasi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Evaristo Baschenis tomonidan yaratilgan barokko cholgʻu asboblari, jumladan, sitren, viola da gamba, skripka va ikkita lyutnya suratlari

"Barokko davri musiqasi" (BB: /bəˈrɒk/ yoki AQSh: /bəˈrk/) taxminan 1600-yildan 1750-yilgacha davom etgan va Gʻarb klassik musiqasining yuksak rivojlanish davrlaridan biri hisoblanadi[1]. Barokko davri uch asosiy bosqichga boʻlinadi: ilk (1580-1650), oʻrta (1630-1700) va soʻnggi (1680-1750) davrlar. „Barokko“ atamasi portugalcha "barroco" soʻzidan kelib chiqqan boʻlib, „notoʻgʻri shakldagi marvarid“ degan maʼnoni anglatadi[2].

Barokko musiqasi klassik musiqa merosining muhim qismi boʻlib, bugungi kunda ham keng koʻlamda oʻrganilmoqda va ijro etilmoqda. Ushbu davrning eng mashhur bastakorlari orasida Antonio Vivaldi, Georg Fridrix Gendel va Johann Sebastian Bach bor boʻlib, ularning asarlari barokko davrining eng yuksak choʻqqisi sifatida eʼtirof etiladi. Shuningdek, Claudio Monteverdi, Domenico Scarlatti, Alessandro Scarlatti, Alessandro Stradella, Tomaso Albinoni, Johanna Pachelbel, Henry Purcell, Georg Philipp Telemann, Jean-Baptiste Lully, Jean-Philippe Rameau, Jean-Philippe Rameau, Marc-Antoine Charpentier, Arcangelo Corelli, François Couperin, Johann Hermann Schein, Heinrich Schütz, Samuel Scheidt, Dieterich Buxtehude, Gaspar Sanz, José de Nebra, Antonio Soler, Carlos Seixas, Adam Jarzębski, Jan Dismas Zelenka, Heinrich Ignaz Franz Biber va Giovanni Battista Pergolesi kabi boshqa koʻplab bastakorlar ham bu davrning rivojlanishiga katta hissa qoʻshishgan.

Barokko davri Gʻarb musiqasida umumiy amaliyot tonalligining shakllanishiga asos boʻldi. Bu yondashuv musiqiy asarlarni maʼlum bir tonallikda (masalan, Do major yoki Re minor) yozishni anglatadi. Garmoniyaning ushbu turi bugungi kunda ham klassik va ommabop musiqada keng qoʻllanilmoqda. Barokko davri musiqachilari yakkaxon kuylar va joʻrovoz qismlarini ijro etishda mohirona improvizatsiya qilishlari talab qilingan. Konsertlarda basso continuo deb ataluvchi guruh muhim rol oʻynagan. Ushbu guruhga akkordlarni improvizatsiya qiluvchi klavessinchilar va lyutnyachilar, shuningdek, bas chizigʻini ijro etuvchi viola da gamba, violonchel va kontrabas kabi cholgʻular kirgan. Raqs syuitasi (Dance Suite) barokko davrining eng muhim musiqiy janrlaridan biri boʻlib, undagi qismlar raqs musiqasidan ilhomlangan. Biroq, ular raqqoslarga raqs jarayonida uyg'unlik uchun emas, balki tinglash uchun moʻljallangan edi.

Ushbu davr mobaynida koʻplab yangiliklar amalga oshirildi. Jumladan, bastakorlar har bir cholgʻu qismi uchun toʻliq va boy tovush topishga harakat qilishdi va shu tariqa orkestr yaratildi[2]. Raqamli bas joriy etilib, akkord progressiyalarini tez va aniq yozib olish imkoniyati paydo boʻldi, shuningdek, ijro uslublari takomillashtirilib, cholgʻu asboblari ijrosi yanada murakkab va keng koʻlamli boʻldi.

Barokko davrida aralash vokal va cholgʻu janrlari (masalan, opera, kantata, oratoriya), shuningdek, yakkaxon konsert va sonata kabi cholgʻu janrlari shakllandi. Polifoniya, yaʼni bir vaqtning oʻzida bir nechta mustaqil kuy chiziqlarining ijrosi, barokko davri musiqasining ajralmas qismi edi. Masalan, fuga – murakkab polifonik shakl – ushbu davrning eng yorqin misollaridan biridir. Umuman olganda, barokko davri musiqasi ijodiy ifoda va muloqot vositasi sifatida xizmat qilgan, shu orqali oʻz davrining estetik va hissiy talablariga javob bergan[1].

Etimologiyasi

[tahrir | manbasini tahrirlash]
Johann Sebastian Bach, 1748-yil

„Barokko“ soʻzining kelib chiqishi portugalcha "barroco" soʻziga borib taqaladi. Bu soʻz dastlab „notoʻgʻri shakldagi marvarid“ maʼnosini anglatgan. Shuningdek, fransuzcha "baroque" soʻzi ham bu atamaga asos boʻlgan[3].

„Barokko“ atamasi, odatda, musiqa tarixchilari tomonidan Yevropada keng geografik hududlarni qamrab olib, taxminan 150 yil davomida shakllangan va oʻzida turli uslublarni mujassamlashtirgan musiqani tavsiflash maqsadida qoʻllaniladi[1]. „Barokko“ atamasi dastlab arxitekturaga nisbatan tanqidiy maʼnoda qoʻllanilgan deb hisoblangan boʻlsa-da, aslida bu soʻz musiqaga nisbatan oldinroq, 1733-yil oktyabrida Rameoning „Ippolit va Arisiya“ operasi premyerasining anonim, hajviy sharhida ishlatilgan. Ushbu sharh 1734-yil may oyida „Mercure de France“ jurnalida nashr etilgan. Tanqidchi operadagi yangiliklarni „du barocque“ (barokko uslubida) deb atagan va musiqaning izchil ohangga ega emasligi, doimiy dissonanslar bilan toʻldirilgani, tonallik va oʻlchamlarning tez-tez oʻzgarib turishi hamda kompozitsion usullar haddan tashqari tez qoʻllanishidan norozilik bildirgan[4].

1768-yilda musiqachi, bastakor va faylasuf Jan-Jak Russo „Ensiklopediya“da barokko musiqasini „garmoniyasi chalkash, modulyatsiyalar va dissonanslar bilan toʻla musiqa“ deya taʼriflagan[5]. Russo bu atamani, ehtimol, XIII asrda murakkab va baʼzilar uchun ortiqcha boʻlgan akademik mulohazalarni tasvirlashda ishlatilgan barokko falsafiy atamasiga oʻxshash deb hisoblagan boʻlishi mumkin[6][7].

„Barokko“ atamasining musiqaga nisbatan tizimli qoʻllanilishi nisbatan yaqinda, 1919-yilda Kurt Zaks tomonidan Geynrix Volflinning barokko nazariyasining beshta xususiyatini musiqaga tatbiq etishi bilan boshlangan[8]. Biroq, tanqidchilar Volflinning toifalarini musiqaga moslashtirishga urinishlarini tezda shubha ostiga olishdi. Keyinchalik, 20-asrning ikkinchi yarmida Manfred Bukofzer va Syuzanna Klerks-Lejeune musiqani tasviriy sanʼat va adabiyotdan ajratib, uni mustaqil texnik tahlil qilishga eʼtibor qaratdilar. Ingliz tilida bu atama faqat 1940-yillarda, Bukofzer va Pol Genri Langning asarlarida namoyon boʻldi[1].

1960-yillarning oxirlarida, ilmiy doiralar, xususan Fransiya va Britaniyada, Jacopo Peri, Domenico Scarlatti va Johann Sebastian Bach asarlaridagi barokko musiqasining xilma-xilligi haqida bahs va munozaralar davom etib, bu atama musiqa olamida keng qoʻllanila boshlandi[1].

Barokko davri mobaynida musiqaga oid yangiliklar dastlab Italiyada paydo boʻldi. Soʻngra, bu yangiliklar Gʻarbiy klassik musiqasining boshqa hududlariga taxminan 20 yil davomida yoyildi. Masalan, italiyalik bastakorlar 1730-yillar atrofida galant uslubida asarlar yaratishdi, Johann Sebastian Bach kabi nemis bastakorlari esa 1750-yilgacha barokko uslubida ijod qilishni davom ettirdilar[9][10].

Barokko musiqasi bosqichlari [9] [11]
Kichik davr Vaqt Italiyada Boshqa joyda
Ilk barokko davri 1580-1650
Oʻrta barokko davri 1630-1700
Soʻnggi barokko davri 1680-1750

Ilk barokko davri musiqasi (1580-1650)

[tahrir | manbasini tahrirlash]
Claudio Monteverdi 1640-yilda

Florentine Camerata (Camerata deʼ Bardi) Uygʻonish davri oxirlarida Florensiyada faoliyat yuritgan gumanistlar, musiqachilar, shoirlar va ziyolilardan tashkil topgan guruh boʻlib, ular graf Giovanni deʼ Bardining homiyligida sanʼat, xususan musiqa va drama sohalarini muhokama qilish uchun yigʻilgan. Musiqa borasida ular oʻz qarashlarini qadimgi yunon musiqiy dramasi asosida shakllantirgan, bu esa nutq va notiqlikka katta eʼtibor qaratilgan anʼanaga tayanadi[12]. Shu sababli, Florentine Camerata zamondoshlari keng qoʻllagan polifoniya (bir nechta mustaqil melodik chiziqlar) va cholgʻu musiqasidan foydalanishni rad etishdi. Buning oʻrniga, ular qadimgi yunon musiqasida uchraydigan monodiya kabi uslublarni oʻrganishga qaratishdi. Monodiya, asosan, kithara (qadimgi torli cholgʻu asbobi) joʻrligida yakkaxon kuylashdan iborat edi[13]. Ushbu gʻoyalarning dastlabki amaliyoti Yakopo Perining „Dafne“ va „L’Euridice“ kabi asarlarida namoyon boʻldi[14].Mazkur asarlar opera janrining shakllanishini boshlab berdi va barokko musiqasi rivojlanishiga kuchli turtki boʻldi[15].

Musiqa nazariyasiga koʻra, figurali bass polifoniyaning chiziqli asosi sifatida garmoniyaning rivojlanishidagi ahamiyatini koʻrsatadi[16]. Garmoniya kontrpunktning natijasi boʻlib, figurali bass esa musiqiy ijroda keng qoʻllaniladigan ushbu uygʻunliklarning vizual tasviridir. Figurali bassda raqamlar, bekor qiluvchi belgilar yoki ramzlar bas chizigʻining ustiga qoʻyiladi va ular klavishli cholgʻu ijrochilari, masalan, klavesin yoki organ chaluvchilar (yoki lyutnada chaluvchilar) tomonidan oʻqiladi. Bu raqamlar, bekor qiluvchi belgilar yoki ramzlar ijrochi har bir bas notasi ustida qanday intervallarni chalishini koʻrsatib beradi. Klavishli cholgʻu ijrochisi har bir bas notasi uchun akkord ovozini improvizatsiya qiladi[16]. Bastakorlar garmonik rivojlanishlarga eʼtibor bera boshladilar[17] va triton kabi beqaror intervalni dissonans yaratish uchun ishlatdilar. Triton dominant yettinchi akkordda va kamaytirilgan akkordlarda qoʻllanildi[18]. Uygʻonish davrining ayrim bastakorlari, xususan Karlo Gesualdo ham garmoniyaga qiziqish bildirgan[19]. Shunga qaramay, barokko davriga oʻtishda garmoniya modallikdan koʻra tonallikka yoʻnaltirildi. Tonallik asarning „asosiy notasi“ sifatida qaraladigan musiqiy kalitga asoslanadi[20]. Bu yondashuv shuni koʻrsatdiki, maʼlum bir akkord ketma-ketliklari, faqat notalar emas, asarning oxirida yakunlanganlik hissini bera oladi. Bu tushuncha tonallik deb ataladigan musiqiy nazariyaning asosiy gʻoyalaridan biriga aylandi.

Ushbu kompozitsiyaning yangi jihatlarini oʻz ichiga olgan holda,Claudio Monteverdi musiqaning Uygʻonish davri uslubidan barokko davri uslubiga oʻtishini yanada jadallashtirdi. U kompozitsiyaning ikkita alohida uslubini ishlab chiqdi: Uygʻonish davri polifoniyasi merosi sifatida tanilgan prima pratica va barokko davrining yangi basso continuo texnikasiga asoslangan seconda pratica. Basso continuo uslubida musiqachilarning kichik guruhi bas chizigʻini ijro etib, ohang uchun joʻrlikni tashkil etuvchi akkordlarni chalardi. Ushbu ansambl odatda bir yoki bir nechta klaviatura ijrochilari (masalan, klavesin yoki organ chaluvchilar) va lyut ijrochisidan iborat boʻlib, ular bas chizigʻini chalib, akkordlarni improvizatsiya qilishardi. Bundan tashqari, bir nechta bas cholgʻulari (masalan, bas viola, violonchel yoki kontrabas) bas chizigʻini mustahkamlaydi. Monteverdi, xususan, „L’Orfeo“ va „L’incoronazione di Poppea“ kabi operalarni yozish orqali ushbu yangi janrga katta eʼtibor qaratdi. Bu Venetsiya uslubi Germaniyaga Genrix Shyuts tomonidan olib kirildi, uning xilma-xil uslubi esa keyingi davr musiqasining rivojlanishiga ham sezilarli taʼsir koʻrsatdi[21].

Cholgʻu ijrosiga xos oʻziga xos uslublar tobora koʻproq eʼtiborga sazovor boʻla boshladi. Ayniqsa, style luthé – akkord rivojlanishlarining tartibsiz va kutilmagan buzilishi (muntazam buzilgan akkordlardan farqli ravishda) – 20-asr boshidan boshlab style brisé deb atalib, Robert Ballard tomonidan 1611 va 1614-yillardagi lyut kitoblarida[22][23] hamda Ennemond Gaultier tomonidan Fransuz musiqa anʼanasida izchil uslub sifatida oʻrnatildi[24]. Ushbu xos lyut figuratiyasi keyinchalik klavesinlarga ham oʻtkazildi. Shuningdek, Lui Kuperen va Jan-Anri D’Anglebertning klavishli musiqasi 18-19-asrlar davomida klaviatura musiqasiga sezilarli taʼsir koʻrsatdi. Masalan, Johann Sebastian Bach va Frederik Shopenning asarlari bunga ajoyib misol boʻla oladi[23].

Oʻrta barokko davri musiqasi (1630-1700)

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Markazlashgan saroy tizimining yuksalishi koʻpincha Fransiya qiroli Lui XIV davri bilan bogʻliq boʻlgan Absolyutizmning iqtisodiy va siyosiy xususiyatlaridan biri sifatida qaraladi. U yaratgan saroy uslubi, odob-axloq tizimi va sanʼat butun Yevropa uchun namuna boʻlib xizmat qildi. Cherkov va davlat homiyligining kuchayishi uyushgan ommaviy musiqaga ehtiyojni oshirdi, shu bilan birga, cholgʻu asboblarining koʻpayishi kichik ansambllar uchun moʻljallangan kamer musiqasiga talabni kuchaytirdi[25].

Jean-Baptiste Lully Paul Mignard asarida

Jean-Baptiste Lully saroy uslubidagi bastakorlarning yorqin namunasidir. U Fransiya qiroli uchun operalarning yagona bastakori boʻlish huquqini olish va boshqalarning operalarini sahnalashtirishiga yoʻl qoʻymaslik uchun monarxiyadan patentlar sotib oldi. U 15 ta lirik tragediya yaratdi, biroq Achille et Polyxène asarini tugallanmay qoldi[26]. Lully dirijyorlik sanʼatining dastlabki namoyandalaridan biri boʻlib, u katta tayoq yordamida temponi belgilab, ansamblni bir-biriga muvofiqlashtirgan[26].

Musiqiy jihatdan, Lully italyan operasidan olingan anʼanalarni davom ettirdi, lekin torli cholgʻular ustunlik qiladigan orkestr tuzilishini oʻzgartirmadi. Xususan, fransuzcha besh qismli tuzilish (skripkalar, viola – hautes-contre, tailles va quintes oʻlchamlaridagi bas skripkalar) Lyudovik XIII davridan boshlab baletda qoʻllanilgan edi. Ammo, Lully bu ansamblni lirik teatrga olib kirdi, unda yuqori qismlar koʻpincha blok-fleytalar, fleytalar va goboylar bilan, bas esa fagotlar bilan toʻldirildi. Qahramonlik sahnalari uchun esa, trubalar va litavralar qoʻshildi[26].

Italiya barokko musiqasining oʻrta davri, 1630-yillarda kantata, oratoriya va opera kabi vokal uslublarining paydo boʻlishi bilan belgilandi. Bu davrda, soʻzlarning avvalgi ustunligi oʻrnini musiqaning teng huquqliligi egalladi, chunki melodiya va armoniya yangi konseptlari musiqani alohida ahamiyatga ega qilgan edi. Erta barokkoning florid va koloraturnal monodiyasi soddaroq va yanada mukammal melodik uslubga aylanadi. Bu melodiyalar qisqa, kadensiyaga aniq ajratilgan gʻoyalardan iborat boʻlib, koʻpincha saraband yoki kurant kabi raqslar naqshlariga asoslanadi. Armoniyalar esa soddaroq, bu musiqaga engil ifodani berib, uzoq notalarda kretsendo va diminuendo kabi dinamikalarni qoʻllash imkonini beradi. Bass chiziqlari melodiyaga chuqurroq bogʻlangan boʻlib, bu kontrapunktal tenglikni yaratdi va keyinchalik bu ariya melodiyasining boshidagi bassning oldindan kiritilishi kabi xususiyatlarni keltirib chiqardi. Bu armonik soddalashtirish, shuningdek, recitativ (opera vokalining gapiruvchilar qismi) va ariya (opera vokalining kuylangan melodiyalari) oʻrtasida farqni aniq belgilashga olib keldi. Ushbu uslubning eng muhim yangiliklarini kiritgan bastakorlar orasida Rimlik Luji Rossi va Giakomo Karissimi, asosan kantatalar va oratoriyalar bastakorlari boʻlishgan. Venetsiyalik Fransisko Kavalli esa opera bastakori sifatida tanilgan. Keyinchalik bu uslubni davom ettirgan muhim bastakorlar orasida Antonio Cesti, Giovanni Legrenzi va Alessandro Stradella bor, ular, shuningdek, Sonate di viole asarida concerto grosso uslubini yaratgan[27].

Arcangelo Corelli musiqada oʻzining texnik yutuqlari bilan tanilgan. U violin texnikasi va pedagogikasini tashkil etgan va instrumental musiqada, ayniqsa concerto grosso ning rivojlanishiga qoʻshgan hissasi bilan ajralib turadi[28]. Agar Lyulli saroyda faoliyat yuritgan boʻlsa, Korelli butun Evropada musiqasini nashr qilgan birinchi bastakorlardan biri boʻldi. Lyullining opera uslubidagi stilizatsiyasi kabi, concerto grosso ham kuchli qarama-qarshiliklarga asoslanadi – boʻlimlar toʻliq orkestr va kichik guruh tomonidan ijro etiladi, tez va sekin boʻlimlar oʻrtasida qarama-qarshilik mavjud. Uning talabalari orasida Antonio Vivaldi ham bor, u Korellining trio sonatalari va kontsertlaridagi prinsiplarga asoslanib yuzlab asarlar yaratdi[28].

Bundan farqli oʻlaroq, Dieterix Buxtexude saroy musiqachisi emas, balki cherkov musiqachisi edi. U Lübeckdagi Marienkirche cherkovida organist va Werkmeister lavozimlarida ishlagan. Werkmeister sifatida uning vazifalari cherkovning kotibi, kassiri va biznes menejeri boʻlishni oʻz ichiga olgan. Organist sifatida esa u asosiy xizmatlarda ijro etgan va baʼzan boshqa instrumentalistlar yoki vokalistlar bilan birgalikda ijro etgan. Cherkov vazifalaridan tashqari, u Abendmusiken deb nomlangan kontsertlar seriyasini tashkil etgan va boshqargan, bu yerda diniy dramalar asarlari ijro etilgan, ular zamondoshlari tomonidan operalar bilan tenglashtirilgan edi[29].

Fransiya:

Soʻnggi barokko davri musiqasi (1680-1750)

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Jorj Fridrix Gendel, Iogann Sebastyan Bax va ularning zamondoshlari, jumladan Domeniko Skarlatti, Antonio Vivaldi, Tomaso Albinoni, Jan-Filipp Ramo, Georg Filipp Teleman va boshqalarning asarlari orqali Barokko davri yuqori choʻqqisiga olib chiqildi[34].

Italiya:

Marc-Antoine Charpentier
Marc-Antoine Charpentier

Fransiya:

Kengroq qabul qilish

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Italiya:

Tarqalishi:

Fransiya:

Germaniya

Bogemiya:

Polsha:

Klassik davrga oʻtish

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Galant music:

Bachning katta oʻgʻillari va Iogann Sebastyan Baxning shogirdlari:

Mannxaym maktabi:


Barokko davri bastakorari

[tahrir | manbasini tahrirlash]
Jean-Joseph de MondonvilleGiovanni Battista PergolesiBaldassare GaluppiCarlos SeixasJohann Adolf HasseRiccardo BroschiJohann Joachim QuantzPietro LocatelliGiuseppe TartiniLeonardo VinciJohann Friedrich FaschFrancesco GeminianiNicola PorporaSilvius Leopold WeissGeorge Frideric HandelDomenico ScarlattiJohann Sebastian BachJohann Gottfried WaltherJean-Philippe RameauJohann David HeinichenGeorg Philipp TelemannJan Dismas ZelenkaAntonio VivaldiTomaso AlbinoniJohann Caspar Ferdinand FischerAntonio CaldaraTurlough O'CarolanFrançois CouperinAlessandro ScarlattiHenry PurcellMichel Richard DelalandeMarin MaraisArcangelo CorelliJohann PachelbelHeinrich Ignaz BiberDieterich BuxtehudeMarc Antoine CharpentierJean-Baptiste LullyJean-Henri d'AnglebertJohann Heinrich SchmelzerBarbara StrozziJohann Jakob FrobergerGiacomo CarissimiAntonio BertaliWilliam LawesFrancesco CavalliSamuel ScheidtHeinrich SchützGirolamo FrescobaldiGregorio AllegriClaudio MonteverdiJan Pieterszoon SweelinckJacopo Peri

Cholgʻu asboblar

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Torli musiqa cholgʻulari

[tahrir | manbasini tahrirlash]
Double-manual harpsichord by Vital Julian Frey, after Jean-Claude Goujon (1749)
Individual sheet music for a seventeenth-century harp.[35]

Yogʻoch damli musiqa cholgʻulari

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Mis damli musiqa cholgʻulari

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Klavishli musiqa cholgʻulari

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Zarbli musiqa asboblari

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Uslublar va shakllar

[tahrir | manbasini tahrirlash]
Giovanni Paolo Panini tomonidan tasvirlangan Argentina teatridagi katta cholgʻu ansamblining chiqishi (1747)

Barokko davrining muhim xususiyatlaridan biri Dance suite (Raqs Syuita) toʻplamlari shakli edi. Baʼzi hollarda Yoxann Sebastian Baxning raqs toʻplamlari „partita“ deb atalgan, ammo bu atama boshqa turdagi asar toʻplamlariga nisbatan ham ishlatilgan. Raqs toʻplamlari aslida haqiqiy raqs musiqasidan ilhomlangan boʻlsa-da, ular tinglash uchun moʻljallangan edi va raqqoslarning harakatlarini kuzatib borish uchun xizmat qilmas edi. Bastakorlar ushbu toʻplamlarga turli harakatlarni kiritgan boʻlib, ular odatda quyidagi qismlardan iborat boʻlgan:

  • Uvertura – Barokko toʻplamlari koʻpincha fransuzcha uvertura („Ouverture“) bilan boshlanadi. Bu asar birinchi qismi sekin harakatdan iborat boʻlib, asosan toʻrtta asosiy raqs turi bilan davom etgan:
  • Allemande– Odatda cholgʻu toʻplamining birinchi raqsi boʻlib, bu raqs nemis Uygʻonish davridan kelib chiqqan. Allemande juda mashhur boʻlgan va oʻrtacha sur’atda ijro etilgan. Taktdagi har qanday zarbdan boshlanishi mumkin edi[36].
  • Courante – Ikkinchi raqs uchlik oʻlchovda ijro etilgan. U tez va jonli, yoki aksincha, sekin va tantanali boʻlishi mumkin edi. Uning italyancha shakli „Corrente“ deb atalgan[37].
  • Sarabande – Sarabande ispan raqsi boʻlib, toʻrtta asosiy raqsning uchinchisi hisoblanadi. Bu raqs eng sekin barokko raqslaridan biri edi. Uchlik oʻlchovda ijro etilib, taktdagi har qanday zarbdan boshlanishi mumkin edi. Ikkinchi zarbga urgʻu berilishi Sarabandaga xos „toʻxtalish“ yoki jambik ritmni hosil qilgan[36].
  • Gigue – Gigue koʻtarinki va jonli xarakterga ega boʻlgan murakkab oʻlchovdagi barokko raqsi edi. Bu odatda toʻplamning yakunlovchi harakati boʻlib, Britaniya orollaridan kelib chiqqan. Jig xalq musiqasidagi „ Gigue“ bilan uygʻunlashgan[36].

Qoʻshimcha Raqslar 17-asrdagi toʻplamlarda asosan yuqoridagi toʻrtta asosiy raqs ishlatilgan. Keyinchalik Sarabanda va Jig oʻrtasiga bir yoki bir nechta qoʻshimcha raqslar kiritilgan:

  • Gavotte – Gavotte ikki barobar oʻlchovda ijro etilib, frazalari odatda kuchsiz zarbdan boshlanadi. Bu raqs oʻrtacha sur’atda ijro etilgan, ammo italyancha uslubdagi gavotlar tezroq boʻlgan[38].
  • Bourrée – Bourrée gavottega oʻxshash boʻlib, 2/2 oʻlchovda ijro etilgan. Ammo bu raqs taktdagi soʻnggi zarbning ikkinchi yarmidan boshlanishi bilan farq qilgan. Burreya odatda oʻrtacha sur’atda ijro etilgan, lekin baʼzi bastakorlar (masalan, Handel) uni tezroq ijro qilishgan[2].
  • Minuet – Uchlik oʻlchovda oʻrtacha sur’atda ijro etilgan raqs boʻlib, kirish zarbi boʻlmagan. Italiyada menuet odatda tezroq ijro etilgan va uzoq frazalardan iborat boʻlgan[39].
  • Passepied – Bu tezkor raqs boʻlib, ikki qismdan tashkil topgan va uchlik oʻlchovda ijro etilgan. Paspye Bretan mintaqasidan kelib chiqqan saroy raqsi edi[40].
  • Rigaudon – Rigaudon ikki barobar oʻlchovda ijro etilgan jonli fransuz raqsi edi. Bu raqs burreyaga oʻxshash boʻlib, ritm jihatidan soddaroq edi. U Janubiy Fransiyaning turli viloyatlarida keng tarqalgan xalq raqslaridan kelib chiqqan[41].

Boshqa koʻplab raqs shakllari, shuningdek, svitaga kiritilishi mumkin boʻlgan boshqa asarlar mavjud, masalan Polonaise, Loure, Scherzo, Air va boshqalar.

Boshqa xususiyatlar

[tahrir | manbasini tahrirlash]
  • " Prelude " – svita improvizatsiya usulida yozilgan muqaddima bilan boshlanishi mumkin. Baʼzi barokko prelyudiyalari toʻliq yozilmagan; buning oʻrniga, cholgʻuchi koʻrsatilgan garmonik ramkadan foydalangan holda melodik qismni improvizatsiya qila oladi degan umid bilan akkordlar ketma-ketligi koʻrsatilgan. Muqaddima raqs turiga asoslanmagan.
  • "Entrée "  – Baʼzida entrée toʻplamning bir qismi sifatida tuziladi; lekin u yerda u sof cholgʻu musiqasi va hech qanday raqs ijro etilmaydi. Bu tansa guruhiga kirish paytida yoki baletdan oldin ijro etiladigan kirish, marshga oʻxshash qismdir. Odatda Andoza:Music marta. Bu italyancha „intrada“ bilan bogʻliq.
  • " Basso continuo " – odatda bir yoki bir nechta barqaror bass asboblari (masalan, cello) va bir yoki bir nechta akkordli asboblar (masalan, harpsichord, pipe organ yoki lute kabi klaviatura asboblari) uchun yangi musiqiy nota tizimi, figured bass bilan belgilangan uzluksiz hamrohlikning bir turi
  • konserto (orkestr joʻrligidagi yakkaxon asar) va konserto grosso
  • Monody;- Italiya yakkaxon qoʻshigʻi, XVI asr oxiridagi yakkaxon cholgʻular uchun ansambl musiqasi aranjirovkasining hosilasi [42]
  • Gomofoniya;- bir ohangdor ovozli va ritmik jihatdan oʻxshash (va tobe) akkordli joʻrovozga ega musiqa (bu va monodiya Uygʻonish davrining odatiy tekstura, polifoniya bilan qarama-qarshi turadi) [43]
  • Opera kabi dramatik musiqiy shakllar, " dramma per musica " [44]
  • Qoʻshiqchilar va orkestrdan foydalangan oratorio va cantata, [[sfn|Shotwell|2002}} kabi birlashtirilgan cholgʻu-ovoz shakllari
  • " tremolo " va " pizzicato " kabi yangi instrumental usullar
  • da capo aria 1680-yilga kelib ariyaning dominant shakliga aylandi [45]
  • " ritornello " ariyasi – vokal parchalarining qisqa instrumental boʻlinishlarini takrorlaydi.
  • Konsertato uslubi – musiqa asboblari guruhlari orasidagi tovush kontrasti.
  • Keng qamrovli bezak, [46], odatda qoʻshiqchilar va cholgʻuchilar tomonidan improvizatsiya qilingan (masalan, trils, mordent va boshqalar)


  1. 1,0 1,1 1,2 1,3 1,4 Palisca 2001.
  2. 2,0 2,1 2,2 Mackay & Romanec 2007.
  3. „baroque – Wiktionary“ (en). en.wiktionary.org. Qaraldi: 2021-yil 13-sentyabr.
  4. Palisca 1989, ss. 7–8.
  5. Encyclopedie; Lettre sur la Musique Francaise under the direction of Denis Diderot
  6. Antoine Arnauld, Pierre Nicole, La logique ou l’art de penser, Part Three, chapter VI (1662) (in French)
  7. „BAROQUE : Etymologie de BAROQUE“. www.cnrtl.fr. Qaraldi: 2019-yil 4-yanvar.
  8. Sachs 1919, ss. 7–15.
  9. 9,0 9,1 Bukofzer 1947, ss. 17ff.
  10. Bukofzer 2013, "The Phases of Baroque Music" pp. 26–29.
  11. Bukofzer 2013, "Baroq musiqasi bosqichlari" pp.26-29.
  12. Nuti 2007, s. 14.
  13. Wallechinsky 2007, s. 445.
  14. Chua 2001, s. 26.
  15. Wainwright and Holman 2005, s. 4.
  16. 16,0 16,1 Clarke 1898, ss. 147–48.
  17. York 1909, s. 109.
  18. Donington 1974, s. 156.
  19. Watkins 1991, s. 103.
  20. Norton 1984, s. 24.
  21. Carter & Chew 2011.
  22. Rollin & Ledbetter 2001.
  23. 23,0 23,1 Ledbetter 2001.
  24. Rollin 2001a.
  25. Sadie 2013.
  26. 26,0 26,1 26,2 La Gorce 2001.
  27. Bukofzer 1947, ss. 118–21.
  28. 28,0 28,1 Talbot 2001a.
  29. Snyder 2001.
  30. Rollin 2001b.
  31. Ledbetter & Harris 2014.
  32. Fuller 2001.
  33. Fuller & Gustafson 2001.
  34. Sadie 2002.
  35. „Muziek voor barokharp“. lib.ugent.be. Qaraldi: 2020-yil 27-avgust.
  36. 36,0 36,1 36,2 Estrella 2012.
  37. Little 2001c.
  38. Little 2014.
  39. Little 2001d.
  40. Little 2001a.
  41. Little 2001b.
  42. Fortune 2001.
  43. Hyer 2013.
  44. Shotwell 2002.
  45. Westrup et al. 2001.
  46. Roseman 1975.

Qoʻshimcha adabiyotlar

[tahrir | manbasini tahrirlash]
  • Christensen, Thomas Street, and Peter Dejans. Towards Tonality Aspects of Baroque Music Theory. Leuven: Leuven University Press, 2007. ISBN 978-90-5867-587-3
  • Cyr, Mary. Essays on the Performance of Baroque Music Opera and Chamber Music in France and England. Variorum collected studies series, 899. Aldershot, Hants, England: Ashgate, 2008. ISBN 978-0-7546-5926-6
  • Foreman, Edward. A Bel Canto Method, or, How to Sing Italian Baroque Music Correctly Based on the Primary Sources. Twentieth century masterworks on singing, v. 12. Minneapolis, Minn: Pro Musica Press, 2006. ISBN 978-1-887117-18-0
  • Fux, Johann Joseph; Mann, Alfred; Edmunds, John. The Study of Counterpoint from Johann Joseph Fux's Gradus ad parnassum. New York: W. W. Norton & Co., 1965. ISBN 0-393-00277-2. OCLC 494781. 
  • ; Claude V. PaliscaA History of Western Music. New York: W. W. Norton, 1996. 
  • Hebson, Audrey (2012). „Dance and Its Importance in Bach’s Suites for Solo Cello“, Musical Offerings: Vol. 1: No. 2, Article 2. Available at http://digitalcommons.cedarville.edu/musicalofferings/vol1/iss2/2.
  • Hoffer, Brandi (2012). „Sacred German Music in the Thirty Years' War“, Musical Offerings: Vol. 3: No. 1, Article 1. Available at http://digitalcommons.cedarville.edu/musicalofferings/vol3/iss1/1.
  • Schubert, Peter, and Christoph Neidhöfer. Baroque Counterpoint. Upper Saddle River, NJ: Pearson Prentice Hall, 2006. ISBN 978-0-13-183442-2
  • Schulenberg, David. Music of the Baroque. New York: Oxford UP, 2001. ISBN 978-0-19-512232-9
  • Stauffer, George B. The World of Baroque Music New Perspectives. Bloomington: Indiana University Press, 2006. ISBN 978-0-253-34798-5
  • Strunk, Oliver. Source Readings in Music History. From Classical Antiquity to the Romantic Era. London: Faber & Faber, 1952.

Andoza:Baroque music Andoza:Classical music Andoza:Music topics