Kontent qismiga oʻtish

Baxillar haqida kitob

Vikipediya, erkin ensiklopediya

«Baxillar haqidagi kitob» satirik asar. Badiiy nuqtai nazrdan, al-Johizning eng katta asari «Baxillar haqidagi kitob» («Kitob ul-buxalo») bolib, u ziqnalik va saxiylik haqidagi munozarali nomalarning, qurumsoq odamlar haqidagi hikoya va latifalarning tartibsiz to'plamidir. Ushbu hikoyalarning qahramonlari sifatida odatda forslar Xuroson viloyati va O'rta Osiyodagi Marv shahrining aholisi, shuningdek Bag'dod hokimiyatiga deyarli doimo muxolif bo'lgan yarmi shia ko'p millatli Basra ahli ko'rsatiladi. Kitob shuba mafkurasining sohiblari (asosan forslar)ga raddiya bolib, an'anaviy arab qadriyati  badaviylarning haddan tashqari saxiyligida  faqat yovvoyilik va axmoqona isrofgarchilik ko'rinishlarini ifodalagan. Unda oquvchining oldida turli kimsalar  savdogarlar va ziroatchilar, olimlar va ilohiyotchilar, firibgarlar va qashshoqlar koz ongidan o/tadi. Al-Johiz hikoyalaridan birida ahmoqona nutqlar so'zlovchi aqidaparast ilohiyotchini tasvirlaydi, boshqasida Basralik masjid olimlari, ziqna va ezma, kun boyi olov chiqarishning eng tejamkor usullari haqida bahs yuritish bilan shugullanuvchi basralik masjid olimlari ustidan kuladi, uchinchisida qaysidir olimning andishasiz ochofatligi haqida soz yuritadi, tortinchisida  boy ammo xasis kishining ustidan kuladi, uning tilidan Quron va hadisga asoslangan holda baxillikni himoya qiluvchi sozlarini keltiradi.

Biroq al-Johizning kitobi  inson nuqsonlarining oddiygina tavsifidan kattaroq narsa. Baxllarning xatti-harakatini, ularning intilishlarini, mulohaza va dalillarini tahlil qilgan al-Johiz inson xarakterini nozik tushunishini, aql kopincha yurakning «xizmatkori»gina bo'lib qolishini tushunishini ko'rsatadi. Al-Johiz kitobning muqaddimasida o'quvchilarga baxillar haqidagi kulgili hikoyalar va ularning «hiylakor asoslarini» aytib berishni vada qiladi. Darhaqiqat, «baxillar haqidagi kitob»ning aksariyat epizodlarida nafaqat baxillik, balki ularning mantigi, «dalil va mulohazalari» kulgiga olinadi. Bular kitobning eng yorqin sahifalaridir. Bu yerda komizmning asosini nihoyatda nozik sofistika, baxillarning sergap, turli sitatalarga havolalar bilan taminlangan ahmoqona dalillari tashkil etadi. Ularni tasvirlashda al-Johiz benihoya sinchkovlik va ixtirochilikni namoyon etadi. Sofistikaga bolgan ushbu qiziqishda, shuningdek inson intilishlarini (kitobdagi asosiy xususiyatlarni) tahlil qila olishi  rasionalist-moʻʼtaziliy al-Johizning butun korinishi, tafakkur madaniyati va nazariy tadqiqotga moyilligi namoyon boladi.

«Baxillar haqidagi kitob»da ancha keskin ijtimoiy tanqid bor. Kitobning qahramonlaridan biri  basralik boy yer egasi as-Sauriy sudxorlik bilan shug'ullanadi  har narsada tejayveradi: yalangoyoq yuradi, uydagilarni xurmoni danagi bilan yeyishga majbur qiladi va hokazo. Boshqa bir qahramon  boy Ahmad ibn Xalaf ozining baxilligi bilan shuhrat topganidan xursand, chunki bunday «orzu» uni pul so'rovchilarning tixirligidan saqlaydi. Uchinchi qahramon  baxil uy egasi bo'lib, nodonligi va ziqnaligi uning ijarachiga qarshi kulgili nutqida ochib beriladi.