Kontent qismiga oʻtish

Behzod Hoshimov

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Behzod Hoshimov

Behzod Hoshimov Yoshlar ishlari agentligi hamda Media & Project Management guruhi tomonidan tashkil etilgan Modul5 tadbirida taqdimot qilmoqda
Tugʻilgan 8-avgust 1993-yil (1993-08-08) (31 yosh)
Toshkent, Oʻzbekiston
Millati oʻzbek
Oliygoh Nanyang texnologiya universiteti (bakalavr; 2015-yil)
Viskonsin-Madison universiteti (Magistratura; 2017-yil, PhD; 2023-yil)[1]
Soha iqtisodiyot, media

Behzod Alisherovich Hoshimov[2]oʻzbekistonlik koʻzga koʻringan iqtisodchi[3], bloger[4], kolumnist, „Mikrokreditbank“ kuzatuv kengashi aʼzosi[5]. Oʻzbekiston davlat soliq qoʻmitasi huzuridagi jamoatchilik kengashi aʼzosi[2][1]. Telegram ijtimoiy tarmogʻidagi „Iqtisodchi kundaligi“ blogi, YouTubedagi „Hoshimov's Economics (Hoshimov Iqtisodiyoti)“ videoblogi, Kun.uz, Gazeta.uz va shu kabi Oʻzbekiston hududida ommalashgan axborot portallaridagi tahliliy maqolalari bilan tanilgan[6]. U, shuningdek, Mamlakatlar tanazzuli sabablari: qudrat, farovonlik va kambagʻallik manbalari kitobining muharriri ham hisoblanadi[7]. „Yuksalish harakati“ soʻrovnomasiga koʻra, Oʻzbekistondagi TOP 30 jamoatchilik faollari roʻyxatida qayd etilgan[8]. O‘zbekistondagi oʻzgarishlarni qo‘llab-quvvatlash bilan shug‘ullanuvchi „Buyuk kelajak“ XNNTning sobiq aʼzosi[9].

Bobosi: Komil HoshimovOʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan energetik[10]

Otasi: Alisher Hoshimov — Korzinka supermarketlar tarmogʻi hammuallifi[10]

Amakisi: Zafar HoshimovOʻzbekistondagi Korzinka supermarketlar tarmogʻi asoschisi va rahbari[10]

  1. 1,0 1,1 „Проведен курс лекций по экономике труда для сотрудников Минтруда“ (ru). mehnat.uz. Qaraldi: 28-iyun 2023-yil.[sayt ishlamaydi]
  2. 2,0 2,1 „Члены Общественного совета при Налоговом комитете“ (ru). soliq.uz. — „Хашимов Бекзод Алишерович“. Qaraldi: 28-iyun 2023-yil.
  3. „Forbes.uz представляет обзор популярных узбекистанских Telegram-блогов-2020“. forbes.uz. — „12. Бехзод Хошимов Количество подписчиков: 12,8 тыс.“. 2023-yil 27-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 28-iyun 2023-yil.
  4. „Forbes.uz причислил Саиду Мирзияеву к самым популярным блогерам Узбекистан“. ktrk.kg. Qaraldi: 28-iyun 2023-yil.[sayt ishlamaydi]
  5. „Бехзод Хошимов вошёл в набсовет Микрокредитбанк в качестве независимого члена“. Telegram.org. Qaraldi: 28-iyun 2023-yil.
  6. „Бехзод Хошимов вошёл в наблюдательный совет «Микрокредитбанка»“. spot.uz. Qaraldi: 28-iyun 2023-yil.
  7. „Учрашувда Беҳзод Ҳошимов муҳаррирлик қилган “Мамлакатлар таназзули сабаблари: қудрат, фаровонлик ва камбағаллик манбалари” китобидан ўрин олган фикрлар муҳокама қилинди.“. bankers.uz. Qaraldi: 28-iyun 2023-yil.
  8. „“Yuksalish” harakati O‘zbekistonning OAV va internet tarmog‘idagi jamoatchilik faollari Top-30 talik ro‘yxatini tuzdi“. daryo.uz. Qaraldi: 28-iyun 2023-yil.
  9. „“Buyuk kelajak”ning o‘n nafar eksperti tashkilotni tark etdi“. dar. Qaraldi: 28-iyun 2023-yil.
  10. 10,0 10,1 10,2 „Хашимовы. Заявка на успех“. myday.uz. Qaraldi: 28-iyun 2023-yil.