Beylerbeyi saroyi
Beylerbeyi saroyi | |
---|---|
turkcha: Beylerbeyi Sarayı | |
Saroyning Istanbul boʻgʻozidan koʻrinishi | |
Umumiy maʼlumot | |
Maqomi | Saroy |
Turi | Usmonlilar arxitekturasi |
Shahar | Istanbul |
Mamlakat | Turkiya |
Koordinatalar | 41°02′34″N 29°02′24″E / 41.04278°N 29.04000°E |
Qurilishi boshlangan | 1863-yil |
Qurilishi tugagan | 1865-yil |
Mijoz | Abdulaziz I |
Egasi | Turkiya hukumati |
Dizayn va konstruksiya | |
Meʼmor |
Hagop Balyan Sarkis Balyan |
Beylerbeyi saroyi |
Beylerbeyi saroyi (turkcha: Beylerbeyi Sarayı) — Turkiyaning Istanbul shahri Üsküdar tumanidagi Beylerbeyi hududida joylashgan va meʼmorlari Hagop Balyan va Sarkis Balyan boʻlgan, 1861-1865-yillar orasida sulton Abdulaziz tomonidan qurdirilgan saroy. Ushbu saroy Sulton Abdulhamid II 1918-yilda vafotidan oldin uy qamogʻida boʻlgan oxirgi joy edi.
Tarix
[tahrir | manbasini tahrirlash]Saroy joylashgan hudud tarixiy joy boʻlib, undan turar joy sifatida foydalanish Vizantiya imperiyasi davriga toʻgʻri keladi. Bu hududda Vizantiya davrida Stavroz (Xoch) bogʻlari deb atalgan bogʻ bor mavjud boʻlgan[1]. Aytishlaricha, Vizantiya davrida bu hudud Konstantin II tomonidan oʻrnatilgan katta xoch tufayli Xoch (Stavroz) bogʻi deb nomlangan[2]. Eremya Chelebi Kömürcüyan, bu hududda XVII asrda ham Vizantiya cherkovi va muqaddas buloq borligi haqida yozib qoldirgan.
Bu yerda Usmonlilar davriga oid birinchi bino Salim IIning qizi Gevher Sultonning saroyi edi. Sulton Murod IV xuddi shu hududda tugʻilgan. Keyin XVII asrda Ahmad I tomonidan Şevkabad qasri, Ahmad III davrida Ferahabad saroyi, Mahmud I esa onasi uchun Ferahfeza saroyini qurdirtirgan. Bu hudud sultonning shaxsiy bogʻi sifatida ham foydalanilgan. Mustafo III davrida bu yerdagi binolar buzilib, yerlar xalqqa sotilgan. Keyinchalik Mahmud II sotilgan yerlarni qaytarib olib, 1829-yilda bu yerda yogʻochdan saroy qurdirdi. 1851-yilda chiqqan yongʻin natijasida ushbu saroyning bir qismi yonib ketdi. Shundan soʻng, Abdulmajid I davrida, ushbu saroy yana bir marta yonib ketdi va boshqa foydalanilmadi. Keyinchalik 1861-1865-yillar oraligʻida yonib ketgan saroy oʻrniga hozirgi Beylerbeyi saroyi Abdulaziz I tomonidan qurdirilgan. Saroy meʼmori Sarkis Balyan va uning ukasi meʼmor Agop Balyandir[3].
Saroyning tuzulishi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Beylerbeyi saroyi saroy majmuasi boʻlib, katta bogʻdagi asosiy saroy (yozgi saroy) bilan birga Marmar koʻshk,, Sariq koʻshk, Ahir koʻshk va ikkita kichik dengiz koʻshklaridan iborat[4].
Yozgi saroy
[tahrir | manbasini tahrirlash]Asosiy saroy boʻlgan yozgi saroy uygʻonish, barokko va sharq-gʻarbiy uslublarni uygʻunlashtirgan holda qurilgan. Dengiz boʻyidagi qirgʻoqda qurilgan saroy toshli inshoot boʻlib, baland yertoʻla ustiga qurilgan va ikki qavatdan iborat. Saroy Haram (shimoliy qismi) va Mabeyn-i Humoyun (janubiy qismi) doiralaridan iborat boʻlib, unga uchta kirish joyi, oltita katta zal, 24 xona, 1 turk hammomi va 1 zamonaviy hammomni oʻz ichiga oladi. Saroy toʻrtburchak shaklga ega. Saroyning tomi barcha tomonlarni aylanib chiqadigan parapet bilan yashiringan. Saroyning tashqi koʻrinishi birinchi qavatni yuqori qavatdan ajratib turadigan qatʼiy belgilangan qolip bilan ajratilgan. Binoning derazalari toʻrtburchak shaklda boʻlib, ravoqlar bilan bezatilgan. Derazalar va devor burchaklari oʻrtasida bitta va ikkita ustunlar mavjud. Birinchi qavat butunlay marmar bilan qoplangan, ikkinchi qavati esa marmarga oʻxshash toshlar bilan qoplangan[5].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ Dünden Bugüne İstanbul Ansiklopedisi, Cilt 2, İstanbul, 1994, s. 206
- ↑ gös. yer
- ↑ Türkiye Diyanet Vakfı İslam Ansiklopedisi, Cilt 6, İstanbul,1992, s. 77
- ↑ „"Milli Saraylar"“. 14-martda asl nusxadan arxivlangan.
- ↑ „Sultan Abdülaziz’in deniz ve hayvan sevgisinin yaşadığı saray“. 15 ocak 2014da asl nusxadan arxivlangan.