Buluxon xotun
Buluxon xotun | |
---|---|
Buluxon xotunning Gʻozonxonni parvarishlashi (XIV asr miniatyurasi) | |
Shaxsiy maʼlumotlari | |
Tavalludi | XIII asr |
Vafoti |
20-aprel 1286-yil Kor (Kur) daryosi hududi |
Fuqaroligi | Hulokuiylar davlati |
Turmush oʻrtogʻi | Abaqaxon, Argʻunxon |
Bolalari | Malika xotun |
Mansubligi | boyovut urugʻi |
Buluxon xotun (yana Bulugʻan, Bologʻan, Bolgʻana, Bolgʻara[1]; moʻgʻ.: Bulgʻan — „suvsar“) — XIII asrning ikkinchi yarmida yashagan, boyovut urugʻidan boʻlgan zodagon moʻgʻul ayoli, elxon Abaqaning toʻqqizinchi va bosh xotini. 1282-yilda Abaqaning vafotidan soʻng, mahalliy yesir olish (levirat) odatiga koʻra, Buluxon xotun Abaqaning oʻgʻillaridan biri, oʻgay oʻgʻli Argʻunga turmushga chiqqan.
Tarjimayi holi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Buluxon xotun Abaqaning bosh xotini boʻlganligi sababli, elxonlikni boshqarishda muhim rol oʻynagan. Aynan Buluxon xotun iltimosiga koʻra Abaqaga xiyonatda ayblangan vazirning hayotini saqlab qolingan. Argʻunxon ham harbiy ishlarda xotinidan maslahat soʻrab turgan. Abaqaning ukasi Ahmad Tekuder akasi vafotidan soʻng elxon boʻlgan davrda ham Buluxon xotunga nisbatan hurmat bilan munosabatda boʻlgan[2].
Oilasi va avlodi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Buluxon xotunning qizi Malika onasining uzoq qarindoshiga turmushga chiqqan. Oʻz oʻgʻillari boʻlmaganligi sababli Buluxon xotun asrandi farzandlari Gʻozon va Uljaytuni tarbiyalashda faol qatnashgan[3].
Vafoti
[tahrir | manbasini tahrirlash]Rashiduddinning yozishicha, Buluxon xotun hijriy 685-yil safar oyining 23-kunida, yaʼni 1286-yilning 20-aprelida vafot etgan[4]. Buluxon xotunning jasadi joylangan tobut Sultoniyaning janubi-gʻarbiy qismidagi Sajasda koʻmilgan. Oradan besh yil oʻtgach, Argʻun ham shu yerga dafn etiladi. Buluxon xotun tegishli qimmatbaho taqinchqolarning bir qismini Argʻun oʻzi uchun qoldirgan boʻlsa, qolganlarini, shu jumladan Abaqa sovgʻa qilganini oʻgʻli Gʻozonga bergan.
Argʻun Buluxon xotun vafotidan soʻng Xitoyda hukmronlik qilayotgan qarindoshi xoqon Xubilayxonga maktub yuborib, maktubda Buluxon xotunning qarindoshlaridan birini oʻziga rafiqa qilib, nikohlab berishni va huzuriga yuborishni iltimos qiladi. Natijada 17 yoshli Koʻkechin Argʻunga nikohlab beriladi, kelin elxonga yetkazib berishga masʼul etib Marko Polo tayinlanadi. Kelin karvoni 1293-yilda Forsga yetib kelgan, ammo bu paytda Argʻun allaqachon vafot etgandi. Shundan soʻng, Koʻkechin xotun Argʻunning oʻgʻli Gʻozonxonga turmushga chiqadi[5].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ Bulletin de la Société Française de Reproductions de Manuscrits à Peintures (fransuz tilida). Société française de reproductions de manuscrits à peintures, 1926.
- ↑ „BOLOḠĀN ḴĀTŪN“ (ingliz tilida). 2022-yil 20-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 19-sentyabr.
- ↑ Roux, Jean-Paul. „Arghun had one of his sons baptized, Khordabandah, the future Oljaitu, and in the Pope's honour, went as far as giving him the name Nicholas“, Histoire de l'Empire Mongol, s. 408.
- ↑ Rashiduddin. Jome at-tavorix (rus tilida).
- ↑ Marko Polo sayohatlari (rus tilida), Moskva, 2022 — 696-bet.
Adabiyotlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Marko Polo. Kniga Marko Polo (rus tilida). Мosvka: Gosizdat geograficheskoy literaturi, 1955 — 376-bet.
- Rashiduddin. Jome at-tavorix (rus tilida). Moskva-Leninrad: Izdatelstvo AN SSSR, 1952.