Kontent qismiga oʻtish

Chingʻil

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Chingʻil
Biologik klassifikatsiya
Olam: Oʻsimlik

Chingʻil, jangal (Halimodendron halodendron (Pall.) Voss) — dukkakdoshlarga mansub buta turi. Boʻyi 2 m ga boradi, tikanli. Barglari juft patsimon, guli pushti. Tabiiy holda toʻqaylarda, ariq va jar yoqalarida oʻsadi. Aprel—avgustda gullab, iyun—sentabrda mevasi pishadi. Choʻl va adirlarda har qanday tuproqlarda, hatto shoʻr tuproqlarda ham oʻsadi. Urugʻidan va ildiz bachkilaridan koʻpayadi. Qumlarni mustahkamlash, shoʻr yerlarni koʻkalamzorlashtirishda Gullagan chingʻil qoʻllanadi. va urugʻi.