Kontent qismiga oʻtish

Chinor tagidagi duel

Vikipediya, erkin ensiklopediya
„Chinor tagidagi duel“
Rejissyor(lar) Melis Abzalov
Ssenariynavis(lar) Rixsivoy Muhammadjonov
Rollarda Rashid Malikov
Jalol Yusupov
Hamza Umarov
Obidjon Yunusov
Feruza Arifxonova
Asanqul Quttubaev
Manzura Rahimxoʻjaeva
Abror Tursunov
Husan Sharipov
Oʻktam Luqmonova
Bastakor(lar) Yevgeniy Shiryaev
Postanovkachi
rassom(lar)
Sadriddin Ziyomuxammedov
Studiya(lar) „Lenfilm“
Chiqarilgan sanasi 1979
Davomiyligi 63 minut
Mamlakat Oʻzbekiston SSR Oʻzbek SSR
Til oʻzbekcha

Chinor tagidagi duel“ (Shuningdek, „Chinor ostidagi duel“, ruscha: Дуэль под чинарой, inglizcha: The Duel under a Plane Tree)[1]  — 1979-yil rejissor Melis Abzalov tomonidan suratga olingan oʻzbek sovet filmi. Filmning ssenariy muallifi Rixsivoy Muhammadjonovdir[2]. Film voqealari asosan Jizzax viloyatining Forish tumanida kechgan[3].

1971-yil Melis Abzalov Moskva shahridan mashhur Georgiy Daneliya kursida saboq olib qaytgach, bir necha yildan keyin kino olamidagi ilk mustaqil ishi sanalgan „Chinor ostidagi duel“ filmini suratga olish ishlarini boshlab yuboradi[4]. Nortoy roli uchun eʼlon qilingan kastingda oʻsha davr uchun mashhur boʻlgan Behzod Hamroyev, Xamza Umarovning oʻgʻli Shuhrat Umarov qatnashgan. Georgiy Daneliya maslahati bilan Nortoy roli uchun Rashid Malikov nomzodi tanlangan.

Universitetga oʻqishga kirishga boʻlgan urinishlari muvaffaqiyatsizlik bilan tugagach, yosh yigitcha — Nortoy, Toshkent shahridan oʻzi tugʻilib oʻsgan qishloqqa qaytib, ota kasbi boʻlgan choʻponlik bilan mashgʻul boʻladi. Nortoy soʻqqabosh otasini uylantirishga koʻndirmoqchi boʻlib, qishloq xamshirasini otasi xasta boʻlib qolgani haqidagi yolgʻon bilan uyga chaqiradi. U, shuningdek, butun javobgarlikni oʻz zimmasiga olib, sevgan qizi Oʻgʻiloyning uyiga sovchilikga boradi. Uning ezgu maqsad yoʻlida qilgan harakatlari turli koʻngilsizliklarga sabab boʻladi.

Nortoy otasiga qilingan haqoratlar ortidan qishloq raisini duelga chaqiradi. Yosh yigit vaqt oʻtishi bilan oʻz ishiga mehr qoʻya borishi sababli oʻqish haqida oʻylashni deyarli toʻxtatadi. Ammo uning otasi, keksa choʻpon, sobiq front askari, oʻgʻlini bilim olish zarurligiga ishontiradi. Keyingi yil Nortoy sevgan qizi Oʻgʻiloy bilan oʻqish maqsadida Toshkentga boradi[5]. Nortoy film avvalida va soʻnggida Alisher Navoiy teatri yonida dastlab yakka oʻzi, keyin Oʻgʻiloy bilan favvora ichida suratga tushgan. Oʻsha jarayon mobaynida aytilgan: „Taniyman, Parijdan bular“ jumlasi ancha mashur[3].

Film „Lenfilm“ kinostudiyasida dublyaj qilingan.

Filmda Rashid Malikov, Jalol Yusupov, Hamza Umarov, Obidjon Yunusov, Firuza Arifxonova, Asanqul Quttubaev, Manzura Rahimxoʻjaeva, Abror Tursunov, Husan Sharipov, Oʻktam Luqmonova kabi aktyor va aktrisalar oʻrin egallagan[6].