Christiaan Eijkman
Qiyofa
Christiaan Eijkman (1858.11.8, Neykerk, Gelderland — 1930.5.11, Utrext) — gollandiyalik bakteriolog va shifokor. Amsterdam universitetini tugatgan, tibbiyot doktori (1883). Berlinda Robert Koch bilan birga tadqiqotchi shogird sifatida faoliyat koʻrsatgan. 1886-yildan Indoneziyada harbiy shifokor boʻlib ishlagan; 1888-yilda Jakartadagi patologik laboratoriya direktori (1888—98), Gollandiya Utrext universiteti professor (1898—1928). Asosiy ilmiy ishlari vitaminlarni oʻrganishga bagʻishlangan. Vitamin tanqisligi ayrim kasalliklar paydo qilishini kashf etgan. Nobel mukofoti laureati (1929; F.G. Xopkins bilan hamkorlikda)[1].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |