Fritz Albert Lipmann
Qiyofa
Fritz Albert Lipmann (1899.12.6, Kenigsberg, hozirgi Kaliningrad — 1986) — amerikalik biokimyogar. AQSH Milliy Fanlar akademiyasi aʼzosi (1950-yildan). Asosiy ilmiy ishlari toʻqimalardagi moddalar almashinuviga oid. Uglevodlar metabolizmida fosfatlar fosfat guruxlarini yoʻqotib, nisbatan oz, baʼzan koʻp miqdorda energiya ajratib chiqarishi mumkin. Shunga asoslanib energiyasi kam va energiyaga boy fosfatlar mavjudligini, ular har qaysisining tavsifli strukturasini aniqladi. Kabutar jigaridan fermentativ reaksiyalarda atsil guruxlarini tashishda ishtirok etadigan birikmani ajratib oldi va unga A konforment deb nom berdi (1947), uning tuzilishini tekshirdi va biologik rolini aniqladi. Nobel mukofoti laureati (1953).[1]
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |