John Franklin Enders
Qiyofa
Jon Franklin Enders (1897.10.2, UestXartford, Konnektikut shtati —1985.8.9, Uoterford) — amerikalik virusolog. AQSH milliy Fanlar akademiyasi, Amerika fan va sanʼat akademiyasi hamda London qirollik jamiyati aʼzosi. Yelsk kollejini tugatgan (1920). 1929—56 yillarda Garvard universitetida dars bergan. Ayni chogʻda 1946-yildan Bostondagi pediatriya markazi, infeksion kasalliklar laboratoriya hamda bolalar shifoxonasida turli lavozimlarda ishlagan. 1956-yildan Garvard tibbiyet maktabi bolalar kasalxonasida professor Ilmiy faoliyati bakteriologiya, immunologiya, virusologiyaga oid. Poliomiyelit virusini undirish texnologiyasini ishlab chiqishda qatnashgan. Qizamiqqa qarshi vaksina kashf etgan. Nobel mukofoti laureati (1954)[1].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |