Kontent qismiga oʻtish

Chuyut

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Chuyut (Chuit, Chiyit, Chilchuit) — oʻzbek urugʻlaridan biri. Qashqadaryo vohasida, kenagaslar tarkibida yashashgan. 1924-yilgi maʼlumotga koʻra, chuyutlarning soni 45 ming kishi boʻlgan. Chuyutlarning kenagaslar tarkibidagi kichik guruhlari Zarafshon (Karmana) va Fargʻona vodiylarida ham tirikchilik qilishgan. Chuyutlar uyshun qabilasi tarkibiga ham kirgan. Chuyut, chuit, chilchuit nomlari ularning mazkur hududlarda yashab, mahalliy aholi bilan qoʻshilib ketganligini koʻrsatadi.