„Krokus Siti Holl“dagi terakt

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Crocus City Hall hujumi (2024)dan yoʻnaltirildi)
Crocus City Halldagi terakt

Crocus City Hall konsert zali, 2019-yil
Asl nomi ruscha: Теракт в «Крокус Сити Холле»
Joylashgan Crocus City Hall, Krasnogorsk, Rossiya
Koordinatlar 55°49′33″N 37°23′25″E / 55.82583°N 37.39028°E / 55.82583; 37.39028 G OKoordinatalari: 55°49′33″N 37°23′25″E / 55.82583°N 37.39028°E / 55.82583; 37.39028 G O
Sana 22-mart, 2024-yil(2024-03-22)
20:00 ((MSK, UTC+3))
Nishon Tinch aholi
Hujum turi
Ommaviy otishma, portlash, oʻt qoʻyish
Qurol AK-74
Halok boʻlganlar 145[1]
Jarohat olganlar
551[1][2]
Jinoyatchilar 4

"Krokus Siti Holl"dagi terakt (ruscha: Теракт в «Крокус Сити Холле») — 2024-yil 22-mart kuni Moskvaning gʻarbida joylashgan Krasnogorsk shahridagi Krokus Siti Holl konsert zalida sodir etilgan terakt[3][4][5]. Ushbu hujum oqibatida 145 nafar odam halok boʻldi, 550 dan oshiq inson jarohatlandi[6][1].

Voqea kelib chiqishi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Kuzatuv kameralariga tushib qolgan gumonlanuvchilar

2024-yilning 7-mart kuni Rossiya Federal xavfsizlik xizmati (FSB) Moskvadagi Iroq va Shom Islom Davlati (IShID)ga aloqador terrorchilar guruhini zararsizlantirganini eʼlon qilgan edi[7].

Hujumdan ikki hafta oldin Moskvadagi AQSh va Buyuk Britaniya elchixonalari[8] ekstremistlarning Moskvadagi yirik yigʻinlarni nishonga olish boʻyicha rejalari haqida ogohlantirgan edi[9]. Amerika va Buyuk Britaniyaning ogohlantirishidan soʻng, boshqa davlatlarning elchixonalari, jumladan, Kanada, Germaniya, Janubiy Koreya, Shvetsiya, Chexiya va Latviya davlatlari Moskvadagi oʻz fuqarolariga shu mazmundagi ogohlantirish berdi[10]. 2024-yil 19-mart kuni Rossiya prezidenti Vladimir Putin Rossiyada sodir boʻlishi mumkin boʻlgan teraktlar haqidagi ogohlantirishlarni „ochiq shantaj“ deb atagan[11].

Hujum[tahrir | manbasini tahrirlash]

2024-yil 22-mart kuni Rossiyaning Piknik guruhi Krokus Siti Hollda konsert qoʻyishi rejalashtirilgan edi[12]. Guruh oʻz chiqishlarini boshlashdan oldin, uch nafardam koʻproq niqobli, qurollangan kishi avtomat miltiqlardan foydalanib, olomonga qarata oʻt ocha boshladi[13][14]. Terrorchilar, shuningdek, odamlarga qarata benzin bombalaridan foydalangani va bu yongʻinga sabab boʻlib[13][15], boshlagani tomning qisman qulashiga sabab boʻlgani xabar qilingan[16]. Baʼzi maʼlumotlarga koʻra, qurollanganlarning baʼzilari bino chiqish eshigini toʻsib qoʻygan[17].

Hujum natijasida kamida 40 kishi halok boʻlgan va 100 dan ortiq kishi yaralangan[18]. Hujum ortidan savdo markazlari va boshqa jamoat joylari evakuatsiya qilindi[19], portlashlar natijasida yuzaga kelgan yongʻinni oʻchirish uchun vertolyotlar yuborildi.

Munosabatlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Mahalliy munosabatlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Moskva meri Sergey Sobyanin hujumni „katta fojia“ deb taʼrifladi[13] va u Moskvadagi barcha dam olish kunlaridagi tadbirlarni bekor qilish haqida qaror chiqardi[20]. Federal havo transporti agentligi Moskvadagi Sheremetyevo, Domodedovo, Vnukovo va Jukovskiy aeroportlarida yangi xavfsizlik choralarini joriy qildi[21].

Tashqi ishlar vazirligi matbuot kotibi Mariya Zaxarova voqeani „dahshatli jinoyat“ deb atadi[22][23].

Checheniston rahbari Ramzan Qodirov hujumni qoralab bayonot berdi[24].

Xalqaro munosabatlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Amerika Qoʻshma Shtatlari Milliy xavfsizlik kengashi matbuot kotibi John Kirby hujum tasvirlarini „dahshatli va achinarli“ deya tariflagan. Oq uy vaziyatni „dahshatli“ deb atadi va Ukrainaning hujumga aloqadorligi haqida hech qanday maʼlumot yoʻqligini aytdi[25].

Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiyning maslahatchisi Mixaylo Podolyak oʻzining X sahifasida Ukraina bu hujumga aloqador emasligini aytib oʻtdi. Shuningdek, Ukraina mudofaa razvedkasi vakili hujum „Putin maxsus xizmatlari tomonidan amalga oshirilgan provokatsiya“ ekanligini taʼkidlagan[26].

Avstriya, Ozarbayjon, Argentina, Armaniston, Bahrayn, Belarus, Belgiya, Boliviya, Buyuk Britaniya, Venesuela, Germaniya, Gretsiya, Falastin, Pokiston, Portugaliya, Misr, Isroil, Iordaniya, Eron, Italiya, Qozogʻiston, Qatar, Qirgʻiziston, Kolumbiya, Kuba, Lyuksemburg, Malta, Meksika, Moldova, Niderlandiya, Nikaragua, Norvegiya, BAA, Abxaziya Respublikasi, Serbiya Respublikasi, Saudiya Arabistoni, Serbiya, Suriya, Slovakiya, AQSh, Tojikiston, Turkiya, Turkmaniston, Oʻzbekiston, Chernogoriya,​ Janubiy Osetiya ham Yevropa Ittifoqi tomonidan terror hujumi qurbonlari oilalariga hamdardlik bildirildi va terakt turli diplomatik darajalarda qoralandi[27][28][29][30].

Gumonlanuvchilar[tahrir | manbasini tahrirlash]

FSB hujumlarga aloqadorlikda gumon qilingan oʻn ikki kishi hibsga olinganini eʼlon qildi, ulardan sakkiz nafari 26-mart holatiga koʻra sudga chaqirildi. Tojikistonning Vahdat shahrida teraktlar bilan bogʻliq 9-kishi hibsga olingan[31]. FSB Dogʻistonda qurollangan shaxslarni ishlatilgan qurollar bilan taʼminlaganlikda gumon qilingan toʻrt kishi hibsga olinganini eʼlon qildi[32][33]. 1-aprel kuni FSB soʻroq videosini telekanallarga ulashildi, unda gumonlanuvchilardan biri Maxachqal’adan Mytishchiga qurol olib oʻtganini tan olgan[34].

Gumon qilingan qurollanganlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Toʻrt nafar Tojikiston fuqarosi qirgʻinni uyushtirganlikda ayblangan[35]:

Dalerjon Barotovich Mirzoev, 23-noyabr 1991-yilda tugʻilgan (32 yosh). Tojikistonlik Mirzoyev uch oy davomida Novosibirskda vaqtinchalik propiskaga ega boʻlgan. Biroq RIA Novosti uning roʻyxatdan oʻtish muddati tugaganini maʼlum qildi[36][37]. Uning akasi Ravshanjon Mirzoev 2016-yilda IShIDning markaziy boʻlimiga qoʻshilgan va 2020-yilda Suriyada oʻldirilgani taxmin qilingan. Ravshanjon Tojikiston hukumati tomonidan qidiruvga berilgan va uning oilasi kuzatuvga olingan[38].

Saidakrami Muradali Rachabalizoda, 4-fevral 1994-yil (30 yosh)[37]. U Vahdat shahrida oʻsgan va 9-sinfni tashlab, hech qachon diniy taʼlim olmagan. Rossiyaga koʻchib ketishdan oldin u shahardagi mebel fabrikasida ishlagan[39]. U tarjimon orqali muloqot qilgan[36].

Shamsidin Fariduni,1998-yil 19-sentyabrda tugʻilgan. Asli Tojikistonlik boʻlib, u Podolskdagi zavodga rasman ishga joylashtirilgan va Krasnogorsk shahrida roʻyxatga olingan[36]. Rossiyaga koʻchib oʻtishdan oldin u Hisordagi nonvoyxonada ishlagan va 2020-yilda ozodlikka chiqqunga qadar Tojikistonda jinsiy zoʻravonlik uchun qamalgan[40][41]. Uning soʻzlariga koʻra, u bilan Telegram’da „turk voizi“ bogʻlanib, "bir necha odamni otib tashlasa, unga 10 500 dollar berishni vaʼda qilgan. 2022-yilda turmushga chiqqan va sakkiz oylik oʻgʻlini uldirgan[41]. Fariduni Abdulloh Zargarov va Abu Abdulloh Zargar ismli ijtimoiy tarmoqlardagi akkauntlariga ega boʻlib, u yerda Istanbul va shahardagi Fotih masjidi yaqinida tushgan suratlarini joylashtirgan[42].


Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. 1,0 1,1 1,2 Пронин, Андрей „Опубликованы снятые очевидцем кадры теракта в «Крокус Сити Холле»“. iz.ru (2024-yil 24-mart). Qaraldi: 16-may.
  2. „At least 40 killed in shooting at Moscow concert hall“. Novaya Gazeta Europe (2024-yil 22-mart). Qaraldi: 2024-yil 22-mart.
  3. „Explosions and shooting attack at Moscow concert hall“ (en-gb). BBC News (2024-yil 22-mart). Qaraldi: 2024-yil 22-mart.
  4. „Gunmen in combat fatigues open fire at Moscow concert hall“ (en). France 24 (2024-yil 22-mart). 2024-yil 22-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 22-mart.
  5. Yang, Maya. „Moscow concert hall on fire after gunmen shoot at crowds; Russia calls on international community to condemn ‘monstrous crime’ – live“. the Guardian (2024-yil 22-mart). Qaraldi: 2024-yil 22-mart.
  6. „Crocus’dagi terakt: qurbonlar soni 139 kishiga yetdi – Tergov qo‘mitasi“. daryo.uz. Qaraldi: 2024-yil 26-mart.
  7. „Russia says it neutralized ISIS cell plotting attack on Moscow synagogue“. Reuters.com. Reuters (2024-yil 7-mart). Qaraldi: 2024-yil 22-mart.
  8. Faulconbridge, Guy. „Moscow terror warning as UK and US embassy issue statement against travel“ (en). The Independent (2024-yil 8-mart). Qaraldi: 2024-yil 22-mart.
  9. „U.S. warns of imminent Moscow attack by 'extremists,' urges citizens to avoid crowds“ (en). NBC News (2024-yil 8-mart). Qaraldi: 2024-yil 22-mart.
  10. Slisco, Aila. „More Countries Warn About Terrorism in Russia After Moscow Plot Thwarted“. Newsweek.com. Newsweek (2024-yil 8-mart). Qaraldi: 2024-yil 22-mart.
  11. Ivanova, Polina; Seddon, Max. „Russian authorities say dozens dead in attack on Moscow concert venue“. Financial Times (2024-yil 22-mart). Qaraldi: 2024-yil 22-mart.
  12. Hopkins, Valerie; Toler, Aric. „Gunmen Open Fire at Arena Outside Moscow, Russian News Agencies Report“. The New York Times (2024-yil 22-mart). Qaraldi: 2024-yil 22-mart.
  13. 13,0 13,1 13,2 „Shooting and blast reported at concert hall near Moscow“ (en-GB). The Guardian (2024-yil 22-mart). 2024-yil 22-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 22-mart.
  14. „Shooting and blast reported at concert hall near Moscow, Russian agencies say“. Reuters (2024-yil 22-mart). Qaraldi: 2024-yil 22-mart.
  15. „Gunfire and blaze at Moscow concert hall, reports say“ (en-GB). BBC News (2024-yil 22-mart). 2024-yil 22-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 22-mart.
  16. Yang, Maya. „Moscow concert hall on fire after gunmen shoot at crowds; Russia calls on international community to condemn ‘monstrous crime’ – live“. the Guardian (2024-yil 22-mart). Qaraldi: 2024-yil 22-mart.
  17. Faulconbridge, Guy. „Gunmen kill at least 40 in attack at concert hall near Moscow, state news agency says“. Reuters. Thomson Reuters Corporation (2024-yil 22-mart). Qaraldi: 2024-yil 22-mart.
  18. „At least 40 killed in shooting at Moscow concert hall“. Novaya Gazeta (2024-yil 22-mart). Qaraldi: 2024-yil 22-mart.
  19. „Terrorist attack at concert hall outside Moscow Latest updates — Meduza“.
  20. Abbruzzese, Jason. „Moscow's mayor cancels weekend events“ (en). NBC News (2024-yil 22-mart). Qaraldi: 2024-yil 22-mart.
  21. Abbruzzese, Jason. „Russia's aviation agency says additional security added to Moscow airports“ (en). NBC News (2024-yil 22-mart). Qaraldi: 2024-yil 22-mart.
  22. „Russia: The death toll from the shooting in Moscow has risen to 40 people“. Iraqi News Agency.
  23. Yang, Maya „Moscow concert hall on fire after gunmen shoot at crowds; Russia calls on international community to condemn ‘monstrous crime’ – live“ (2024-yil 22-mart).
  24. „Moscow attack: Gunshots reported as fire breaks out at concert hall“ (en-gb). BBC News (2024-yil 22-mart). Qaraldi: 2024-yil 22-mart.
  25. „Russia Concert Hall Attack 'Terrible': White House“ (2024-yil 22-mart). Qaraldi: 2024-yil 22-mart.
  26. „Ukraine’s Defence Intelligence on shooting in Moscow Oblast: Provocation of Putin’s special services“ (en). Ukrainska Pravda. Qaraldi: 2024-yil 22-mart.
  27. „Теракт в "Крокус сити холле". Факты“. TACC. Qaraldi: 2024-yil 22-mart.
  28. „Великобритания осудила теракт в Подмосковье“ (ru). tass.ru. Qaraldi: 2024-yil 22-mart.
  29. „Алан Гаглоев выразил соболезнования Владимиру Путину в связи с терактом в Подмосковье Официальный сайт Президента Республики Южная Осетия“. presidentruo.org. Qaraldi: 2024-yil 22-mart.
  30. „Власти стран мира выражают соболезнования России в связи с терактом в Crocus City Hall“ (ru). Interfax.ru (2024-yil 22-mart). Qaraldi: 2024-yil 22-mart.
  31. „Пятый день после теракта в «Крокусе». Суд арестовал восьмого фигуранта дела“ [Fifth day after the terrorist attack at Crocus. The court arrested the eighth person involved in the case]. istories.media. 2024-yil 27-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 27-mart.
  32. „В Таджикистане задержали 9 человек по делу о теракте в "Крокус Сити Холле"“ (ru). Радио Свобода (2024-yil 29-mart). 2024-yil 29-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 29-mart.
  33. „Девять жителей Вахдата задержаны за связи с подозреваемыми в теракте в "Крокусе"“ [Nine residents of Vahdat detained for connections with suspects in the Crocus terrorist attack] (ru). Радио Озоди (2024-yil 29-mart). 2024-yil 29-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 29-mart.
  34. „Задержанный в Дагестане боевик признался, что отвез оружие террористам“ (ru). РИА Новости (2024-yil 1-aprel). 2024-yil 1-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 1-aprel.
  35. Unable To 'Kill A Sparrow': Tajik Relatives Of Moscow Attack Suspects Give Details About Their Lives (Wayback Machine saytida 27 March 2024 sanasida arxivlangan), by RFE/RL, 26 March 2024
  36. 36,0 36,1 36,2 Heather, Chen; Andrew, Raine; Catherine, Nicholls; Antoinette, Radford; Maureen, Chowdhury „Here's what we know about the four suspects in the Moscow concert hall attack“. CNN (2024-yil 24-mart). 2024-yil 25-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 25-mart.
  37. 37,0 37,1 „Суд назвал имена фигурантов дела о теракте в «Крокус Сити Холле»“ [The court announced the names of the defendants in the case of the terrorist attack at Crocus City Hall] (ru). РБК (2024-yil 24-mart). 2024-yil 27-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 25-mart.
  38. „Отец Далерджона Мирзоева: «Сын обещал вскоре вернуться в Таджикистан»“ [Father of Dalerjon Mirzoev: "The son promised to return to Tajikistan soon"] (ru). Радио Озоди (2024-yil 28-mart). 2024-yil 29-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 29-mart.
  39. Юсуфӣ, Муллораҷаб; Юсуфӣ, Барот. „"На занг зад, на пул фиристод." Саидакрам Раҷабализода дар Русия буд ё Туркия?“ (tg). Радиои Озодӣ (2024-yil 26-mart). 2024-yil 27-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 27-mart.
  40. „What We Found Out About Moscow Terror Attack Suspects“ (en). RFE/RL (2024-yil 27-mart). 2024-yil 26-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 27-mart.
  41. 41,0 41,1 Аҳмадӣ, Мӯъмин. „"Вай як тарсончак буд." Нақли хешовандон дар бораи як гумонбари ҳамла ба "Крокус Сити"“ (tg). Радиои Озодӣ (2024-yil 25-mart). 2024-yil 27-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 26-mart.
  42. Крутов, Марк; Титов, Сергей. „Загадочный "Абдуллох". Кем оказался возможный организатор атаки на "Крокус"“ (ru). Радио Свобода (2024-yil 26-mart). 2024-yil 26-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 26-mart.