Diriyah ePrix
Diriyah ePrix — bu Saudiya Arabistonining Diriyah shahrida boʻlib oʻtadigan elektromobillar poygasi boʻlib, Formula E chempionatining asosiy poygalaridan biri hisoblanadi. U birinchi marta 2018-19-yilgi mavsum doirasida oʻtkazilgan va Yaqin Sharqda oʻtkazilgan birinchi Formula E poygasi edi[1]. Ikkinchi Diriyah ePrix 2019-yil 22 va 23-noyabr kunlari boʻlib oʻtdi. Ushbu chempionat 2022-23-yilgi mavsumda ham oʻtkazilishi rejalashtirilgan[2]. Diriyah ePrixda eng tez aylanish Nyck de Vriesga tegishli (Mercedes-EQ — 2021) — 1:08,811. Diriyah ePrix UNESCO tomonidan Jahon merosi roʻyxatiga kiritilgan tarixiy choʻl atrofida oʻtkaziladi.
Tarixi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Saudiya Arabistonining xalqaro sport tadbirlarini oʻtkazish boʻyicha uzoq muddatli rejasining bir qismi sifatida Bosh sport boshqarmasi Saudiya Arabistoni avtomobil federatsiyasi bilan Saudiya Arabistonida Formula E ePrix musobaqasini oʻtkazish boʻyicha oʻn yillik kelishuvga erishdi. Ushbu poyga bahslari tashkil etilganidan beri Formular E mavsumlarining ochilish oʻyinlarida oʻtkaziladi[3]. Ushbu poygalarda eng koʻp gʻalabaga erishgan avtopoygachilar Sam Bird, Nyck De Vrieslar hisoblanadi. Ularning har ikkisi ikki martadan gʻalabaga erishishgan. Jamoalar oʻrtasidagi natijalar ham shunday va mos ravishda Andretti-BMW i, Mercedes jamoalar bu natijaga erishgan.
Avtodrom
[tahrir | manbasini tahrirlash]Poyga Saudiya Arabistoni poytaxti Ar-Riyodning shimoli-gʻarbiy chekkasida joylashgan Diriyah shahridagi Riyod trassasida oʻtkaziladi. Trassaning uzunligi 2,495 km va 21 burilishdan iborat. Bu konfiguratsiya ePrixning 2018 va 20190yilgi mavsumlari uchun ishlatilgan, 2021-yilgi mavsumi uchun kichik oʻzgartirishlar kiritilgan[4].
Natijalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Mavsum | Trassa | Gʻolib | Ikkinchi oʻrin | Uchinchi oʻrin | Oʻrta pozitsiya | Tez aylanish | Manba | |
---|---|---|---|---|---|---|---|---|
2018 | Ar-Riyod trassasi | António Félix da Costa | Jean-Éric Vergne | Jérôme d'Ambrosio | António Félix da Costa | André Lotterer | [5] | |
2019 | 1-poyga | Sam Bird | Stoffel Vandoorne | André Lotterer | Alexander Sims | Mitch Evans | [6] | |
2-poyga | Alexander Sims | Lucas di Grassi | Stoffel Vandoorne | Alexander Sims | António Félix da Costa | [7] | ||
2021 | 1-poyga | Nyck de Vries | Edoardo Mortara | Mitch Evans | Nyck de Vries | Stoffel Vandoorne | [8] | |
2-poyga | Sam Bird | Robin Frijns | António Félix da Costa | Robin Frijns | Nyck de Vries | [9] | ||
2022 | 1-poyga | Nyck de Vries | Stoffel Vandoorne | Jake Dennis | Stoffel Vandoorne | Nick Cassidy | [10] | |
2-poyga | Edoardo Mortara | Robin Frijns | Lucas Di Grassi | Nyck de Vries | Sam Bird | [11] |
Gʻoliblar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Gʻolib | Avtopoygachi | Yil |
---|---|---|
2 | Sam Bird | 2019-yil (1-poyga), 2021 (2-poyga) |
2 | Nyck De Vries | 2021-yil (1-poyga), 2021 (1-poyga) |
Manba:[12] |
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „Formula E set to revolutionize motorsport fans’ experience at Ad Diriyah E-Prix in Saudi Arabia“ (inglizcha). Arab News (5-dekabr 2018-yil). Qaraldi: 11-dekabr 2018-yil.
- ↑ „Formula E is returning to Saudi Arabia this year“ (inglizcha). Esquire Middle East. Qaraldi: 26-iyun 2019-yil.
- ↑ „Formula E to race in Ad Diriyah for opening round of Season 5“ (inglizcha). FIA Formula E. Qaraldi: 11-dekabr 2018-yil.
- ↑ Thukral, Rachit; Vinel, Benjamin „Formula E makes last-minute Diriyah track layout changes“ (en). www.motorsport.com (16-fevral 2021-yil). Qaraldi: 2021-yil 27-fevral.
- ↑ „2018 Saudia Ad Diriyah ePrix“. Racing-Reference. Qaraldi: 2022-yil 13-may.
- ↑ „2019 Saudia Ad Diriyah ePrix Race 1“. Racing-Reference. Qaraldi: 2022-yil 13-may.
- ↑ „2019 Saudia Ad Diriyah ePrix Race 2“. Racing-Reference. Qaraldi: 2022-yil 13-may.
- ↑ „Formula E 2021 Diriyah ePrix 1 Classification“. Motorsport Stats. Qaraldi: 13-may 2022-yil.
- ↑ „Formula E 2021 Diriyah ePrix 2 Classification“. Motorsport Stats. Qaraldi: 13-may 2022-yil.
- ↑ „Formula E 2022 Diriyah ePrix 2 Classification“. Motorsport Stats. Qaraldi: 13-may 2022-yil.
- ↑ „Formula E 2022 Diriyah ePrix 2 Classification“. Motorsport Stats. Qaraldi: 13-may 2022-yil.
- ↑ „Formula E Winners List (Drivers)“. Formula E Stats. Qaraldi: 13-may 2022-yil.