Dona shoʻra
Qiyofa
Dona shoʻra | ||
---|---|---|
Biologik klassifikatsiya | ||
|
Dona shoʻra (Gamanthus gamocarpus (Mog.) Bge.) — shoʻradoshlar (shoʻragullilar oilasi)ga mansub bir yillik oʻt. Poyasi ingichka, sershox, barglari silindrsimon, etli, poyadagilari ketma-ket joylashgan, gul oldi barglari qarama-qarshi oʻrnashgan, tubi esa bir-biri bilan birikib ketgan. Har bir barg qoʻltigʻida bittadan gul yetishadi. Dona shoʻra may oyida gullab, avgustda urugʻ beradi. Dona shoʻrva, asosan, taqir yerlarda, shoʻrxok tuproqda, qumlarda va gil tuproqlarda oʻsadi. Kuz va qishda qoʻy hamda tuyalar uchun yaxshi ozuqa.
Adabiyot
[tahrir | manbasini tahrirlash]- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |