Kontent qismiga oʻtish

Eddie Eagan

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Edward Patrick Francis Eagan (1897-yil 26-aprel – 1967-yil 14-iyun) – amerikalik bokschi. Shuningdek, ham Yozgi ham Qishki Olimpiya oʻyinlarida oltin medalni qoʻlga kiritgan, yagona muz ustida changʻi uchuvchi sportchi boʻlgan. Eagan yozgi oltin medalini  boksda va qishki oltin medalini, toʻrttalik bahsda muz ustida changʻi ushish sport turida qoʻlga kiritgan.  Va nihoyat, Eagan ham Yozgi ham Qishki olimpiadada musobaqalashgan kam sonli sportchilardan biriga aylangan.[1] [2]

Eagan 1923-yil Londonda

Eagen Colorado shtatining Denver shahrida oddiy oilada tugʻilgan. U Longmont oʻrta maktabini tamomlagan va bir yil  Denver universitetidagi kollejda oʻqigan. Shu vaqt mobaynida oʻrta vazn toifasida gʻarbiy chempionlikni qoʻlga kiritgan.  Birinchi jahon urushi paytida, artilleriya leytenanti boʻlgan va Amerika safarbar askarlari oʻrtasida, oʻrta vazn toifasida chempion boʻlgan.  Urushdan keyin Yale universitetida oʻqidi.1919-yilda, havaskor boks uyushmasida boʻlib oʻtgan musobaqada ogʻir vazn toifasida gʻalaba qozongan. 1921-yilda, Yale universitetini tugatgandan soʻng, Eagan Garvard yuridik maktabi va Oksford universitetida oʻqigan. 1923-yilda, havaskor boks uyushmasining ogʻir vazn toifasidagi chempionligini qoʻlga kiritgan.[3]

Olimpiada oʻyinlari

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Yozgi Olimpiada oʻyinlari

[tahrir | manbasini tahrirlash]

1920-yili Antwerpda Yozgi Olimpiya oʻyinida bokschi sifatida qatnashgan va yengil vazn toifasida oltin medalni qoʻlga kiritgan. Shuningdek,1924-yilgi Yozgi Olimpiya oʻyinlarida ogʻir vazn toifasida ham ishtirok etgan. U birinchi raunddayoq Arthur Cliftonga yutqazgan hamda medalni qoʻlga kirita olmagan (qarang: boks boʻyicha erkaklar ogʻir vazn toifasining 1924-yilgi Yozgi Olimpiadasi.[3]

Qishki Olimpiada oʻyinlari

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Eagan Olimpiadaga sakkiz yildan soʻng, 1932-yilgi Lake-Placida boʻlib oʻtgan oʻyinda gʻalaba qozongan Billy Fiskenning bobsley (muz ustida chana uchish) guruhi aʼzosi sifatida qaytib kelgan. Eagan ham Qishki ham Yozgi oʻyinlarda medal qoʻlga kiritgan oltita – Jacob Tullin Thams (Norvegiya), Christa Luding-Rothenburger (Sharqiy Germaniya), Clara Hughes (Kanada) va Lauryn Williams (AQSh) kabi olimpiyachilar ichida birinchisi boʻlgan.[4] Eddy Alvarez 2020-yilda ham Qishki ham Yozgi Olimpiya oʻyinlarida medallarni qoʻlga kiritgan yagona amerikalik sifatida, Eagan va Williamsga qoʻshilgan. Eagan ikkala Olimpiadada oltin medalni qoʻlga kiritgan ikkita raqobatchidan bittasi boʻlgan (ikkinchisi: olimpiadadagi oltin medali figurali uchish boʻyicha boʻlgan Gillis Grafström).[5] [6] [7]

  1. Gall, Jonnie. „Who's competed in the summer and winter Olympics?“. GrindTV (2013-yil 18-dekabr). 2014-yil 22-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 18-fevral.
  2. Eddie Eagan. sports-reference.com
  3. 3,0 3,1 „Eddie Eagan – Boxrec Boxing Encyclopaedia“. Boxrec.com. Qaraldi: 2011-yil 15-oktyabr.
  4. Casper, J. M. „Chasing History“ Learn to Skate (August 7, 2020) https://medium.com/learn-to-skate-usa/eddy-alvarez-chasing-history-7f9ed6f021a4
  5. Casper, J. M. „Chasing History“ Learn to Skate (August 7, 2020) „Eddy Alvarez: Chasing History“
  6. „This Day in Sports: Eddie Eagan Wins His "Other" Olympic Gold – SportsCenter.com“. Espn.go.com (2010-yil 15-fevral). Qaraldi: 2011-yil 15-oktyabr.
  7. „BOXERS WIN PLACES ON OLYMPIC TEAM; Eddie Eagan and Bill Spengler Qualify in Bouts at 69th Regiment Armory“. The New York Times (1920-yil 14-iyul).