Kontent qismiga oʻtish

Qishki Olimpiada oʻyinlari

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Qishki Olimpiadasportning qishki turlari boʻyicha jahon miqyosida oʻtkaziladigan turkum musobaqalar. 1924-yildan Xalqaro olimpiada qoʻmitasi tomonidan har 4 yilda oʻtkaziladi (1940, 1944-yillarda oʻtkazilmagan). 1908-1920-yillarda muz ustida figurali uchish, 1920-yilda shaybali xokkey Olimpiada oʻyinlari dasturiga kiritilgan. Qishki Olimpiada biatlon, bobsley, kyorling, konkida uchish (500 m dan 10000 m gacha poyga, muz ustida figurali uchish), chana sporti, changʻi sporti, shaybali xokkey boʻyicha musobaqalar uyushtiriladi.

Qishki Olimpiada oʻtkazilgan yillar va joylar

[tahrir | manbasini tahrirlash]
Qishki Olimpiada oʻtkazilgan joylar. Yashil bilan bir, koʻk bilan esa bir necha marta qishki Olimpiadaga mezbonlik qilgan mamlakatlar koʻrsatilgan.

Oʻzbekiston sportchilari Qishki Olimpiadalarda 1994-yildan ishtirok etib keladi. Lina Cheryazova, Sergey Brener (fristayl), Tatyana Malinina (muz ustida figurali uchish), Komil va Elmira Urumboyevlar (changʻi sporti) kabi sportchilar Qishki Olimpiadalarda muvaffaqiyatli qatnashgan.