Eron milliy javohirlari
Eron milliy javohirlari (forscha: جواهرات ملی ایران , Javāherat-e Melli-ye Irān), asli Eron tojlari (forscha: جواهرات سلطنتی ایران , Javāherat-e Saltanati-ye Irān) tojlar, oʻttiz tiara va koʻplab aigrettalar, oʻnlab marvaridli qilich va qalqonlar, bir nechta qimmatbaho toshlar, koʻplab qimmatbaho metallar va marvaridlar bilan qoplangan idishlar va yana bir qancha noodatiy buyumlarni (masalan zumraddan yasalgan katta oltin globus) oʻz ichiga oladi. Toʻplam Tehronning Firdavsiy xiyobonida Eron Markaziy banki ichida joylashgan Milliy javohirlar xazinasida saqlanadi[1].
Safaviylar va afshoriylar istilolari
[tahrir | manbasini tahrirlash]Hozirda kolleksiyadagi buyumlarning aksariyati Eronda 1502-yildan 1736-yilgacha hukmronlik qilgan Safaviylar sulolasi tomonidan sotib olingan. 1719-yilda afgʻonlar Eronga bostirib kirib, oʻsha paytdagi poytaxt Isfahonni talon-toroj qilishgan. 1729-yilga kelib, qariyb oʻn yillik ichki kurashdan soʻng Nodirshoh Afshar afgʻonlarni Erondan haydab chiqargan. 1738-yilda shoh afgʻon yerlariga yurish boshlagan. Gʻolib Nodirshoh Qandahor va Kobul shaharlarini hamda Hindiston shimolidagi bir qancha viloyatlarni bosib olgan. Dehlini talon-toroj qilgandan soʻng, qoʻlga kiritilgan taqinchoqlar va topilgan boshqa qimmatbaho buyumlar bilan Eronga qaytib kelgan. Bular orasida olmoslar, zumradlar, yoqutlar, sapfirlar va boshqa qimmatbaho toshlar edi. Qoʻlga kiritilgan eng yirik oʻljalar Koʻhinur va Daryoi Nur olmoslari (ikkalasi ham Hindistondan topilgan va hozirgi kunga qadar eng yirik olmoslar hisoblanadi), Tovus taxti va Samarian Spinel edi.
Pahlaviylar sulolasi davrida
[tahrir | manbasini tahrirlash]Toj zargarlik buyumlari oxirgi marta Eronni boshqargan Pahlaviylar sulolasi aʼzolari tomonidan foydalanilgan. Toʻplamdan asosan Muhammad Rizo Pahlaviy va uning rafiqasi Farah Pahlaviy tomonidan rasmiy marosimlar va davlat tashriflari paytida foydalanishgan.
Eron tojlari shu qadar qimmatli hisoblanadiki, ular hanuzgacha Eron valyutasini uchun zaxira sifatida ishlatiladi. 1937-yilda Rizo Shoh Pahlaviy davrida imperator xazinasiga egalik huquqi davlat tasarrufiga oʻtkazilgan. Javohirlar Eron Milliy banki omborlariga qoʻyilgan boʻlib, ular muassasaning moliyaviy qudratini mustahkamlash va milliy pul tizimini qoʻllab-quvvatlash uchun garov sifatida ishlatilgan[2]. Eronning oʻtmishdagi monarxiya davrining timsoli boʻlgan ushbu marvaridlar hozirgi Islom Respublikasi tomonidan saqlanib kelinadi.
Ommaviy namoyish
[tahrir | manbasini tahrirlash]Eron tojlari oʻzining katta qiymati va iqtisodiy ahamiyati tufayli asrlar davomida imperator xazinasi omborlarida koʻzdan uzoqda saqlangan. Biroq Pahlaviylar shohi zargarlik buyumlariga egalik huquqini davlatga oʻtkazganligi sababli, uning oʻgʻli Muhammad Rizo Pahlaviy zargarlik buyumlarini Eron Markaziy bankida omma oldida koʻrgazmaga qoʻyish haqida farmon chiqargan.
1979-yilda Eron inqilobi sabavli Pahlaviylar sulolasini taxtdan agʻdarilgan. Tartibsizlikda Eron javohirlari inqilobchilar tomonidan oʻgʻirlanishidan qoʻrqishgan. Garchi aslida baʼzi kichikroq narsalar oʻgʻirlangan va Eron chegaralari orqali noqonuniy olib oʻtilgan boʻlsa-da, kolleksiyaning asosiy qismi saqlab qolingan. Bu Hoshimiy Rafsanjoniy raisligidagi inqilobiy hukumat 1990-yillarda Eron javohirlarining doimiy koʻrgazmasini tashkil qilgan paytda koʻzga tashlanib qolgan. Hozirda javohirlar doimiy ravishda tashrif buyuruvchilarga namoyish qilib keinmoqda.
Imperial kolleksiyasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]-
Golden Flagon
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „خزانه جواهرات ملی“. بانک مرکزی جمهوری اسلامی ايران. 2017-yil 12-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 29-avgust.
- ↑ „Iran Chamber Society: Iranian National -Royal- Jewels“. Iranchamber.com (1937-yil 16-noyabr). 2012-yil 16-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2012-yil 18-avgust.