Eron milliy muzeyi
{{{nomi}}} | |
---|---|
Joylashuvi | {{{joylashuvi}}} |
35°41′13.34″N 51°24′52.60″E / 35.6870389°N 51.4146111°E
Eron milliy muzeyi (forscha: موزه ایران باستان Muze-ye Irân-e Bâstân) — arxeologik va tarixiy muzey boʻlib,Tehronda joylashgan.
Ikkita muzey majmuasidan iborat boʻlib: 1) 1937-yilda ochilgan Qadimgi Eron muzeyi (Muze y Irān e Bāstān); 2) 1972-yilda ochilgan Islomdan keyingi davr muzeyi (Muze ye Dowrān e (pasā Eslami)).
Muzey ekspozitsiyasi qadimiy va oʻrta asrlarga oid tarixiy yodgorliklar, sopol idishlar, metall buyumlar, toʻqimachilik buyumlari, ayrim nodir kitoblar va tangalarni ham oʻz ichiga oladi. Muzey kolleksiyasi 300 000 ta eksponatga ega[1].
Muzeyda bir qator ilmiy-tadqiqot boʻlimlar mavjud, shuningdek paleolit va osteoologiya boʻlimlari, kulolchilikni oʻrganish markazi ham bor.
Tarix
[tahrir | manbasini tahrirlash]XX asrning boshlarida 11 ming kvadrat metr atrofida boʻlgan Qadimgi Eron muzeyining gʻishtli binosi fransuz meʼmori Andre Godar tomonidan loyihalashtirilgan edi. Binoning meʼmoriy qiyofasining shakllanishiga Sosoniylar davrining arxitekturasi, ayniqsa Ktesifondagi Taki-Kisra saroyi taʼsir koʻrsatgan. Binoning qurilish ishlari 1935-yilda boshlanib, Abbos Ali Meʼmor va Murod Tabriziylar tomonidan ikki yil davomida yakunlangan edi va rasmiy ochilishi 1937-yilda boʻlib oʻtgan.
Islomdan keyingi davr muzeyining binosi oq travertindan foydalanilgan holda qurilgan edi. Bino 1972 yilda qurilgan va koʻplab ichki oʻzgarishlarga uchragan,1972-yilda bino toʻldirildi va ozgina ichki oʻzgarishlarni boshdan oʻtkazdi, 1979-yilda inqilob paytida rekonstruksiya davom etdi.
Qadimgi Eron muzeyida hardoim arxeologik yodgorliklarni, shuningdek noyob oʻrta asr matolari va gilamlarini namoyish qilish ixtisoslashgan boʻlsa-da, Kaspiy dengizi sohilidagi qadimiy qazishmalardan olingan Amlash kulolchilik buyumlari muzeyning yangi binosida namoyish etilgan. Shuningdek, zamonaviy sanʼat namunalari ham namoyish etilgan.
Qadimgi Eron muzeyi quyi, oʻrta va yuqori paleolit davri, shuningdek neolit, mis davrlari, erta va oxirgi bronza va temir asrlari, Ahamoniylar, Salavkiylar, Parfiylar va Sosoniylar davriga oid artefakt va qoldiqlar ifodalangan uchta zaldan iborat.
Islomdan keyingi davr muzeyi uch qavatdan iborat. Ekspozitsiya Eronning islomdan keyingi davrdagi sopol buyumlar, toʻqimachilik, matnlar, sanʼat asarlari, astrolablar, xattotlik namunalarini oʻz ichiga olgan.
Hozirgi kunda, bor eksponatlarni joylashtirishga mavjud binolarda joy yetarli emasligi uchun yana bir muzey binosi qurilishi rejalari olib borilmoqda.
Toʻplamlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Quyi paleolit davriga tegishli, muzey ekspozitsiyasida taqdim etilgan eng qadimiy eksponatlar — Kashafrud, Darband va Ganji-Paredan topilgan. Qadimgi Eron muzeyining birinchi zalida shuningdek, neandertallar tomonidan yaratilgan Musterian toshli qurollar ham namoyish etilgan. Yoshi 30-35 ming yil boʻlgan yuqori paleolitning eng muhim qurollari Yafte gʻoridan topilgan. Bundan tashqari, boshqa qadimiy artefaktlar qatorida Kermonshoh viloyatidagi Sarob tepaligida olib borilgan qazishmalar paytida topilgan 9 ming yillik odamlar va hayvonlarning haykalchalari ham bor.
Boʻlimlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Tabiatni muhofaza qilish boʻlimi
- Paleolit davri boʻlimi
- Osteologiya boʻlimi
- Tarixdan oldingi boʻlim
- Tarix boʻlimi
- Islom boʻlimi
- Qo‘lyozmalar bo‘limi
- Matbaa va tangalar bo‘limi
- Kulolchilikni oʻrganish markazi
Vaqtinchalik koʻrgazmalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Yangi muzeyning birinchi qavatida muzey kolleksiyasining zamonaviy koʻrgazmasi tashkil etilgan. Bir yilda ikki yoki uch marotaba vaqtinchalik koʻrgazmalar oʻtkaziladi va ular bir oydan ikki oygacha davom etadi. 2014-yilning avgustidan oktyabrigacha muzeyda „Eronda ikki yuz ming yillik inson-hayvon munosabatlari“ [2] nomli koʻrgazma namoyish etildi. Bu koʻrgazma soʻnggi paleolit davridan to hozirgi kungacha boʻlgan qadimgi Erondagi inson jamiyatlari va turli hayvon turlariga bagʻishlangan edi.
Galereya
[tahrir | manbasini tahrirlash]-
Qadimgi Eron muzeyi, Eron milliy muzeyining bir qismi
-
Eron milliy muzeyi tarkibidagi Islom davri muzeyi
-
Tasviriy sanʼat boʻlimi
(Islomdan keyingi) davr muzeyi -
Qadimgi Eron muzeyida saqlanadigan Marlikdan olingan temir davri oltin kosasi
-
Qadimgi Eron muzeyida saqlanayotgan Marlikdan olingan temir davri hayvon haykali
-
Amar-Merdegdan topilgan, quyi paleolitning uchburchak shakli, Qadimgi Eron muzeyida saqlanadi.
-
Tepe Sarobdan topilgan, neolit davri cho‘chqasining loydan yasalgan haykalchasi, Qadimgi Eron muzeyida saqlanmoqda.
-
"Tuz odam" Qadimgi Eron muzeyida saqlanadi.
-
Tepe Sarobdan topilgan, neolit davriga oid unumdorlik maʼbudasining loydan yasalgan haykalchasi ,Qadimgi Eron muzeyida saqlanmoqda.
-
Zodagon fors haykali, Qadimgi Eron muzeyi
-
Doro I haykali, Qadimgi Eron muzeyi
-
Elamit buqasi haykali, mil.avv. II asrning oxiri
-
Qadimgi Eron muzeyida saqlanayotgan Xojiobod (Fors) Sosoniy zodagonining haykali.
-
Gorgandan IX asrga oid sopol kosa, buqa boshli antropik figura tasvirlangan shaffof sir ostidagi qoplama bilan bezatilgan, Islom davri muzeyida saqlanmoqda.
-
Islom davri muzeyida saqlanayotgan XIX asrga chilim.
-
Islom davri muzeyi Saljuqiylar galereyasi.
-
Qajarlar davriga oid Abol-Hasan Kaffariy (Sani-ol-Molk) tomonidan imzolangan XVIII asrga oid akvarel rasmi Islom davri muzeyida saqlanmoqda.
Eslatmalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „Iran to host exhibition on Mexican art, history“. 2016-yil 16-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 16-may.
- ↑ „«The Guardian’s report about exhibition»“. 2017-yil 11-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 16-may.
Havolalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Eron milliy muzeyi haqida Vikipediyaning qardosh loyihalarida koʻproq bilib oling | |
Maʼno va tarjimalari Vikilugʻatda | |
Media fayllar Vikiomborda | |
Taʼlim resurslari Vikiversitetda | |
Xabarlar Vikiyangiliklarda | |
Iqtibos, maqol va matallar Vikiiqtibosda | |
Asarlar matnlari Vikimanbada | |
Kitob va darsliklar Vikikitobda |
- Eron Milliy muzeyining fotogalereyasi
- Eron milliy muzeyi
- Eron milliy muzeyi
- Saʼd obod tasviriy sanʼat galereyasi
- Tehron shisha idishlar muzeyi (Wayback Machine saytida 2008-06-12 sanasida arxivlangan) Arxivnaya kopiya
- Hamid-Reza Husayni, Luvr etagidagi Shush (Shush dar daman-e Luvr), fors tilida, Jadid Online, 2009-yil 10-mart, [1] Arxivnaya kopiya 2016-yil 22-dekabr.