Eyüp Sulton masjidi
Masjid | |
Eyüp Sulton masjidi | |
Mamlakat | Turkiya |
Istanbul | Eyüp tumani |
Koordinatalar | 41°02′52.61″N 28°56′01.63″E / 41.0479472°N 28.9337861°E |
Yoʻnalishi | sunniy |
Meʼmoriy uslub | Islom meʼmorchiligi, klassik uslub |
Binokorlik | 1458—1800 |
Minoralar soni | 2 |
Minoralar soni | 2 |
Saharlik va iftorlik | |
Eyüp Sulton masjidi Vikiomborda |
Eyüp Sulton masjidi (turkcha: Eyüp Sultan Camii) – Istanbul shahri, Eyüp tumani, Oltin Shox hududi yaqinida joylashgan masjid. Bino hududida Islom dini soʻnggi paygʻambari Muhammadning bayroqdori, sahoba Abu Ayyub al-Ansoriy dafn etilgan maqbara mavjud boʻlib, XIX asrning boshlarida bunyod etilgan.
Masjid oʻz davrida eng muqaddas inshootlardan biri boʻlganligi sababli Usmonlilar imperiyasi hukmdorlariga toj kiydirish marosimlari aynan shu yerda oʻtkazilgan[1]. Bugungi kunga kelib, yodgorlik mashhur ziyoratgoh boʻlib xizmat qilmoqda.
Tarixi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Masjid paygʻambar Muhammadning ishonchli doʻsti, sahoba Abu Ayyub al-Ansoriy (turkcha Eyüp Sulton) sharafiga nomlangan. Abu Ayyub 670-yillarda mamlakatning arablar tomonidan ilk bor qamal qilinishi chogʻida vafot etgan[2][3].
Masjid 1453-yilda Konstantinopol bosib olinganidan atigi besh yil oʻtib, 1458-yilda Usmonlilar imperiyasi sultoni Mehmed II Fotih tomonidan bunyod etilgan[4]. Maʼlumotlarga koʻra, Mehmed II Fotihning ushbu masjidni qurdirishiga ustozi Akşemseddinning Abu Ayyub al-Ansoriy dafn etilgan joyda yodgorlik masjidi qurishni orzu qilgani turtki boʻlgan. 1458-yilda ushbu hududdan al-Ansoriy qabri topilganda, uning yonida masjid barpo etilgan[5].
XVIII asr boshlarida Sulton Ahmad III masjidning ikkita minorasini hozirgi koʻrinishga keltirgan[1]. XVIII asrning oxiriga kelib, masjid turli xil ofatlar, katta ehtimol bilan oʻsha vaqtdagi zilzilalar natijasida vayronaga aylangan. 1798-yilda sulton Salim III masjid minoralaridan tboshqa barcha binolarini buzib, qayta qurishni buyurgan. Qurilish ishlari 1800-yilda yakunlangan[1][6][4]. Masjidning sharqiy qismida joylashgan minora 1822-yilda Mahmud II tomonidan ilk bora yaratilgan koʻrinishiga keltirilgan[1].
Diniy ahamiyati
[tahrir | manbasini tahrirlash]Paygʻambarning sodiq doʻsti va sahobalaridan biri sifatida Abu Ayyub al-Ansoriy musulmonlar tomonidan juda qattiq hurmat qilinadi, shu sababdan uning maqbarasi joylashgan hudud alohida ahamiyatga egadir. Maqbara hovlining shimoliy tomonida, masjidning namoz oʻqish xonasiga asosiy kirish eshigi roʻparasida joylashgan[4]. Masjid, shuningdek, Islom diniga eʼtiqod qiluvchi barcha musulmonlar uchun juda qadrli inshoot sanaladi, chunki unda paygʻambarga tegishli deb hisoblanuvchi bir qancha yodgorliklar saqlanadi[5].
Masjidning musulmon olamida juda katta ahamiyat kasb etishining yana bir muhim sabablaridan biri koʻplab Usmonlilar imperiyasi amaldorlari va qirollik oila aʼzolarining aynan ushbu hududga yaqin joyda dafn qilinganligidir[7][4]. Ular orasida Sulton Sulaymon I va Salim II davrida xizmat qilgan Usmonlilar bosh vaziri Sokollu Mehmet Posho[5][8], shuningdek, XVI asrda yashagan yana bir vazir Siyovush Posho, XVI asrda Usmonlilar uchun Kiprni bosib olishda katta hissa qoʻshgan Lala Mustafo Posho ham bor. Ushbu tarixiy shaxslarning qabrlari, ayollardan Adile Sulton va Mehrishoh Valide Sultonlarning qabrlari ham masjidga yaqin hududda joylashgan. Masjidning tashqarisida 1918-yilda meʼmor Kamoliddin Bey tomonidan loyihalashtirilgan Sulton Mehmed V maqbarasi, binoning orqa tomonida, Oltin Shoh hududiga kiruvchi tepalikda Eyüp qabristoni joylashgan[9].
Bugungi kunda masjidda xatna marosimlarini ham oʻtkazish mumkin. Kambagʻal oila farzandlari uchun masjid maʼmuriyati ushbu marosimlarni oʻtkazib berishni yoʻlga qoʻygan[10] (2022-yilgi Covid-19 bilan bogʻliq cheklovlardan keyin qayta tiklangan)[11]. Ramazon oyida musulmonlar masjidda iftorlik qilishlari ham mumkin. Eyüp Sulton masjidi, shuningdek, yil davomida mamlakatning turli burchaklaridan tashrif buyuruvchilar uchun muqaddas ziyoratgoh hisoblanadi[12].
Arxitektura
[tahrir | manbasini tahrirlash]Masjid
[tahrir | manbasini tahrirlash]Olib borilgan bir qancha rekonstruksiya ishlariga qaramay, Eyüp Sulton masjidida XVI asrda Xoʻja Sinon tomonidan qoʻllangan Usmonli meʼmorchiligining klassik uslubi saqlab qolingan. Xususan, Azapkapi mahallasida joylashgan, meʼmor Xoʻja Sinon tomonidan yaratilgan Sokollu Mehmed Posho masjidi bilan solishtirganda, masjid bezaklarining katta qismi zamonaviy Usmonli meʼmorchiligining barokko uslubida yaratilganligi, masjid ustunlariga oʻyib ishlangan turli naqshlar, barglar va Usmonli kalligrafik yozuvlari bilan[1][13][6][4] ajralib turadi. Masjid ustunlari oddiy uslubda qurilgan boʻlib, ioni orderiga oʻxshash kapitellarga ega[6]. Bundan tashqari, darvozalar, mehrob va minbarga ishlangan toʻlqinli bezaklar Usmonli meʼmorchiligining barokko uslubi qoʻllangan eng yaxshi namunalaridan biri hisoblanadi[13]. Eyüp Sulton masjidi, asosan, oq toshdan qurilgan, baʼzi ustunlari jez bilan bogʻlangan oq marmardan ishlangan boʻlsa, baʼzi bezaklariga oltin yugurtirilgan. Eyüp Sulton masjidida, shuningdek, eski uslubda qurilgan ikkita minora ham mavjud[1].
-
Masjidning ichki qismi (namozxona)
-
Masjid gumbazining ichki qismi, yon tomonlari yarim gumbazlar bilan oʻralgan
-
Gumbazning pastdan koʻrinishi (markaziy qandil orqali)
-
Sultonning shaxsiy balkoni yoki lojasi, namozxonaning burchagida
-
Masjid mehrobi
-
Mehrob detallari
Tartibsiz usulda qurilgan katta tashqi hovli toʻrtburchak shaklda qurilgan ichki hovliga olib boradi. Tashqi hovlining janub tomoni boʻylab koʻtarilib boruvchi yopiq yoʻlak dastlab sultonning masjidga va namozxona ichidagi lojasiga (xususiy balkon) shaxsiy kirish eshigi boʻlib xizmat qilgan[4]. Tashqi hovlida shodirvon (tahorat olish uchun favvora) ham joylashgan[1]. Ichki hovlining bir tomonidan masjidga, ikkinchi tomonidan Abu Ayyub al-Ansoriy ziyoratgohiga kirish mumkin. Ichkari hovlida qadimgi chinor[4] daraxti mavjud. Masjidga kirish qismidan biroz oldinroqda esa ark va gumbazlardan iborat ayvonni koʻrish mumkin.
-
Majmuaning gʻarbiy tomondan tashqi koʻrinishi
-
Masjidning tashqi hovlisi
-
Tashqi hovlidagi tahorat oladigan favvora (shodirvon)
-
Oldinlari sultonning masjidga kirish eshigi sifatida foydalanilgan baland yoʻlakning koʻrinishi
-
Ichki hovli, masjidga kiraverishda joylashgan masjid
-
Ichki hovlida joylashgan daraxt va bogʻcha (2013-yilgi restavratsiya vaqtida)
-
Masjidning ichki qismiga olib boruvchi asosiy kirish qismi
Maqbara
[tahrir | manbasini tahrirlash]Abu Ayyub al-Ansoriy maqbarasi masjid ichki hovlisining shimoli-gʻarbiy tomonida joylashgan. Kirish eshigi oldidan hovlining bogʻ maydonchasi boʻylab choʻzilgan ayvon joylashgan. Ichkarida gumbaz bilan qoplangan, anʼanaviy sakkiz burchakli shaklga ega qabr xonasi, undan ham oldin vestibyul kamerasi joylashgan. Sarkofag barokko uslubidagi kumush ekran bilan oʻralgan boʻlib, kalligrafik yozuvlar va boshqa turli bezaklar bilan ishlov berilgan[1].
-
Abu Ayyub al-Ansoriy maqbarasining masjid hovlisidan koʻrinishi
-
Maqbara ayvoni va fasadi
-
Maqbara vestibyuli
-
Qabr joylashgan xonaga kirish eshigi
Maqbaraning ayvonga qaragan devori turli davrlarga oid Iznik koshinlar bilan qoplangan, 1798–1799-yillarda masjidni rekonstruksiya qilish jarayonida esa ular birlashtirilgan[14]. Maqbara vestibyulining devorlari ham Iznik koshinlar bilan qoplangan. Britaniya muzeyida, shuningdek, ziyoratgohning tashqi devorini bezatgan baʼzi bezaklarga oʻxshash, taxminan 1550-yillarga oid uchta dengiz va turkuaz Iznik koshinlari paneli mavjud[15][16]. 2022-yilda nomaʼlum shaxs bolgʻa bilan masjid hovlisida joylashgan namoz oynasining ikki tomonidagi koshinlarni buzgan va ularning dizayniga shayton shoxlari kiritilganligini daʼvo qilgan[17].
-
Maqbaraning tashqi devoridagi Iznik koshinlar panellari
-
Maqbara vestibyulidagi Iznik koshinlar panellari
-
Vestubyul ichidagi Iznik koshinlarning eng yaxshi namunalari
-
Vestibyulning baʼzi kafellari detallari
Boshqa binolar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Masjid bir paytlar madrasa, oshxona va hammomdan iborat boʻlgan kattaroq majmuaning markazi boʻlgan. Madrasa masjidning hozrigi koʻrinishga keltirish boʻyicha qilingan rekonstruksiya ishlari vaqtida buzib tashlangan, ammo hammoning katta qismi saqlanib qolgan va undan hozirgi kunda ham foydalanilmoqda (kiyim almashtirish xonasi yogʻochdan ishlangan yangiroq konstruksiya bilan almashtirilgan)[4]. Masjid yaqinida bir qator boshqa dafn marosimlari oʻtkaziladigan va bir qancha xayriya binolari joylashgan. Masjidga eng yaqin hududda joylashgan majmualardan biri Mehrishoh Sultonning (Selim IIIning onasi) barokko uslubidagi yaxshi holatda saqlanib qolgan imorat va qabr majmuasidir. Majmua Salim III tomonidan masjidni rekonstruksiya qilishdan bir necha yil oldin qurilgan boʻlib, Abu Ayyub al-Ansoriy ziyoratgohining boshqa yordamchi inshooti vazifasini bajargan[6].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ 1,0 1,1 1,2 1,3 1,4 1,5 1,6 1,7 Goodwin 1971.
- ↑ Tan. „Eyüp Sultan Mosque - Istanbul“ (en-GB). We Love Istanbul. Qaraldi: 2019-yil 20-noyabr.
- ↑ Sevil Derin. „Tarihî Süreçte Eyüp Sultan Camisi | Eyup Sultan Mosque In Historical Process.“ Sanat Tarihi Dergisi 25, no. 2 (2016): 177-91.
- ↑ 4,0 4,1 4,2 4,3 4,4 4,5 4,6 4,7 Sumner-Boyd & Freely 2010.
- ↑ 5,0 5,1 5,2 „Eyüp Sultan Mosque & Tombs“ (en). Istanbulite. Qaraldi: 2019-yil 20-noyabr.
- ↑ 6,0 6,1 6,2 6,3 Rüstem 2019.
- ↑ "Stanford J. Shaw. Between Old and New: The Ottoman Empire under Sultan Selim III, 1789–1807. (Harvard Middle Eastern Studies 15.) Cambridge, Mass.: Harvard University Press. 1971. Pp.xiii, 535. $15.00." The American Historical Review, 1972, The American Historical Review, 4/1/1972.
- ↑ Şahin, Kaya. Empire and power in the reign of Süleyman : narrating the sixteenth-century Ottoman world. Cambridge and New York: Cambridge University Press, 2013 — 49–59-bet. ISBN 978-1-107-03442-6.
- ↑ Yale 1 Tonguç 2, Pat 1 Saffet Emre 2. Istanbul The Ultimate Guide, 1st (English), Istanbul: Boyut, 2010 — 245–49-bet. ISBN 9789752307346.
- ↑ Secker, Bradley. „Inside Turkey's Circumcision Palace - in pictures“ (en-GB). The Guardian (2016-yil 19-avgust). Qaraldi: 2022-yil 11-avgust.
- ↑ „Eyüpsultan'da toplu sünnet şöleni düzenlendi“ (tr). Haberler (2022-yil 1-iyul). Qaraldi: 2022-yil 11-avgust.
- ↑ Hyökki. „Finding the sacred in Istanbul: The pilgrimage site of Eyüp Sultan“ (en-US). Daily Sabah (2021-yil 16-aprel). Qaraldi: 2022-yil 11-avgust.
- ↑ 13,0 13,1 Kuban 2010.
- ↑ Atasoy & Raby 1989.
- ↑ Porter 1995.
- ↑ British Museum Acc. Num. 1878,1230.534
- ↑ Eyüp Sultan Türbesi'ndeki çekiçli saldırının görüntüleri ortaya çıktı | Video (turk), qaraldi: 2022-08-10