Kontent qismiga oʻtish

Foydalanuvchi:Beckpedia/Devid Blayn

Vikipediya, ochiq ensiklopediya


Beckpedia/Devid Blayn
Beckpedia/Devid Blayn

Bleyn 2008-yil
Tavalludi 4-aprel 1973-yil (1973-04-04) (51 yosh)
Fuqaroligi AQSH bayrogʻi AQSh
Kasbi
Faoliyat yillari 1997 – hozirgacha
Turmush oʻrtogʻi Alizée Guinochet (2008-2014)
Bolalari 1
Veb-sayti davidblaine.com

Devid Blayn (4-aprel 1973-yilda tugʻilgan) [1] — amerikalik illuzionist, sehrgar, mentalist va koʻzboylogʻichdir[2][3].

Nyu-York shahrida tugʻilgan. Bleyn yoshlik davridanoq illyuziyaga qiziqadi. U 1997-yilda ABC tomonidan namoyish etilgan „Devid Bleyn: koʻcha tomoshalari“ shousi orqali ilk bor katta mashhurlikka erishadi. Oʻsha yili „Koʻzboylogʻich“ shousida ham koʻrinish beradi va birin-ketin „Sehrdanda koʻproq“ (2016) va „Sehr yoʻli“ (2020) nomi ostida oʻz chiqishlarini namoyish qiladi va katta shuhrat qozonadi.

Bleyn „Sirli notanish: sehr kitobi“ (2002) muallifi sanaladi. Devid Bleyn 2008 -yili 17 daqiqa 4 soniya suv ostida nafasini ushlab turishga muvaffaq boʻladi va Ginness rekordlar kitobiga kirib yangi dunyo rekordini oʻrnatadi.

Yoshlik davri

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Bleynning yoshlik davrlari Nyu-York va Bruklin shaharlarida yolgʻiz onasi qaramogʻida[1] oʻtdi. Otasining kelib chiqishi italiyaliklarga borib taqaladi Vetnam urushi[4] davrida veteran sifatida urush faxriysiga aylangan.

Bleyn toʻrt yoshligida metro stansiyasida koʻcha namoyishchilarininig fokus tryuklarini koʻrib qoladi va bu unda katta qiziqish uygʻotadi[5].

Dastlabki taʼlimni Bruklindagi Montessori maktabida oladi. Keyinchalik onasi bilan Nyu-Jersiga koʻchib oʻtadi va u yerda u Passaic Valley Regional oʻrta maktabida oʻqishini davom ettiradi[6][7].

Bleyn 15 yoshligida onasi saraton kasalligiga chalinadi va 20 yosh payti vafot etadi[7]. Bleyn yolgʻiz oʻzi Manhattanga koʻchib oʻtadi va oʻsha yerda faoliyatini boshlaydi.

Koʻcha tomoshasi (1997) va Koʻzboyloʻgʻich shou (1998)

[tahrir | manbasini tahrirlash]

1997-yil 19-may kuni Bleyn televidenyeda ilk bor oʻzining Devid Bleyn:Koʻcha tomoshasi namoyishi bilan ABC-da efirga chiqadi[8]. Jurnalistlar Devid Bleyndan oʻzining noodatiy tryuklari haqida soʻrashganida u: „Men insoniyatga yana 100 yillar avval mavjud boʻlgan sehrni yana qaytarish niyatidaman“[9], deb javob beradi.

1998-yil 16-yanvarda efir yuzini koʻrgan „Koʻzboylogʻich“ shousida Bleyn mamlakat boʻylab sayohat qilib, Atlantik City, Kompton, Dallas, Mojave, Nyu-York va San-Fransiskoda oddiy aholi bilan namoyishlar oʻtkazadi[10].

Tiriklayin koʻmilish (1999)

[tahrir | manbasini tahrirlash]

1999-yil 5-aprel kuni Bleyn 3 tonnalik suv bilan toʻldirilgan bochka ostiga joylashtirilgan plastik ichida yettita kun davomida vaqt oʻtkazadi. CNN ning xabariga koʻra „Bleynning tashqi dunyo bilan faqatgina ratsiya orqali muloqot qilish imkoniyati bor edi, u ham boʻlsa 24 soat davomida yordam koʻrsatadigan guruhni ogohlantirish uchun edi xolos“. [citation needed]

Namoyishning soʻnggi kuni maxsus ishchi guruh suvni kran yordamida olishganidan soʻng[11]. Bleyn idish ichidan sogʻlom holatda chiqdi va BBC News "26 yoshli sehrgar'' nomli maqola tayyorlaydi va ommaga taqdim qiladi[12].

Omon qolish (2006)

[tahrir | manbasini tahrirlash]
Bleyn Lincoln markazida " Tirik qolish " namoyishi Linkoln markazi


2006-yil 1-may kuni Bleyn yetti kun Nyu-York shahridagi Linkoln markazi oldida 8 fut (2,4 diametri, isotonik tuzli suv bilan toʻldirilgan akvariumda yetti kun '' Omon qolish'' namoyishini ommaga namoyish qildi Bu tryuki orqali u buyragi va jigariga qattiq shikast yetkazdi[13]. Bu namoyishdan keyin, Yale universiteti professorlari Bleyn tanasi ustida bir qator tadqiqiodlar oʻtkazdi.

Vertigo (2002)

[tahrir | manbasini tahrirlash]

2002-yil 22-may kuni Bleyn Nyu-York shahridagi Bryant Park shahrida hech qanday himoya vositalarsiz balandligi 100 fut (30 metr) va kengligi 5.6 metr boʻlgan ustunga koʻtariladi[14] va 35 soat ustun uchida vaqt oʻtkazadi. Keyinchalik u oʻzining 2009-yilgi TED talkda soʻzlagan nutqida namoyishning oxirgi soatlarida qattiq galyustinatsiyalarga duch kelganini aytadi[15].

Guinessning Jahon rekordlari (2008)

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Bleyn 17 daqiqa 4.05 soniya davomida suv ostida nafasini ushlab, Colatning avvalgi 16 daqiqa 32 soniyalik rekordini ortda qoldirib jahon rekordini oʻrnatadi[16] va uning rekordi 2008-yil 19-sentabrgacha nemis suzuvchisi Tom Sietasning 17 daqiqa 19 soniyalik rekordi oʻrnatilganiga qadar oʻz oʻrnini saqlab turdi[17][18].

Xayriya ishlari

[tahrir | manbasini tahrirlash]
Bleyn Bruk armiyasi tibbiy markazida bemorlar uchun namoyish, 2005

Xaloskorlik armiyasi uchun

  • 2010-yil 15-yanvarda Devid Bleyn Times Squareda namoyish oʻtkazadi va tushgan 100 ming AQSH dollarini Haitida yuz bergan zil-zilaga xayriya qiladi[20]. Liberty Science Center ilmiy markazi uchun
  • Katta namoyishidan soʻng ishlagan ikkita million dollarlik qiymatga ega Tesla coils apparatini Devid Bleyn ''Liberty Science Center'' ilmiy markaziga xayriya qiladi[21].

Shaxsiy hayoti

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Bleyn oʻzining sobiq sevgilisi frantsuz modeli Alizée Guinochet, (2011-yil 27-yanvarda tugʻilgan) bilan turmush qurgan bir nafar qiz farzandi bor[22].

Manbalar roʻyxati

[tahrir | manbasini tahrirlash]
  1. 1,0 1,1 „David Blaine Biography (1973–)“. Biography.com. 2020-yil 20-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 12-avgust. Manba xatosi: Invalid <ref> tag; name "biography.com" defined multiple times with different content
  2. https://amp.theguardian.com/tv-and-radio/2016/dec/12/david-blaine-beyond-magic
  3. https://www.esquireme.com/culture/film-and-tv/47654-top-david-blaine-stunts-will-terrify-mere-mortals
  4. „Life's a magic box of tricks“. The Scotsman (2003-yil 20-sentyabr). 2019-yil 31-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2013-yil 17-dekabr.
  5. „David Blaine“. Yahoo! Movies. 2011-yil 26-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2009-yil 7-sentyabr.
  6. Finn, Holly. „Through the Plexiglass darkly: David Blaine exposes Britain's nasty underbelly“. The Times (2003-yil 25-sentyabr), s. 20. 2020-yil 1-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 1-oktyabr.(subscription required)
  7. 7,0 7,1 Behrens, David. „The Art of Wonder“. Newsday (2002-yil 7-noyabr). Qaraldi: 2007-yil 18-sentyabr. „Later, they moved to Little Falls, New Jersey, where he attended Passaic Valley High School in Little Falls.“. Manba xatosi: Invalid <ref> tag; name "Newsday" defined multiple times with different content
  8. Liner. „Want to Know How David Blaine Does That Stuff? (Don't Hold Your Breath)“. Dallas Observer (2012-yil 13-yanvar). Qaraldi: 2020-yil 9-mart.
  9. If He Can Conjure Magical Ratings, Thatʼs Some Trick, The New York Times, May 11, 1997
  10. „Bingo Bango!“. Magicdirectory.com (2002-yil 27-may). 2010-yil 30-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2010-yil 6-oktyabr.
  11. Breen, Virginia.
  12. Americas Magician emerges from grave, BBC News, April 12, 1999
  13. „Drowned Alive“ (en-US). David Blaine. Qaraldi: 2021-yil 12-may.
  14. Burkeman, Oliver.
  15. „How I held my breath for 17 minutes“. YouTube (2010-yil 19-yanvar). Qaraldi: 2019-yil 7-sentyabr.
  16. „Longest breath holding-world record set by David Blaine“. Worldrecordsacademy.org. Qaraldi: 2010-yil 6-oktyabr.
  17. Tierney, John. „David Blaine Sets Breath-Holding Record“. The New York Times (2008-yil 30-aprel). 2008-yil 5-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2010-yil 1-may.
  18. „Tom Sietas Holds Breath for 17 Minutes, Breaks David Blaine's World Record“. NBC 5 Chicago (2008-yil 19-sentyabr). 2020-yil 5-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 5-sentyabr.
  19. „Magician Blaine Ends Times Square Stunt“ (en-US). Washington Post. Qaraldi: 2018-yil 23-avgust.
  20. Halperin. „David Blaine's Times Square Marathon for Haiti“. ABC News (2010-yil 15-yanvar). Qaraldi: 2010-yil 6-oktyabr.
  21. Liberty Science Center (2012-yil 4-oktyabr). „David Blaine to Donate Two 20 Million Tesla Coils to Liberty Science Center After ELECTRIFIED Event“ (en). Press-reliz.
  22. Jensen, Erin. „David Blaine on introducing his magical daughter in Wednesday's new ABC special“. USA Today (2020-yil 1-aprel). 2020-yil 12-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 12-avgust. „...Blaine's 9-year-old daughter Dessa. ... [H]is child with his former partner, French model Alizée Guinochet, [appears] in his new ABC special, David Blaine: The Magic Way“.

Qoʻshimcha manbalar

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Beckpedia/Devid Blayn IMDbda*

* „How I held my breath for 17 minutes“ (TEDMED 2009)