Atifete Jahjaga
Atifete Jahjaga | |
---|---|
2022-yilda Jahjaga | |
Kosovoning uchinchi Prezidenti | |
Mansab davri 2011-yil 7-April – 2016-yil 7-April | |
Bosh vazir |
Hashim Thaçi Isa Mustafa |
Oʻtmishdoshi |
Behgjet Pacolli Jakup Krasniqi (Acting) |
Vorisi | Hashim Thaçi |
Shaxsiy maʼlumotlari | |
Tavalludi |
Andoza:1975 Đakovica, SR Serbia, SFR Yugoslavia (hozir Gjakova, Kosovo) |
Siyosiy partiyasi | Mustaqil siyosatchi |
Turmush oʻrtogʻi |
Astrit Kuçi [1](ajr. 2018) |
Alma mater |
Pristina universiteti Leicester universiteti Virginia universiteti |
Vebsayti | Jahjaga Foundation |
Atifete Jahjaga (1975-yil 20-aprelda tugʻilgan) — Kosovoning uchinchi prezidenti lavozimida faoliyat yuritgan kosovalik alban siyosatchisi. U Kosovo Respublikasining birinchi ayol Prezidenti, birinchi partiyasiz nomzod va yuqori lavozimga saylangan eng yosh ayol davlat rahbari edi. U Kosovo politsiyasi direktorining oʻrinbosari sifatida ham faoliyat yuritgan. Janubiy-Sharqiy Yevropadagi ayol zobitlar orasida yuqori martabali general-leytenant unvoniga ega hisoblanadi[2].
Erta hayot va taʼlim
[tahrir | manbasini tahrirlash]Jahjaga, kosovolik alban, oʻsha paytda Yugoslaviya Sotsialistik Federativ Respublikasining bir qismi boʻlgan Gjakova shahrida tugʻilgan. Uning otasi Albaniya shimolidagi Berisha shahridan edi[3]. U Gjakovadagi boshlangʻich va oʻrta maktabda oʻqidi va 2000-yilda Pristina universitetining yuridik fakultetini tamomladi. 2006—2007-yilda esa u Buyuk Britaniyaning Lester universitetida politsiya boshqaruvi va jinoyat huquqi boʻyicha magistratura va sertifikat dasturini tamomladi. Shuningdek, u Germaniyadagi George C.Marshall nomidagi Xavfsizlik tadqiqotlari Yevropa markazida va AQSHdagi FQB Milliy akademiyasida keng qamrovli kasbiy tayyorgarlikdan oʻtdi hamda 2007-yilda AQShning Virjiniya universitetida jinoyatchilik boʻyicha aspirantura sertifikatini qoʻlga kiritdi.
Politsiyalik faoliyati
[tahrir | manbasini tahrirlash]Kosovo urushidan soʻng, Jahjaga Kosovo Politsiya Akademiyasini zobit boʻlish uchun tugatdi va asta-sekin yuqori martabalarga koʻtarildiː dastlab mayor, keyin polkovnik va nihoyat general-mayor. U Kosovoning eng ishonchli huquqni muhofaza qilish institutining qurilishiga oʻz hissasini qoʻshdi.
Jahjaga Kosovo politsiyasi direktori oʻrinbosari lavozimini egalladi va 2010-yilda qisqa muddatga Bosh direktor vazifasida faoliyatini davom ettirdi. Kosovo politsiyasida xizmat qilayotib, u amerikalik zobitlar va diplomatlarning eʼtiborini tortdi. Ular uni maxsus holatlarda AQShning yuqori martabali amaldorlari oldida Kosovo davlat xizmatchilarining yangi avlodi vakili sifatida eʼtirof etishdi. Uning AQSh prezidenti George W.Bush bilan FQB Milliy akademiyasiga tashrifi chogʻida va yana Davlat kotibi Hillari Clinton bilan Kosovoga tashrifi davomida tushgan suratlari prezidentlikka nomzod sifatida mamlakat diqqat markaziga tushishidan oldin internet tarmoqlari orqali tarqatilgan sanoqli suratlar qatoridan joy oldi.
Kosovo Prezidenti
[tahrir | manbasini tahrirlash]Prezident Fatmir Sejdiu isteʼfoga chiqishi bilan Kosovoni qamrab olgan siyosiy inqirozdan soʻng Konstitutsiyaviy sudning 2011-yil 6-aprelda Behgjet Pacollining Kosovo Prezidenti etib saylanishiga qarshi qaror chiqdi. Uning davlat xizmatidagi tajribasi va halolligi tufayli, Atifete Kosovo Demokratik partiyasi, Kosovo Demokratik Ligasi va Yangi Kosovo Ittifoqi[4] hamda AQShning Kosovodagi elchisi Christopher Dell tomonidan qoʻllab-quvvatlangan holda Kosovo prezidenti lavozimiga konsensus nomzodi sifatida eʼlon qilindi[5]. Garchi u politsiya qoʻmondoni sifatida yuqori obroʻga ega boʻlsa-da, davlatning eng yuqori lavozimiga nomzod sifatida chiqdi, lekin aksariyat jamoat va siyosiy rahbarlar uning bunga moyilligidan bexabar edi.
7-aprel saasida Jahjaga parlament tomonidan ovoz berishning birinchi bosqichida prezident etib saylandi; 100 nafar deputatdan 80 nafari Jahjaga uchun, 10 nafari esa Suzan Novoberdali uchun ovoz berishdi. Bugungi kunga qadar u saylovning birinchi bosqichida saylangan yagona prezident hisoblanadi. Faqat Kosovoning birinchi prezidenti Ibrahim Rugova 2002-yilda parlament tomonidan 88-3 ovoz bilan koʻproq ovoz yigʻishga muyassar boʻldi va ovoz berishning uchinchi bosqichida saylandi.
Tashrif qilingan mamlakatlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Mamlakat | Yil | Tashrif qilingan shaharlar | Tashrif turi | |
---|---|---|---|---|
1 | Albaniya | 2011, 2012 | Tirana, Durrës, Pogradec | Ish boʻyicha tashrif |
2 | Avstriya | 2012, 2013, 2014 | Vna, Alpbach | Davlat tashrifi
Ish boʻyicha tashrifi |
3 | Belgiya | 2011, 2012, 2013 | Brussel | Ish boʻyicha tashrif |
4 | Bolgariya | 2015 | Sofiya | Ish boʻyicha tashrif |
5 | Xorvatiya | 2011, 2012, 2015 | Zagreb, Dubrovnik | Rasmiy tashrif
Ish boʻyicha tashrifi |
6 | Chexiya | 2011 | Praga | Ish boʻyicha tashrif |
7 | Fransiya | 2015 | Parij | Ish boʻyicha tashrif |
8 | Olmoniya | 2011, 2014 | Berlin,Munik | Ish boʻyicha tashrif |
9 | Muqaddas qarorgoh | 2015 | Vatikan | Ish boʻyicha tashrif |
10 | Gonduras | 2014 | Tegucigalpa | Davlat tashrifi |
11 | Vengriya | 2011 | Budapesht | Davlat tashrifi |
12 | Italiya | 2011, 2015 | Rim, Venetsiya | Rasmiy tashrif |
13 | Iordaniya | 2014, 2015 | Amman, Petra, | Rasmiy tashrif
Ish boʻyicha tashrifi |
14 | Litva | 2011 | Vilnius | Ish boʻyicha tashrif |
15 | Shimoliy Makedoniya | 2011 | Ohrid | Ish boʻyicha tashrifi[6] |
16 | Malayziya | 2013 | Kuala-Lumpur | Ish boʻyicha tashrif |
17 | Chernogoriya | 2012, 2015 | Budva | Ish boʻyicha tashrif |
18 | Niderlandiya | 2013 | Hag, Amsterdam | Ish boʻyicha tashrif |
19 | Panama | 2014 | Panama shahri | Davlat tashrifi |
20 | Polsha | 2011 | Varshava | Ish boʻyicha tashrif |
21 | Ruminiya | 2014 | Buxarest | Ish boʻyicha tashrif |
22 | Senegal | 2014 | Dakar | Ish boʻyicha tashrif |
23 | Slovakiya | 2013 | Bratislava | Ish boʻyicha tashrif |
24 | Sloveniya | 2011, 2015 | Ljubljana, Portorož | Rasmiy tashrif
Ish boʻyicha tashrifi |
25 | Shveysariya | 2015 | Bern, Zürich | Rasmiy tashrif |
26 | Turkiya | 2012, 2013, 2014 | Istanbul | Ish boʻyicha tashrif |
27 | Birlashgan Arab Amirliklari | 2012, 2014, 2015 | Abu-Dabi, Dubai | Rasmiy tashrif
Ish boʻyicha tashrifi |
28 | Birlashgan Qirollik | 2013, 2014, 2015 | Londonda, Durham, Lester | Ish boʻyicha tashrif |
29 | AQSh | 2012, 2013, 2014 | Vashington, Nyu-York,Des Moines | Ish boʻyicha tashrif |
Faxr va mukofotlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Italiya
- Panama
- Panama shahri faxriy fuqarosi[8]
Mukofotlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]2013-yil 27-iyun — Durham universiteti tomonidan Honoris Causa mukofoti[9]
2014-yil 21-sentyabr — Klinton global tashabbusi tomonidan Davlat xizmatiga rahbarlik mukofoti[10]
2015-yil 16-iyul — Lester universiteti tomonidan huquqshunoslik doktori faxriy darajasi[11]
Yana qarang
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Ismet Asllani
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „Prive zbulon: Atifete Jahjaga drejt divorcit, mësojini detajet!“ (Albanian). Prive Klan Kosova (2018-yil 3-fevral).
- ↑ „Kush do të na udhëheq“ Telegrafi.com 7 April 2011 (accessed 7 April 2011)
- ↑ „Berisha: Kulla është djegur 3 herë edhe nga serbët edhe turqit“. The Albanian. — „Pra 4 nga politikanët më të rëndësishëm jeni nga një zonë? Nga një zonë, por Ramizi nuk është Berishë, është nga Fshati Kasaj …Hasani dhe Jahjaga janë Berishë.“. 2018-yil 12-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 3-mart.
- ↑ „Marrëveshja për Kosovën, presidente Atifete Jahjaga“ Telegrafi.com 6 April 2011 (accessed 6 April 2011)
- ↑ RadioKosova, Live Broadcast of Press Conference, 6 April 2011
- ↑ „The Presidents Jahjaga, Vujanoviq, Topi and Ivanov held a joint press conference“. Presidente e Republikës së Kosovës - Atifete Jahjaga. Qaraldi: 2015-yil 17-avgust.
- ↑ 7,0 7,1 „Constantinian Order Grand Prior decorates President and Prime Minister of Kosovo - Sacred Military Constantinian Order of St. George“ (2014-yil 27-may). Qaraldi: 2018-yil 13-mart.
- ↑ KosovaPress. „Jahjaga u shpall Qytetare nderi e qytetit të Panamasë“. Qaraldi: 2018-yil 13-mart.
- ↑ Thaçi. „Presidentja Jahjaga u nderuar me çmimin "Doctor Honoris Causa" nga Universiteti i Durhamit“. Qaraldi: 2018-yil 13-mart.
- ↑ „Ballina“. www.kosovapress.com. Qaraldi: 2018-yil 13-mart.
- ↑ pt91. „President of Kosovo to be honoured by University of Leicester – University of Leicester“. www2.le.ac.uk. 2021-yil 21-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 13-mart.
Havolalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Jahjaga jamgʻarmasining rasmiy veb-saytiJahjaga jamgʻarmasi
- Rasmiy veb-sayt
Siyosiy idoralar | ||
---|---|---|
Oldingisi Jakup Krasniqi
Acting |
Kosovo Prezidenti 2011–2016 |
Keyingisi |