Kontent qismiga oʻtish

Foydalanuvchi:XolboyevaRuxshona11/qumloq

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Foydalanuvchi:XolboyevaRuxshona11/qumloq/Tepasi

Amir Temurning Samarqand shahridagi haykali

Amir Temur- Movarounnahr tarkibiga kirgan Kesh (hozirgi Shahrisabz) shahri Yakkabog' tumani Xo'ja Ilg'or qishlog'ida 1336-yil 9-aprelda tug'ilgan tarixiy shaxs.Otasi Amir Tarag'ay, onasi esa Takina Xotun , Kesh viloyaning e'tiborli bek og'olardan biri bo'lgan. Asl kelib chiqishi „barlos“ urug'iga borib taqaladi.

Amir Temurning yoshlik davri

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Sohibqiron yoshligidan aslzodalarga yarasha ta'lim ko'rgan,otasi uning ta'limiga katta e'tibor bergan.Madrasaga 7 yoshdan qatnaydi, bu yoshdan alifboni mukammal o'rgangan. 12 yoshidan ermak o'yinlarni tark etib, chavandozlik, ovchilik, ot minish va kamondan o'q uzish singari mashqlarni mukammal egallagan.Yoshlikdagi do'stlari va maktabdoshlari keyinchalik uning sarkardalari va navkarlari qatoridan o'rin egallaydi. Amir Temur o'qimishli hukmdor bo'lgan.Arab faylasufi Ibn Xaldunning ma'lumotiga qaraganda, u arab,fors,turk xalqlarining tarixini chuqur o'rgangan.Tibbiyot,falakiyot,me'morchilik,matematika,tarix ilmlaridan chuqur xabardor bo'lgan.O'zining ilk harbiy faoliyatini yon atrofdagi viloyat amirlariga yollanma askarlik sifatida boshlagan.Tez orada butun Qashqadaryo vohasida tarqaladi. Amir Temur Chig'atoy xonlaridan Qazog'on ning nabirasi, Amir Husaynning singlisi Uljoy Turkon Og'o ga uylanishi tufayli Amir Temur bilan Balx hokimi Amir Husayn o'rtasida ittifoq yuzaga keladi.

Amir Temurning siyosiy kurash maydoniga kirib kelishi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Mo'g'uliston xoni Tug'luq Temur 1360-1361-yillarda Movarounnahrga birin-ketin ikki marta bostirib keladi.Amir Temurning amakisi- Kesh viloyatining hukmdori Amir Hoji Barlos Xuroson tomonga qochib ketadi.amir Temur bu paytda 24 yoshda edi va u boshqacha yo'ldan boradi. U Tug'luq Temurning yorlig'i bilan Kesh viloyatining dorug'asi(hokimi) deb tayinlanadi.Tug'luq Temur o'g'li Ilyosxo'jani Movarounnahrning hukmdori etib tayinlaydi.Ilyosxo'ja va Amir Temur o'rtasidagi munosabatlarda bir qancha muammolar mavjud edi.

Amir Temur yurishlari

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Amir Temur dastlabki yurishlarda Balx hokimi Amir Husayn bilan ittifoq bo'lib kurash maydoniga chiqadi. 1363-yilda Amudaryoning chap sohilida, Qunduz shahri yonida umumiy dushman ustidan g'alaba qozonadi.Keyingi 2 yil davomida ular birgalikda Ilyosxo'ja jangchilariga qarshi kurashishadi.Nihoyat, 1364-yil oxirida ular mo'g'ullarni Movarounnahrdan quvib chiqaradilar.Lekin Ilyosxo'ja qo'shini bilan 1365-yilning bahorida yana Movarounnahrga bostirib keladi.Ikki o'rtada jang 1365-yilning 22-may kuni Toshkent bilan Chinoz o'rtasidagi Chirchiq daryosi bo'yida sodir bo'ldi.Tarxida u Loy jangi nomi bilan shuhrat qozondi.O'sha kuni jala quyib,jang maydoni botqoqlikka aylanib,otlar esa loyga botib qolganligi sababli shu nom bilan ataladi.Ammo Amir Husaynning so'l qanotni himoyasiz qoldirganligi uchun bu ittifoq mag'lubiyatga uchraydi va chekinishga majbur bo'ladi.Amir Temur o'z davlatini barpo etish va Movarounnahrni birlashtirish maqsadida Amir Husaynga qarshi kurash olib boradi.Jangda Amir Husayn qo'shinlari mag'lubiyatga uchraydi,ikki kunlik jangdan so'ng,1370-yilning 10-aprelida Balx shahri Amir Temurga taslim bo'ladi.11-aprel kuni bo'lib o'tgan qurultoyda Amir Temur rasman Movarounnahrning amiri deb e'lon qilinadi.U 1372-yildan boshlab Xorazmga 5 marta yurish qiladi va natijada 1388-yilda uzil-kesil bo'ysundiradi.

Amir Temur va To'xtamishxon munosabatlari

[tahrir | manbasini tahrirlash]

To'xtamishxon Oltin O'rda taxtini amir Temurning yordami bilan egallagan bo'lsada, unga xoinlik qilib, ochiqdan-ochiq kurashga o'tadi. Natijada Amir Temur unga qarshi 3 marta qo'shin tortishga majbur bo'ladi. So'nggi shiddatli jang, Tarak( Terek) daryosi bo'yida 1395-yilning 15-aprelida sodir bo'ladi. O'q va qilich zarbiga chiday olmagan To'xtamishxon qo'shini parchalanib ketadi.Rossiya tarixchilari B.D.Grekov va A.Y.Yakubovskiylarning ta'kidlashicha, Amir Temurning To'xtamishxon ustidan qozonilgan g'alabasi faqat O'rta Osiyoni emas,balki butun Sharqiy Yevropani, shuningdek, Rus knyazliklarining birlashishida katta ahamiyat kasb etadi.

Amir Temur va Sulton Boyazid munosabatlari

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Keng ko'lamli harbiy yurishlar natijasida Sohibqiron Amir Temur saltanatining chegarasi Usmonli turklar davlati bilan chegaradosh bo'lib qoldi.Amir Temur Sulton Boyazid bilan yaxshi munosabatlar tarafdori bo'lishiga qaramasdan, Boyazid qoraquyunlilar,jaloyiriylar,muzaffariylarni Amir Temurga qarshi qo'yadi.Bu ikki hukmdor o'rtasidagi jang 1402-yil 20-iyulda Anqara yaqinidagi Chubuq mavzesida bo'lib o'tadi va Anqara jangi nomini oladi.Uzoq davom etgan jangda Sulton Boyazid mag'lub bo'ladi va asirga olinadi.

Amir Temur jahon va milliy tarixchilarning e'tirofida

[tahrir | manbasini tahrirlash]
Temuriylar tarixi davlat muzeyi

O'zbekiston Respublikasi mustaqillikka erishgan dastlabki davrlarda Amir Temur shaxsiga katta e'tibor qaratiladi.Tarixiy manbalarda Sohibqiron nomi bilan bir qatorda "Sohibi jahon" va "Sohibi adl" nomlari bilan shuhrat qozonadi. Xalqaro YUNESKO tashkilotining tashabbusi bilan 1996-yilda Toshkent, Samarqand va xorijiy mamlakatlarda Amir Temur tavalludining 660-yilligi keng nishonlanadi va shu yil O'zbekistonda "Amir Temur yili" deb e'lon qilinadi.Hozirgi paytga kelib Amir Temur va Temuriylar haqida 33 mamlakatda 500 dan ziyod chet ellik tadqiqotchilarning asarlari chop etilgan.1995-yilda esa Xalqaro Amir Temur jamg'armasi tashkil etildi. 1996-yilda esa Toshkentdagi Amir Temur xiyobonida Temuriylar tarixi davlat muzeyi barpo etildi va "Amir Temur" ordeni ta'sis etildi.

Temur tuzuklari

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Amir Temur hayotligi davridayoq uning harbiy san'ati va davlat boshqaruviga bag'ishlangan maxsus asar yaratilib, u "Temur tuzuklari" nomi bilan shuhrat topdi.Unda davlatni boshqarishda kimlarga tayanish,toj-u taxt egalari faoliyatining tartibi-tutumi va vazifalari,vazir va qo'shin boshloiqlarini tayinlash tartiblari belgilab berilgan.Amir Temurning "...davlat ishlarining to'qqiz ulushini kengash,tadbir va mashvarat,qolgan bir ulushini qilich bilan amalga oshirdim","Kuch-adolatdadur" degan so'zlari uning asaridan o'rin egallagan. Shunday qilib, Sohibqiron Amir Temur Movarounnahr,Xuroson va Xorazmni birlashtirib, yirik markazlashgan davlat tuzdi.