Gʻunt
Qiyofa
(G'untdan yoʻnaltirildi)
Gʻunt — Tojlkiston Respublikasidagi daryo. Panj daryosining oʻng ir-mogʻi. Uzunligi 296 km, havzasining maydoni 13,7 ming km². Sharqiy Pomirdagi Janubiy Alichur tizmasining shim. yon bagʻridan boshlanadi. Muzduayreksoy irmogʻi quyilgungacha Gʻurumdi, boshgumbaz daryosi quyilgungacha — Irikyoq, soʻngra Yashilkoʻlgacha Alichur deb ataladi. Koʻldan oqib chiqqandan soʻng Gʻ. deb nom oladi va Rushon hamda Shugʻ-non tizmalari orasidagi tor vodiydan oqadi. Oʻrtacha yillik suv sarfi quyilish joyida (Xorugʻ shahri) 106 m³/sek. Gʻ. boʻyida Xorugʻ GES qurilgan.
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |