Gʻusl
Gʻusl (arab. — choʻmilish) — pok boʻlish uchun butun badanni maxsus tartibda yuvish. Gʻusl jinsiy aloqa, ihtilom, hayzdan keyin farz boʻladi. Hanafiylik mazhabida Gʻuslning sharti 3 ta — ogʻizni gʻargʻara qilish, burunni yaxshilab yuvish, badanning hamma joyini suv bilan poklash. boshqa mazhablarda ogʻiz-burun chayish farz emas. Islomda bir haftada 1-marta (juma kuni), 2 hayit va arafa kunlari Gʻusl qilish sunnat sanaladi. Gʻusl katta tahorat deb ham ataladi. Gʻusl mayitga nisbatan ham ishlatilib, bu ishni gʻassol (yuvgʻuchi) bajaradi. Gʻusl haqida Qurʼonda zikr qilingan (5:6; 4:43).[1]
GʻUSL[2]
[tahrir | manbasini tahrirlash]"Gʻusl" soʻzi lugʻatda biror narsaning ustidan suv oqizishni anglatadi. Shariatda esa, Alloh taologa qurbat niyatida badanning hammasiga suv oqizishga „gʻusl“ deb aytiladi.
Gʻuslning shariatimizda vojib qilinishining hikmatlari koʻp. Avvalo, u — ibodat, Alloh taologa qurbat hosil qilish uchun zarur narsa. Ikkinchidan, poklik, ozodalik va sogʻlik uchun oʻta
muhim omil. Qolaversa, gʻuslni vojib qiluvchi narsalar tufayli inson vujudida paydo boʻladigan baʼzi nopokliklarni ketkazish, maniy ketishi ila jism yoʻqotgan narsalarni qayta tiklashdir.
Jinsiy yaqinlik va ehtilomdan keyin gʻusl qilgan odamda qon yurish yaxshilanadi va tetiklik tiklanadi. Shuningdek, niyat bilan qilingan gʻusl tufayli gunoxlar ham yuviladi.
GʻUSLNING FARZLARI[2]
[tahrir | manbasini tahrirlash]Bas, gʻuslning farzi ogʻzini, burnini va butun badanini yuvmoqdir. Bu jumladan gʻuslning farzi uchta ekani anglab olinadi:
1. Ogʻizni chayqash.
Albatta, ogʻizni yaxshilab chayqash gʻuslning f arzlaridan biri ekani hammaga maʼlum. Busiz gʻusl boʻlishi mumkin emas.
2. Burunni chayqash.
Burunni yaxshilab, mubolagʻa ila chayish ham gʻuslning farzi hisoblanadi.
3. Badanning barcha yerini yuvish.
Butun tanani, biror tuki ostini ham qoʻymay, suv yetkazib yuvish ham gʻuslning farzidir. Gʻuslning farzligi „Moida“ surasidagi: „Agar junub boʻlsalaringiz, poklaninglar“ (6-oyat) oyatidan olingan. Bunda yuvish imkoni bor barcha joyni poklash maʼnosi bordir. Alloh taolo yana „Niso“ surasida: „Va junub holingizda ham, to gʻusl qilmaguningizcha (masjidda turmang). Magar yoʻldan oʻtuvchi boʻlsa, mayli“, degan (43-oyat). Ushbu ikki oyatda ogʻiz, burun va badanning barchasini yuvish maʼnosi bor. Abu Hurayra roziyalloxu anhudan rivoyat qilinadi:
"Nabiy sollallohu alayhi vasallam: „Albatta, har bir tuk tolasi ostida junublik bor. Bas, sochni yuving va jildingizni poklang“, dedilar". (Termiziy va Abu Dovud rivoyat qilganlar.)
Ushbu hadisning boshqa bir rivoyatida:
„Kim junublikdan bir tuk oʻrnini yuvmay qoldirsa, doʻzaxda unday qilinadi, bunday qilinadi“, dedilar". "Ali: „Shuning uchun boshimni dushman tutdim“, deb uch marta aytdi. U sochini qirdirib yurar edi", deyilgan.
GʻUSLNING SUNNATLARI[2]
[tahrir | manbasini tahrirlash]Bas, uning sunnatlari ikki qoʻlini va farjini yuvmogʻi hamda najosatni ketkazmogʻi. Soʻng toharat qiladi. Ammo ikki oyogʻini yuvmaydi. Keyin badaniga uch marta suv quyadi. Soʻngra oyogʻini suv toʻplangan j oydan boshqa yerda yuvadi. Oisha roziyalloxu anhodan rivoyat qilinadi: „Rasululloh sollallohu alayhi vasallam junublikdan gʻusl qilsalar, avval ikki qoʻllarini
yuvishdan boshlar edilar. Soʻngra oʻng qoʻllari bilan chap qoʻllariga suv quyib, farjlarini yuvar edilar. Keyin esa namozga qiladigan toharatlarini bajarar edilar. Soʻngra suvni olib, panjalarini sochlari ostiga kiritar edilar. Toki, suv yaxshi yetganiga ishonganlaridan keyin boshlari ustidan uch hovuch suv quyar edilar. Keyin qolgan tanalariga suv quyar, soʻngra oyoqlarini yuvar edilar“. (hadisni beshovlari rivoyat qilganlar.)
Maymuna roziyalloxu anhodan rivoyat k, ilinadi: „Nabiy sollallohu alayhi vasallam uchun gʻusl qilgani suv qoʻydim. Bas, u zot ikki qoʻllarini ikki yoki uch marta yuvdilar. Keyin chap qoʻllariga suv quyib turib, olatlarini yuvdilar. Soʻngra qoʻllarini yerga surtdilar. Keyin ogʻizlarini chayqadilar, burunlariga suv oldilar, yuzlari va ikki bilaklarini yuvdilar. Soʻngra tanalariga suv quydilar. Keyin boshqa joyga oʻtib, ikki oyoqlarini yuvdilar“. Boshkr. bir rivoyatda: „Soʻngra boshlarini uch marta yuvdilar“, deyilgan. Yana boshk, a rivoyatda: „Men u kishiga bir latta keltirgan edim, xohlamadilar va suvni qoʻllari bilan sidira boshladilar“, deyilgan. Ikki hadisni beshovlari rivoyat krlganlar. Sochi oʻrilgan ayol uchun uning ostini hoʻllashi
kifoya qiladi. Ummu Salama roziyalloxu anhodan rivoyat qilinadi: "Men: „Ey Allohning Rasuli, men sochimni mustahkam qilib oʻradigan ayolman. Junublik gʻusli uchun uni
yoymogʻim kerakmi?“ dedim. U zot: „Yoʻq, sen uchun boshing ustidan uch hovuch suv quymogʻing kifoya qilur. Soʻngra ustingdan suv quyasan. Bas, pok boʻlursan“, dedilar".
Beshovlaridan faqat Buxoriy rivoyat qilmagan.
Barcha hujjat va dalillarni sinchiklab oʻrganib chiqqan fuqaholarimiz gʻuslni avvalidan oxirigacha quyidagi tarzda bayon qiladilar:
Dastlab, gʻusl qiluvchi shaxs tasmiya aytadi va niyat qiladi. Keyin ikki qoʻlini yuvadi. Keyin orqa, oldi farjini yuvadi. Badanida najosat boʻlsa, oʻshani yuvadi. Keyin xuddi namozga qilgandek toharat qiladi. Albatta, ogʻiz-burunni mubolagʻa bilan chayqash bor ran. Agar turgan joyida suv jamlanadigan boʻlsa, oyoqlarini yuvishni keyinga suradi. Soʻngra boshiga suv quyib, ishqab yuvadi. Badaniga uch marta suv quyadi. Oʻng yelkasidan boshlab suv quyadi. Keyin chap yelkasiga. Qoʻli bilan badanini ishqaydi. Ikki qulogʻi, kindigi, qoʻltiq osti kabi suv yetishi qiyin joylariga alohida eʼtibor beradi. Gʻuslning oxirida boshqa tarafga oʻtib oyoqlarini yuvadi. Suv toʻplanmasa, oyoqlarini ham oʻsha yerda yuvib olaveradi.
Gʻuslning odoblari ham xuddi toharatning odoblariga oʻxshaydi. Ammo gʻuslda qiblaga qarash yoʻq.
Gʻuslda quyidagi narsalar makruxdir:
1. Suvni isrof qilish.
2. Suvni oʻta oz ishlatish.
3. Suvni yuziga urish.
4. Odamlar gapini gapirish.
5. Uzrsiz boshqadan yordam olish.
6 . Duo qilish.
GʻUSLNI VOJIB QILUVCHI NARSALAR
[tahrir | manbasini tahrirlash]Uning vojib qiluvchisi: ajralib chiqayotganda shahvat bilan otilib keladigan maniyni tushirish.jinsiy yaqinlik qilinganda maniy chiqsa ham chiqmasa ham ikki juftlikka gʻusl vojib boʻladi. Uygʻongan kishi maniy yoki maziyni koʻrishi. Hayz va nifosning toʻxtashi. Jum’a, ikki iyd namozi, ehrom va Arafa uchun (gʻusl) sunnatdir. Balogʻatga yetgan har bir erkak-ayol oʻziga gʻusl vojib boʻlgan holatning „katta betoharatlik“ ekanini yaxshi bilib olmogʻi lozim. Toharatni vojib qiladigan holat esa, „kichik betoharatlik“ deb ataladi. Gʻuslni vojib qiladigan omillar quyidagilar:
1. Ajralib chiqayotganda shahvat bilan otilib keladigan maniyni tushirish. Avvalo, ushbu bobda tez-tez takrorlanib turadigan baʼzi istilohlarni oʻrganib olaylik. „Maniy“ — shahvat shiddatlashgan paytda otilib chiqadigan suyuqlik. Erkak kishining maniysi quyuq va oq, ayol kishining maniysi suyuq va sargʻish boʻladi.
„Maziy“ — erkak kishining jinsiy aʼzosidan jinsiy aloqani oʻylagan yoki xotinini quchoqlagan paytda chiqadigan oq suyuqlik.
„Vadiy“ — bavl qilgandan keyin baʼzida chiqadigan quyuq oq suyukdik. Maziy yoki vadiy chiqqanidan gʻusl qilish yoʻq. Maniy shahvat bilan otilib chiqsa, gʻusl vojib boʻladi.
Bunda boshqa jinsdagi shaxsga nazar solish, jinsiy yaqinlikni tafakkur qilish, bevosita quchoqlashish va shunga oʻxshash barcha omillar tufayli maniyning shahvat bilan otilib chiqishi nazarda tutiladi. Ammo, maniy shaxsning ogʻir narsa koʻtarishi, baland joydan yiqilib tushishi kabi omillar tufayli shahvatsiz ravishda chiqsa, gʻusl vojib boʻlmaydi.
Hanafiy mazhabi ijtihodiga binoan, er va ayol kishidan, xoh uyquda boʻlsin, xoh uygʻoqlikda boʻlsin, maniy shahvat bilan otilib chiqqandagina gʻusl vojib boʻladi.
Birov mastlik yoki hushidan ketishdan soʻng oʻziga kelganda hoʻllikni koʻrib, „maniy“ deb gumon qilsa, gʻusl vojib boʻladi. Ulamolarimiz maniydan gʻusl qilish vojib boʻlishiga quyidagi rivoyatni dalil qiladilar:
Ali roziyalloxu anxudan rivoyat qilinadi: "Koʻp maziylik kishi edim. Bas, Nabiy sollallohu alayhi vasallamdan soʻradim. Ul zot: „Maziyda toharat, maniyda gʻusl“, — dedilar".
(Ahmad rivoyat qilgan.)
2. Er-xotin jinsiy aʼzosi qo'shilganlarida erning jinsiy aʼzosi ayolning jinsiy aʼzosiga kirib yaqinlik qilganlarida maniy chiqsa ham chiqmasa ham gʻusl vojib boʻladi. Alloh taolo „Niso“ surasida: „Va junub holingizda ham, to gʻusl qilmaguningizcha (masjidda turmang). Magar yoʻldan oʻtuvchi boʻlsa, mayli“, degan (43-oyat).
„Junub“ soʻzi lugʻatda „chetda turuvchi“ maʼnosini anglatadi. Shariatda esa, jinsiy yaqinlik, uyquda bulgʻanish va boshqa sababga koʻra maniyi chiqib, gʻusl vojib boʻlgan shaxsga aytiladi. Gʻusl vojib boʻlgan odam namozdan, Qur’ondan, masjiddan va shariat koʻrsatgan boshqa narsalardan chetda boʻlgani uchun ham „junub“ nomini olgan. Abu Hurayra roziyalloxu anxudan rivoyat qilinadi: "Nabiy sollallohu alayhi vasallam: „Qachonki u (er) u (xotin) ning toʻrt muchasi (qoʻl-oyogʻi) orasiga oʻtirsa va unga yaqinlik qilsa, batahqiq, gʻusl vojib boʻladi“, dedilar". Boshqa rivoyatda: „Agar toʻkmasa ham“, deyilgan. Beshovlaridan faqat Termiziy rivoyat qilmagan. Issiq mintaqalarda, xususan, arab yurtlarida qizlarni ham xatna qilish odati bor. 3. Uygʻongan kishi maniy yoki maziyni koʻrishi. Bu jumlada vasf qilingan holatni „ehtilom“ deyiladi. „Ehtilom“ degani „uyquda jinsiy yaqinlikni koʻrmoq“, „uyquda bulgʻanmoq“ deganidir Osha roziyalloxu anhodan rivoyat qilinadi: "Nabiy sollallohu alayhi vasallamdan hoʻlni koʻrgan, lekin ehtilomni eslay olmagan odam haqida soʻraldi. U zot: „Gʻusl qiladi“, dedilar. (Tushida) ehtilom boʻlganini koʻrgan, lekin oʻngida hoʻlni koʻrmagan odam haqida (ham soʻraldilar) U zot: „Unga gʻusl vojib emas“, dedilar.
Bas, Ummu Sulaym: „Ayol kishi ham oʻshani koʻradi. Unga ham gʻusl vojib boʻladimi?“ dedi. U zot: „Ha, albatta, ayollar erkaklarning tugʻishganlaridir“, dedilar".
Abu Dovud va Termiziy rivoyat qilganlar.
Ushbu hadisda bayon qilinayotgan masala ham koʻp uchrab turadigan, ayniqsa, yoshlarda tez-tez takrorlanib turadigan masaladir. Birov tushida gʻusl vojib boʻladigan biror narsani koʻrganini eslay olmaydi. Lekin badanida, kiyimida yoki yotgan joyida maniyning hoʻlini koʻradi. Nima qilish kerak? Albatta, gʻusl qilish vojib, aks holda, gunohkori azim boʻladi.
Boshqa birov tushida jinsiy aloqani koʻrgan, ammo uygʻonsa, hech qayerda maniyning hoʻli yoʻq. Unday odamga gʻusl vojib boʻlmaydi. Chunki undan voqeʼlikda gʻusl vojib boʻladigan narsa chiqqan emas.
4 −5 . Hayz va nifosning toʻxtashi. „Hayz“ lugʻatda „oqish“ maʼnosini bildiradi. Shariatda esa balogʻatga yetgan ayol jinsiy aʼzosi ichidan tugʻishsiz, bemorliksiz muayyan muddatda chiqadigan qon hayzdir. Odatda, hayzning rangi qoramtir, oʻzi haroratli va ogʻriq ila keladigan boʻlib, hidi noxush boʻladi.
„Nifos“ soʻzi „tugʻish“ va „qon“ maʼnolarini anglatadi. Shariatda esa, tugʻishdan keyin kelgan qonga „nifos“ deb aytiladi.
6. SHahid boʻlmagan musulmon mayyitga ham gʻusl vojib boʻladi.
7. Nomusulmon shaxs Islomga kirsa. Bu holatda Molikiy va Hanbaliy mazhablarida gʻusl qilish vojib boʻladi[3].
SUNNAT GʻUSLLAR
[tahrir | manbasini tahrirlash]Jum’a, ikki iyd namozi, ehrom va Arafa uchun (gʻusl) sunnatdir. Poklik dini boʻlgan Islom musulmonlarni faqat vojib gʻusllar bilan kifoyalanib qolmasdan gʻusl vojib boʻlmagan vaqtlarda ham bu ishni qilib turishga targʻib qilgan.
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |