Qunut duosi
Turkum maqolalarning bir qismi |
Islom |
---|
Qunut (arabcha: القنوت) — vitr namozining 3-rakatida oʻqiladigan duo boʻlib, uni oʻqish vojib hisoblanadi[1].
Qunut duosi:
Allohumma innaa nastaʼiynuka va nastagʻfiruk. Va nuʼminu bik va natavakkalu alayk. Va nusniy alaykal xoyro kullah. Nashkuruka va laa nakfuruk. Va naxlaʼu va natruku may yafjuruk. Allohumma iyyaka naʼbudu va laka nusolliy va nasjudu va ilayka nasʼaa va nahfidu. Narjuu rohmatak va naxshaa azaabak. Inna azaabaka bil kuffaari mulhiq.
Maʼnosi: Allohim! Biz Sendan yordam istaymiz, gunohlarimizni afu etishingni soʻraymiz. Allohim! Senga imon keltiramiz, ishlarimizda Senga suyanamiz va Senga tavakkal qilamiz. Va Senga hamd aytamiz. Butun yaxshiliklar Sendandir. Bizlarga berganing shuncha neʼmatlar tufayli Senga shukrona aytamiz va nonkoʻrlik qilmaymiz. Senga qarshi nonkoʻrlik qilgan gunohkorlardan ayrilamiz, ular bilan aloqani uzamiz. Allohim! Biz yolgʻiz Sengagina qullik qilamiz, namozni Sen uchungina oʻqiymiz. Sengagina sajda qilamiz. Sengagina intilamiz. Ibodatni xushu'-kamtarlik bilan ado etamiz. Rahmating koʻp boʻlishini soʻraymiz, azobingdan qoʻrqamiz. Hech shubha yoʻqki, Sening azobing kofirlargadir.
Vitr namozida Qunut duosini oʻqish vojib, ammo robbana duosini oʻqisa ham vojibni bajargan boʻladi. Namoz oʻquvchi Vitr namozini maxfiy qiroat bilan yolgʻiz oʻqiydi. Ramazon oyida esa tarovihdan keyin jamoat bilan oʻqiydi. Unda imom vitr namozining barcha rakʼatida jahriy qiroat qiladi. Qunut duosini esa maxfiy oʻqiydi[2].
Qunut duosining arabcha matni:اللَّهُمَّ إنَّا نَسْتَعِينُكَ وَنَسْتَغْفِرُكَ، وَنُؤْمِنُ بِكَ وَنَتَوَكَّلُ عَلَيْكَ، وَنُثْنِي عَلَيْكَ الْخَيْرَ كُلَّهُ، نَشْكُرُكَ وَلَا نَكْفُرُكَ، وَنَخْلَعُ وَنَتْرُكُ مَنْ يَفْجُرُكَ. اللَّهُمَّ إيَّاكَ نَعْبُدُ وَلَكَ نُصَلِّي، وَنَسْجُدُ وَإِلَيْكَ نَسْعَى، وَنَحْفِدُ نَرْجُو رَحْمَتَكَ، وَنَخْشَى عَذَابَكَ، إنَّعَذَابَكَ بِالْكُفَّارِ مُلْحِقٌ
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ Giyosiddin Muhammad Yusuf. „Қунут дуоси“. Qaraldi: 2024-yil 29-sentyabr.
- ↑ How to Perform Qunut[sayt ishlamaydi]