Gillis Grafstrom
Gillis Grafstrom | |
---|---|
Gillis Grafstrom 1924-yil | |
Shaxsiy maʼlumotlari | |
Toʻliq ismi | Gillis Emanuel Grafström |
Tavalludi |
7-iyun 1893-yil Stokgolm, Shvetsiya |
Vafoti |
14-aprel 1938-yil (44 yoshda) Potsdam, Germaniya |
Gillis Emanuel Grafstrom (1893-yil 7-iyun – 1938-yil 14-aprel) shvedsiyalik, figurali uchish boʻyicha sportchi boʻlgan. Shvetsiya davlatining Stokgolm shahrida dunyoga kelgan. Ketma-ket uch marta erkaklar oʻrtasida boʻlib oʻtgan musobaqada, Olimpiya oltin medalini (1920, 1924, 1928) qoʻlga kiritgan. Shuningdek, uchta Jahon chempionatida (1922, 1924, 1929)[1] va 1932-yilda xuddi shunday musobaqada Olimpiya kumush medalini qoʻlga kiritgan. U va Eddie Eagan ham yozgi ham qishki Olimpiya oʻyinlarida oltin medalni qoʻlga kiritgan yagona sportchilar hisoblanishgan. Grafstrom Yozgi va Qishki Olimpiya oʻyinlarida qatnashgan kam sonli sportchilardan biri.[2] U Olimpia chempionlari ichida eng yoshi katta figurali uchuvchisi hisoblanadi.
Biografiyasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]1914-yilda Grafstrom Birinchi jahon urushidan oldin, soʻnggi Jahon Chempionatida qatnashgan.[3] Urushdan soʻng, Grafstrom ketma-ket uch marta (1920, 1924 va 1928) Olimpiadada oltin medalni va 1932-yilgi Qishki Olimpiya oʻyinlarida kumush medalni qoʻlga kiritgan.[4]
Uning Antverpdagi birinchi Olimpiadasida konkilaridan biri sinib qiolgan va u yangisini sotib olish uchun shaharga borishi kerak boʻlgan. Afsuski, oʻzi uchun qulay boʻlgan konkilar topa olmagan. Shunga qaramasdan, bu musobaqada yutib chiqqan. 2022-yilgi Olimpiya oʻyinlari holatiga koʻra, u figurali uchish boʻyicha yakkalik erkaklar bahsida uchta oltin medalni qoʻlga kiritgan konkichi boʻlib qolmoqda.
1932-yilgi Lake-Placiddagi soʻnggi Olimpiadasida u muz ustida suratkash bilan toʻqnashib ketgan va shunda ham ikkinchi oʻrinni egallashga muvaffaq boʻlgan. Keyinchalik, norvegiyalik Sonja Heniega murabbiylik qilgan.[5]
Grafstrom 1938-yilda Germaniyaning Potsdam shahrida 44 yoshida qonining zaharlanishidan vafot etgan.[6] Bugungi kunda, Potsdamda uning nomiga qoʻyilgan koʻcha mavjud. 1976-yilda Butunjahon figurali uchish shon-shuhrat zalida uning nomi eʼtirof etilgan. [7] Bundan tashqari, Grafstrom 1929-yilda ''Svenska Dagbladet'' oltin medalini qoʻlga kiritgan(Sven Utterstrom bilan birgalikda).
Oʻrinlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Musobaqalar | 1912 yil | 1913 yil | 1914 yil | 1915 yil | 1916 yil | 1917 yil | 1918 yil | 1919 yil | 1920 | 1921 yil | 1922 yil | 1923 yil | 1924 yil | 1925 yil | 1926 yil | 1927 yil | 1928 yil | 1929 yil | 1930 yil | 1931 yil | 1932 yil |
---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|
Yozgi Olimpiya oʻyinlari | 1 | ||||||||||||||||||||
Qishki Olimpiya oʻyinlari | 1 | 1 | 2 | ||||||||||||||||||
Jahon chempionatlari | 7 | 1 | 1 | 1 | |||||||||||||||||
Skandinaviya chempionati | 1 | ||||||||||||||||||||
Shvetsiya chempionati | 2 | 1 | 1 | 1 |
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „Gillis Grafström“. Olympedia. Qaraldi: 2021-yil 13-avgust.
- ↑ Gall, Jonnie. „Who's competed in the summer and winter Olympics?“. GrindTV (2013-yil 18-dekabr). 2014-yil 22-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 18-fevral.
- ↑ Hines, James R.. Figure skating: a history, 2006 — 105-bet. ISBN 978-0-252-07286-4. OCLC 59149288.
- ↑ „Olympic Winter Games Figure Skating Results“. 2013-yil 13-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2011-yil 24-yanvar.
- ↑ „Gillis Grafström“ (en). Encyclopædia Britannica. Qaraldi: 2023-yil 13-sentabr.
- ↑ Andoza:Cite Sports-Reference
- ↑ „Hall of Fame Members“. 2011-yil 9-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2011-yil 24-yanvar.