Kontent qismiga oʻtish

Glazkov madaniyati

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Glazkov madaniyati - mil.av. XVIII—XIII-asrlarda Baykal koʻli atrofida yashagan qabilalarning ilk jez davriga oid madaniyati. Birinchi marta Irkutsk shahri yaqinidagi Glazkov qabristoni (Irkut daryosining Angaraga quyilish joyi)da topilgani uchun shu nom bilan ataladi. Qazish ishlari 1887 yildan boshlangan. Keyingi davrda arxeolog A. P. Okladnikov tekshirgan. Buyerda yashagan qabilalar ovchilik va terimchilik bilan shugʻullangan. Mehnat qurollarini toshdan, zeb-ziynat buyumlarini nefrit, sadaf va suyakdan yasagan. Suyak va metalldan qoshiq, qarmoq, choʻkich, yey, garpun, pichoq, igna, bigiz, halqasimon bilaguzuk va odam haykalchalari tayyorlangan. Topilmalar orasida mis va jezdan ishlangan buyumlar ham uchraydi. Qabilalar ijtimoiy hayotida patriarxal qulchilik belgilari, shomoniylik dinining dastlabki kurtaklari yuzaga kela boshlagan. Glazkov madaniyatini yaratgan qabilalarning hozirgi tungus, evenk va yukagir xalqlarining ajdodi ekanligini arxeologik topilmalar bilan birga xalq ogʻzaki ijodi namunalari va antropologik maʼlumotlar qam tasdiqlamoqda.

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil