Kontent qismiga oʻtish

Gobustan tumani

Koordinatalari: 40°32′6.00″N 48°55′16.00″E / 40.5350000°N 48.9211111°E / 40.5350000; 48.9211111
Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Gobustan tumani
Skyline of Gobustan tumani
40°32′6.00″N 48°55′16.00″E / 40.5350000°N 48.9211111°E / 40.5350000; 48.9211111
Mamlakat Ozarbayjon
Viloyat Tog'li Shirvon
Hukumat
 • Hokim Adil Mammadov
Asos solingan 24 April 1990
Maydon 1,370 km2 (530 kv mi)
Aholisi
 (2020)
47 400
Zichligi auto kishi/km2
Vaqt mintaqasi UTC+4
Pochta indeks(lar)i 3700
Gobustan tumani xaritada
Gobustan tumani
Gobustan tumani

Gobuston tumani (ozarbayjoncha: Qobustan rayonu ) — Ozarbayjonning 66 ta tumanlaridan biri. Mamlakatning sharqida, Togʻli Shirvon iqtisodiy rayonida joylashgan. Tuman Shamaxi, Xizi, Absheron, Hojigʻabul tumanlari bilan chegaradosh[1]. Markazi va eng yirik shahri - Gobustan. 2020-yil holatiga ko'ra, tuman aholi 47,400 nafarni tashkil qiladi.

"Gobustan" nomi ozarbayjoncha "nur" degan ma'noni anglatuvchi "Gobu" so'zidan kelib chiqqan[2]. Tumanning maʼmuriy markazi Gobuston 2009-yilgacha Maraza nomi bilan atalgan.

Tuman hududi 1930-yildan 1943-yilgacha qoʻshni Shamaxi tumani tarkibida kiritilgan, keyinroq 1960-1990-yillar oralig'ida qayta tashkil etilgan.

Hududda qadimiy turar-joy qoldiqlari topilgan va qoldiqlar tosh davriga oid ekanligi takidlanadi. Qoldiqlar hozirgi Gobuston hududida joylashgan[3].

Infratuzilmasi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Viloyatda oltita bolalar bog‘chasi, 30 ta umum ta’lim maktabi faoliyat ko‘rsatmoqda. 23 ta madaniyat uyi, 3 ta kasalxona va tibbiyot korxonasi, 6 ta yirik va oʻrta korxonalar mavjud[4].

Rasmiy statistik ma'lumotlarga ko'ra, 2018-yil boshida Gobustan tumani aholisi 46,1 ming kishini tashkil qilgan. Ulardan 36,7 ming nafari qishloq joylarda istiqomat qiladi[5].

Aholisi 2010 2011 2012 2013 2014 2015 2016 2017 2018 2019 2020 2021
Gobustan viloyati 40.5 41.1 41.8 42.5 43.2 44.0 44.8 45.4 46.1 46.7 47.4 47.9
shahar hududlari 8.2 8.3 8.5 8.6 8.8 9.0 9.1 9.3 9.4 9.5 9.7 9.8
qishloq joylari 32.3 32.8 33.3 33.9 34.4 35.0 35.7 36.1 36.7 37.2 37.7 38.1

Gobuston hududi — Kaspiy dengizi qirg'oqlaridan Katta Kavkazning sharqiy qismidagi eng baland nuqta bo'lgan Gijaki tog'igacha cho'zilgan. Gobuston landshaftining o'ziga xos xususiyati tumanning o'rta hududidagi ohak va qumtosh jinslari, sharqiy qismida joylashgan loy vulqonlari hisoblanadi[6].

Gobustonning iqlimi yarim quruq, qishi iliq, yozi issiq. Erta bahorda va kech kuzda yomg'irli mavsumlar kuzatiladi. Yillik yogʻingarchilik miqdori 250 mmni tashkil qiladi. Gobustonning gʻarbiy qismida kuz va bahordagi yogʻingarchiliklar, Gobustonning sharqiy qismiga qaraganda koʻproq boʻladi. Buning sababi esa gʻarbiy qism Kura past tekisligi hududida joylashgan. Eng yuqori o'rtacha harorat iyulda (32 C), eng past o'rtacha harorat yanvarda (-1,6 C) kuzatiladi[6].

Gobustan 470 xil o'simlik turi mavjud bo'lgan boy floraga ega; butun Ozarbayjonda 4000 xil o'simlik turlari mavjud. Gobuston oʻsimliklari choʻl va chala choʻl hududida o'sishga moslashgan. Gobustonda yovvoyi atirgul, giberniya anmali, yovvoyi nok, yovvoyi anor, yovvoyi anjir, archa oʻsadi[7].

Gobuston hududida 110 ga yaqin yovvoyi qush turlari mavjud. Ulardan 53 tasi Yevropaning tabiatni muhofaza qilish ittifoqiga, 9 tasi Ozarbayjon Qizil kitobiga va 9 tasi Xalqaro Tabiatni muhofaza qilish ittifoqi (IUNC) roʻyxatiga kiritilgan[6].

Gobustonda sut emizuvchilarning 28 xil turi uchraydi. Ulardan ikkitasi Ozarbayjon Qizil kitobiga va bitta turi IUCN ro'yxatiga kiritilgan[6]. Amfibiyalarning ikki xil turi, sudralib yuruvchilarning esa 20 xil turi uchraydi. Testudo greaca Ozarbayjon Qizil kitobiga va IUCNga kiritilgan[7].

Qishloq xo'jaligi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Qishloq xoʻjaligi Gobustan iqtisodiyotining asosini tashkil etadi. Viloyatda eng muhim qishloq xo'jaligi mahsuloti g'alla hisoblanadi. Yillik don yetishtirish kishi boshiga taxminan 1 tonnani tashkil qiladi[8]. Boshqa yirik qishloq xo'jaligi mahsulotlari - kartoshka, karam, pomidor, uzum, no'xat, kungaboqar, poliz ekinlari va boshqalar yetishtiriladi[4].

Gobuston tuman sudi 1990-yilda tashkil etilgan; u Gobuston tuman xalq sudi deb ataladi va Ozarbayjon Adliya vazirligiga bo'ysunadi[9].

  1. „Information on the administrative-territorial units“. azerbaijan.az. 2019-yil 17-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 6-sentyabr.
  2. „Ganja Regional Culture and Tourism Department“ (en). regex.mctgov.az. 2018-yil 6-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 6-sentyabr.
  3. „Ganja Regional Culture and Tourism Department“ (en). regex.mctgov.az. 2018-yil 6-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 6-sentyabr.
  4. 4,0 4,1 „Information on the administrative-territorial units“. azerbaijan.az. 2019-yil 17-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 6-sentyabr.
  5. Samadov. „Population | The State Statistical Committee of the Republic of Azerbaijan“ (en). The State Statistical Committee of the Republic of Azerbaijan. Qaraldi: 2018-yil 6-sentyabr.
  6. 6,0 6,1 6,2 6,3 Schmidt, Sebastian (2009).
  7. 7,0 7,1 Permanent Delegation of the Republic of Azerbaijan to UNESCO. „Gobustan“. unesco.mfa.gov.az. Qaraldi: 2018-yil 7-sentyabr.
  8. „Rayon haqqında - QOBUSTAN RAYON Icra Hakimiyyəti“ (az). qobustan-ih.gov.az. Qaraldi: 2018-yil 7-sentyabr.
  9. „Gobustan District Court“. 2018-yil 6-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 4-iyun.