Kontent qismiga oʻtish

Ismoilli

Koordinatalari: 40°47′02″N 48°08′38″E / 40.78389°N 48.14389°E / 40.78389; 48.14389
Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Ismoilli

ozarbayjoncha: İsmayıllı
Shahar
40°47′02″N 48°08′38″E / 40.78389°N 48.14389°E / 40.78389; 48.14389
Mamlakat Ozarbayjon
Tuman Ismoilli
Hukumat
 • Ijro hokimyati rahbari Nihad Bagirov
Rasmiy til(lar)i ozarbayjon tili
Aholisi
 (2020)
25 900
Vaqt mintaqasi UTC+4:00
Telefon kodi +994 20 28[1]
Ismoilli xaritada
Ismoilli
Ismoilli

Ismoilli (ozarbayjoncha: İsmayıllı) — Ozarbayjon Respublikasidagi shahar (1967-yildan). Katta Kavkazning janubiy yon bagʻri etaklarida joylashgan. Myusyusli temir yoʻl stansiyasi (Tbilisi — Boku yoʻnalishi)dan 47 km. Aholisi 12,3 ming kishi (1990-yillar oʻrtalari). Yengil va oziq-ovqat sanoati korxonalari, asfalt zavodi bor [2].

Bu hudud miloddan avvlagi 2-asr oxiri yoki 1-asr oʻrtalarida Kavkaz Albaniyasi tarkibiga kirgan. Albaniyaning chap qirgʻogʻi hududida bir qancha yirik aholi punktlari boʻlgan[3], ular orasida VI-VII asrlarga oid Javonshir qalʼasi hozirda Ismoilli yaqinida, Toliston qishlogʻida joylashgan, qal’a Gardman va Albaniya hukmdori Javonshir nomi bilan atalgan[4], Kirdyman qal’a nomi bilan ham tanilgan[3].

1859—1864-yillarda viloyatning idora tavsifi boʻyicha tuzilgan Boku guberniyasining 1870-yildagi aholi punktlari roʻyxatiga koʻra, Ismoilli qishlogʻida sunniy ozarbayjonlardan (XIX asr — XX asr boshlarida Rossiya imperiyasida ozarbayjonlar „tatarlar“ deb atalgan) tashkil topgan 950 kishidan iborat 212 ta xonadon boʻlgan[5].

Ismoilli 1959-yil 24-avgustda shahar tipidagi aholi punkti, 1967-yilda esa shahar maqomini olgan[6].

2012-yil dekabrdan boshlab Ismoilli tumanining Mijon, Gazli qishloqlari mustaqil aholi punktlari sifatida tugatildi. Ular Ismoilli shahrining maʼmuriy hududiga qoʻshib yuborildi[7].

1921-yilgi Ozarbayjon qishloq xoʻjaligi aholini roʻyxatga olish maʼlumotlariga koʻra, Ozarbayjon SSR Koʻkchoy uyezdidagi Ismoilli qishloq jamoatining Ismoilli aholi punktida 875 kishi (156 xonadon) va asosan ozarbayjon turklari istiqomat qilgan[8].

2009-yilgi maʼlumotga koʻra, shahar aholisi 15 004 kishini tashkil qilgan. Aholining aksariyatini ozarbayjonlar tashkil qiladi, shu bilan birga lezginlar, ruslar, tatlar, xaputlinlar (krizlar) kabi oz sonli etnik guruhlar istiqomat qiladi, qachonlardir togʻlik yahudiylar ham yashagan[9].

Qardosh shaharlari

[tahrir | manbasini tahrirlash]
  1. „Şəhərlərarası telefon kodları“ (az). mincom.gov.az. 2021-yil 21-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 15-yanvar.
  2. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
  3. 3,0 3,1 Тревер К. В.. Очерки по истории и культуре Кавказской Албании IV в. до н. э.-VII в. н. э. M.-Л.: Издательство Академии наук СССР, 1959 — 261-bet. 
  4. Гияси Дж. А., Османов Ф. Л. О двух оборонительных памятниках Азербайджана // Известия АН АзССР. — 1980. — № 1. — С. 144.
  5. „Список населённых мест Бакинской губернии“, Списки населенных местностей Российской империи. По Кавказскому краю. Бакинская губерния, Тифлис, 1870 — 31-bet. 
  6. Ведомости Верховного Совета СССР. № 35 (967), 1959 г.
  7. „Парламент Азербайджана внес изменения в административно-территориальное деление ряда городов и районов“. 2012-yil 10-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2012-yil 30-dekabr.
  8. Азербайджанская сельско-хозяйственная перепись 1921 года. Итоги. Т. I. Вып. XI. Геокчайский уезд, Издание Аз. Ц. С. У., Баку, 1922 — 42—43-bet. 
  9. Von Masimovasif. „Многонациоанальный и мультикультурный Исмаиллы - Народы Азербайджана -“ (de) (2019-yil 31-avgust). 2019-yil 24-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 15-oktyabr.
  10. „Риштан и Исмаиллы стали побратимами“. Газета.uz (2018-yil 4-dekabr). 2018-yil 5-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 6-dekabr.
  11. „Лев Спивак: "АзИз" поддерживает всех выходцев из Азербайджана на муниципальных выборах в Израиле - ФОТО“ (ru). Day.Az (2018-yil 17-oktyabr). 2019-yil 8-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 8-may.
  12. „伊東市の友好都市・友好交流都市“ (ja). Itō. Qaraldi: 2020-yil 26-iyun.