Kontent qismiga oʻtish

Grenada iqtisodiyoti

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Grenada iqtisodiyoti
St. Georgeʼs, Grenada
Pul birligi Sharqiy Karib dollari (XCD)
Savdo tashkilotlari CARICOM
Statistika
YaIM
  • Increase $1.185 milliard (2018-yil)[1]
  • Increase $1.732 milliard (PPP, 2018-yil)[1]
YaIM oʻsishi
  • 4.2 % (2018-yil)
  • 3.1 % (2019-yil)
  • −9.6 % (2020-yil) 6.5 % (2021-yil)[2]
Aholi jon boshiga YaIM
  • Increase $10,939 (2018-yil)[1]
  • Increase $15,996 (PPP, 2018-yil)[1]
Tarmoqlar bo‘yicha YaIM qishloq xoʻjaligi: 11 %; sanoat: 20 %; xizmatlar: 69 % (2008-yil hisobi)
Inflyatsiya (CPI) 0.806 % (2018-yil)[1]
Aholining kambagʻallik chegarasidan past qatlami 38 % (2008-yil)[3]
Insonning oʻrtacha hayot indeksi

Increase0,763 yuqori (2018)[4] (78-oʻrin)

IHTI yoʻq (2018)[5]

Ishchi kuchi 59,900 (2013-yil)
Tarmoqlar boʻyicha ishchi kuchi qishloq xoʻjaligi 11 %, sanoat 20 %, xizmatlar 69 % (2008-yil hisobi)
Ishsizlik 33.5 % (2008-yil)
Asosiy sanoat tarmoqlari muskat yongʻogʻi, banan, kakao, meva va sabzavotlar, kiyim-kechak
Ish yuritishning qulaylik darajasi Increase 146-oʻrin (2020-yil)[6]
Tashqi aloqalar
Eksport $43.8 million (2015-yil)
Eksport tovarlari muskat yongʻogʻi, banan, kakao, meva va sabzavotlar, kiyim-kechak
Asosiy eksport hamkorlari Nigeriya 44.7 %

St. Lucia 10.8 %

Antigua va Barbuda 7.3 %

St. Kitts va Nevis 6.6 %

Dominika 6.6 %

AQSH 5.8 % (2012-yil)[7]
Import $310.4 million (2015-yil)
Import tovarlari oziq-ovqat, sanoat mahsulotlari, mashinalar, kimyoviy moddalar, yoqilgʻi
Asosiy import hamkorlari Trinidad and Tobago 49.6 %

Qoʻshma Shtatlar 16.4 % (2015-yil)[8]

Isroil 4.4 % (2015-yil)[8]

Yevropa Ittifoqi 2.8 % (2015-yil)[8]
Davlat moliyasi
Davlat qarzi $538 million (2010-yil)
Daromadlar $175.3 million (2009-yil)
Xarajatlar $215.9 million (2009-yil)
Iqtisodiy yordam $8.3 million (1995-yil)
Kredit reytingi B− (ichki)

B- (xorijiy)

BBB- (T&C baholash)

(Standart va oddiy)[9]

Barcha qiymatlar, agar boshqacha koʻrsatilmagan boʻlsa, AQSh dollarida.

Grenada iqtisodiyoti asosan, turizmga asoslangan, kichik va ochiq iqtisodiyot hisoblanadi. Soʻnggi yigirma yil ichida Grenada iqtisodiyotining asosiy yoʻnalishi qishloq xoʻjaligidan xizmat koʻrsatish sohasiga oʻtdi. Mamlakat iqtisodiyotida turizm yetakchi sektorga aylandi va bu soha orqali mamlakat iqtisodiyotida chet el valyutasi oqimi shakllandi. Mamlakatning asosiy eksport ekinlari qatoriga ziravorlar va muskat yongʻogʻi (Grenada dunyoda Indoneziyadan keyingi oʻrindagi muskat yongʻogʻi eksport qiluvchi davlat hisoblanadi) kabi mahsulotlar kiradi. Eksport uchun boshqa ekinlar qatoriga kakao, sitrus mevalar, banan, chinnigullar va dolchin kiradi. Grenada sanoatining ishlab chiqarish tarmogʻi asosan, kichik miqyosda ishlaydi. Jumladan, ichimliklar va boshqa oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarish, toʻqimachilik mahsulotlari va eksport uchun elektron buyumlarni tayyorlash kabilar.

Mamlakatda iqtisodiy oʻsish 1990-yillarning oxirida (oʻn yillikning dastlabki yillaridagi ichki fiskal moslashuvidan keyin) yaxshilandi. Kengaytirilgan soliq-byudjet siyosatiga qaramay, davlat qarzi YaIMning 50 foizi miqdorida saqlanib qoldi.Chunki defitsit qisman xususiylashtirishdan tushgan tushumlar hisobidan moliyalashtirildi. Mamlakatda 2001-yildan boshlab iqtisodiy oʻsish pasaydi. Iqtisodiyotdagi pasayishga global iqtisodiyotning sekinlashuvi va mamlakatdagi tabiiy ofatning salbiy taʼsirlari sabab boʻldi. Iqtisodiy pasayishni bartaraf etish uchun fiskal siyosat yanada kengaytirildi, xususiylashtirishdan tushadigan tushumlar esa kamaytirildi. Natijada, 2003-yilda davlat qarzi keskin oshib, YaIMning 110 foizga yaqinini tashkil etdi. 2004-yil sentyabr oyida „Ivan toʻfoni“ mamlakatni bosib olgach, iqtisodiy sharoitlar yomonlashdi. Davlat daromadlari kamayganligi va siyosat ustuvorligi toʻfondan keyingi yordamga oʻtkazilganligi sababli, mamalakat moliyaviy ahvoli achinarli holatga tushib qoldi.

Mamlakatda iqtisodiy pasayish va tabiiy ofatdan keyingi qayta qurish xalqaro hamjamiyatning yordami bilan amalga oshirilgan. Qayta qurish tez amalga oshirilgan boʻlsa-da, mamlakatda turizm va qishloq xo'jaligi sohalari zaifligicha qolmoqda. Davlat qarzi barqaror emas va hukumat katta moliyaviy qiyinchiliklarga duch kelgan bir paytda mamlakatni qayta qurish va tiklash boʻyicha qiyin vazifa ham koʻndalang boʻlib qoldi. Kelgusi yillarda iqtisodiy oʻsishni jonlantirish ustuvor vazifaga aylanishi kutilmoqda.

Iqtisodiy samaradorlik

[tahrir | manbasini tahrirlash]

1990-yillarning oxirida YaIM yiliga oʻrtacha olti foizga oʻsganidan soʻng, 2001-yil 11-sentyabrdagi AQSHdagi terrorchilik hujumlari natijasida xalqaro maydondagi moliyaviy muommolar va mamlakatdagi tabiiy ofatlar natijasida yetkazilgan zararlar tufayli mamlakatning asosiy tarmogʻi boʻlmish turizm sanoatining pasayishi natijasida iqtisodiy oʻsish 2001-yildan keyin sezilarli darajada kamaydi.

Grenada iqtisodiyoti 2004-yil sentyabr oyida mamlakatdagi binolarning 90 foiziga, jumladan, baʼzi sayyohlik obyektlariga zarar yetkazgan yoki vayron qilgan „Ivan“ toʻfoni tufayli deyarli toʻxtab qolgan edi. 2005-yil iyul oyida „Emily“ toʻfoni Grenada hududiga bostirib kirgan. Bu hali avvalgi toʻfon yetkazgan zararlarni qoplash bilan ovora boʻlayotgan mamlakat iqtisodiyotiga oʻnglab boʻlmas zarba berdi. Bu ham yetmaganidek, ketma-ket sodir boʻlgan toʻfonlar mamlakatdagi daraxtlarning katta qismini yoʻq qildi. Plantatsiyani tiklash uchun uzoq yillar talab qilinadi. Bu esa sayyohlar oqimiga ancha salbiy taʼsir qilishi mumkin.

„Ivan“ toʻfonining iqtisodiyotga yetkazgan zarari va yalpi ichki mahsulotning 200 foizdan oshib ketganligi sababli, iqtisodiy oʻsish 2003-yildagi ijobiy oʻsish koʻrsatkichiga (5,8 foizga) nisbatan 2004-yilda uch foizga pasayishni qayd etdi. Grenadada „Ivan“ va „Emily“ toʻfonlari yetkazgan zarardan soʻng tiklanish belgilari kuzatilgan boʻlsa-da, iqtisodiy sharoitlar ogʻirligicha qolmoqda. YaIM 2005-yilda atigi bir foizga oʻsgan.

Iqtisodiyotda barqaror oʻsishning yoʻqligi tufayli fiskal vaziyat 2001-yildan soʻng yomonlasha boshladi. Bu ijtimoiy tarmoqlar, ish haqi fondi, tovarlar narxi va xizmat xarajatlarining keskin oshishiga olib keldi. Natijada, byudjet taqchilligi 2000-yildagi 3,2 foizdan 2001-yilda yalpi ichki mahsulotning 8,5 foiziga yetdi. 2002-yilda fiskal vaziyat oʻzgarmasdan qoldi.Lili tropik boʻroni natijasida ishlab chiqarish sohasida pasayish yuzaga keldi. Shu tufayli defitsitning koʻrsatkichi YaIMning 19,2 foizigacha koʻtarildi. Iqtisodiyot 2003-yilda tiklana boshlaganida, hukumat fiskal konsolidatsiya choralarini koʻra boshladi va byudjet taqchilligi YaIMning 4,8 foiziga tushdi. Ammo 2004-yilda hukumat siyosati boʻrondan keyingi yordam tufayli keskin oʻzgargandi. Ayni paytda, boʻronlarning iqtisodiyotga taʼsiri natijasida davlat daromadlari kamaygan.

Mamlakat iqtisodiyotidagi 2001-yildan buyon iqtisodiy o‘sish koʻrsatkichi jahon iqtisodiyotidagi pasayish va tabiiy ofatlar tufayli pasaygan.Mamlakatda xususiylashtirishdan tushadigan tushumlar kamaygach, soliq-byudjet siyosati yanada kengaytirildi. Natijada 2002-yilda davlat qarzi yalpi ichki mahsulotning 100 foizdan ortigʻini tashkil etdi.2004-yilda esa davlat qarzi yalpi ichki mahsulotning 130 foizini tashkil etdi.

Grenada Sharqiy Karib dengizi Markaziy bankining (ECCB) aʼzosi hisoblanadi. Sharqiy Karib dengizi Markaziy banki aʼzo mamlakatlarning pul-kredit siyosatini boshqaradi va barcha aʼzo mamlakatlar uchun umumiy valyuta chiqaradi. Valyuta kengashining kelishuvi tufayli Grenadada iqtisodiy pasayishdan keyin inflatsiya past va barqaror boʻlib qoldi, soʻnggi 15 yil ichida inflatsiya oʻrtacha ikki foizni tashkil etdi.

Toʻlov balansi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Grenadaning hozirgi kundagi hisob balansi koʻp miqdorda isteʼmol tovarlari importiga va ichki investitsiyalarga qaramligi tufayli katta defitsitda qolmoqda. 1997-yildan 2000-yilgacha YaIMning oʻrtacha 44 foizini tashkil etgan defitsitdan soʻng, joriy hisob taqchilligi 2001-yildan beri import mahsulotlari talabining oshishi, turizm va muskat yongʻogʻi eksportidan tushadigan tushumlarning kamayishi tufayli YaIMning 35 foiz koʻrsatkichi natijasiga erishdi. Joriy hisob taqchilligi to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar oqimi, rasmiy grantlar va kreditlar, xususiy sektorning tijorat qarzlari hisobiga moliyalashtiriladi. Grenada iqtisodiyoti turizm, eksport va mahalliy isteʼmol qilinadigan yoki investitsiya qilinadigan tovarlarning koʻpchiligi importga yuqori darajada bogʻliqligi tufayli tashqi zarbalarga nisbatan anchagina zaif hisblanadi. Shuningdek, iqtisodiyot tabiiy ofatlar kabi boshqa salbiy zarbalarga ham tez-tez uchrab turadi.

YaIM: mamlakat xarid qobiliyati — 1,401 milliard dollar (2015-yil).

YaIM — real oʻsish sur’ati: 4,6 % (2015-yil).

YaIM — aholi jon boshiga: xarid qobiliyati pariteti — 13 100 AQSh dollari (2015-yil).

YaIM — tarmoqlar bo‘yicha tarkibi: qishloq xo‘jaligi: 6,2 % sanoat: 14,3 % xizmatlar: 79,5 % (2015-yil).

Qashshoqlik chegarasidan past boʻlgan aholi: 38 % (2008-yil hisobi)

Uy xoʻjaliklarining daromadi yoki isteʼmoli foiz ulushi boʻyicha: eng past 10 %: eng yuqori 10 %:

Inflatsiya darajasi (isteʼmol narxlari): 1,3 % (2015-yil)

Ishchi kuchi: 59 900 (2013-yil)

Ishchi kuchi tarmoqlar boʻyicha: xizmatlar 69 %, qishloq xoʻjaligi 11 %, sanoat 20 % (2008-yil hisobi.)

Ishsizlik darajasi: 33,5 % (2013-yil)

Valyuta: 1 Sharqiy Karib dollari (EC$) = 100 sent

Ayirboshlash kurslari: Sharqiy Karib dengizi dollari (EC$) 1 AQSH dollari — 2.7000 (1976-yildan beri belgilangan kurs)

  1. 1,0 1,1 1,2 1,3 1,4 "World Economic Outlook Database, October 2019". IMF.org. International Monetary Fund. Retrieved 22 October 2019.
  2. „Global Economic Prospects, June 2020“. openknowledge.worldbank.org. World Bank. p. 86. Retrieved 16 June 2020.
  3. „Grenada Population Below Poverty Line(%)“. CIA World Factbook. 2015. Archived from the original on June 13, 2007. Retrieved 2016-07-30.
  4. „Human Development Index (HDI)“. hdr.undp.org. HDRO (Human Development Report Office) United Nations Development Programme. Retrieved 11 December 2019.
  5. „Inequality-adjusted Human Development Index (IHDI)“. hdr.undp.org. HDRO (Human Development Report Office) United Nations Development Programme. Retrieved 11 December 2019.
  6. „Ease of Doing Business in Grenada“. Doingbusiness.org. Retrieved 2017-01-23.
  7. „Export Partners of Grenada“. CIA World Factbook. 2015. Archived from the original on June 13, 2007. Retrieved 2016-07-30.
  8. 8,0 8,1 8,2 „Import Partners of Grenada“. CIA World Factbook. 2015. Archived from the original on June 13, 2007. Retrieved 2016-07-30.
  9. „Sovereigns rating list“. Standard & Poor’s. Retrieved 26 May 2011.