Kontent qismiga oʻtish

Gundishopur

Koordinatalari: 32°17′N 48°31′E / 32.283°N 48.517°E / 32.283; 48.517
Vikipediya, erkin ensiklopediya
Gundishopur
  • 𐭥𐭧𐭩𐭠𐭭𐭣𐭩𐭥𐭪𐭱𐭧𐭯𐭥𐭧𐭥𐭩
  • گندی‌شاپور

Gundishopur xarobalari
Gundishopur is located in Iran
Gundishopur
Shown within Iran
Muqobil nomlar Weh-Antiyok-Shapur
Manzilgoh Xuziston, Eron
Mintaqa Eron platosi
Koordinatalar 32°17′N 48°31′E / 32.283°N 48.517°E / 32.283; 48.517
Turi manzilgoh
ning ofqisnmi Sosoniylar davlati
Tarix
Tashkil etilgan Milodiy 3-asr
Davrlar Soʻnggi antik davrdan oʻrta asrlarga qadar
Madaniyatlar Eroniylar, oromiylar, yunon-rimlar
Makon qaydlari
Vaziyat xaroba holatida

Gundishopur (Pahlaviycha:𐭥𐭧𐭩𐭠𐭭𐭣𐭩𐭥𐭪𐭱𐭧𐭯𐭥𐭧𐭥𐭩, Weh-Andiōk-Šābuhr; forscha: ) Sosoniylar davlatining intellektual markazi va oʻz akademiyasiga ega, shahanshoh Shopur I asos solgan shahar. Gundishopurda oʻquv shifoxonasi, kutubxona hamda oliy taʼlim markazi boʻlgan. Uning oʻrni Dizpuldan 14 km janubi-sharqda, hozirgi Eronning janubi-gʻarbidagi Xuziston ustoni Shushtar yoʻligacha boʻlgan Shohobod qishlogʻidan janubdagi keng xarobalarda deb topilgan.

Arablar Eronni fath etgach, shahar tanazzulga yuz tuta boshladi va 638-yilda musulmonlarga taslim boʻldi. Biroq islom davrida ham muhim markaz boʻlib qoldi. Safforiylar sulolasi asoschisi Yaʼqub Ibn Lays As-Saffor 879-yildagi tasodifiy oʻlimidan uch yil avval Gundishopurni oʻzining qarorgohiga aylantiradi. Uning qabri shahardagi eng diqqatga sazovor joylardan biriga aylanadi[1].

Oʻrta fors tilidagi Gondēšāpūr (yoki Gundēšāpūr) soʻzi forscha wandēw Šāpūr (maʼnosi Shopur tomonidan sotib olingan) jumlasidan[2] yoki Gund-dēz-i Shāpūr (maʼnosi Shopurning harbiy qal’asi) jumlasidan[3][4] yo Weh-Andiyok-Shāpūr (maʼnosi Shopur Antioxiyasidan yaxshiroq) jumlasidan kelib chiqqan boʻlishi mumkin. Yangi fors tilida گندی‌شاپور Gondēshāpūr shaklida tanilgan.

Klassik suryoniy tilida shahar ܒܝܬ ܠܦܛ Bēth Lapaṭ[5], yunon tilida Bendosabora, arabcha esa جنديسابور Jundaysābūr shaklida uchraydi.

Gundishopurning yuksalishi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

256-yilda rimliklarning Antioxiyasini zabt etgan sosoniylar shahanshohi Shopur I Suza va Shushtar orasida Gundishopur shahriga asos soladi. Rim harbiy asirlarini joylashtirish joyi sifatida qurilgan shahar, keyinchalik sosoniylar shohlarining qishki qarorgohiga va Xuziston viloyatining markaziga aylanadi[6][7][8]. Gundishopur Suza, Karka d-Ledan va Shushtar bilan birga viloyatning toʻrtta asosiy shaharlaridan biri edi[8]. Gundishopurda asosan nasroniylar istiqomat qilgan va Bet Huzayening Sharq-Suriya metropolitan markazi sifatida xizmat qilgan[7].

Aksariyat olimlar Ardashirning (Artakseks) oʻgʻli Shopur I imperator Valerian boshchiligidagi Rim qoʻshinini magʻlub etganidan keyin shaharga asos solgan deb hisoblashadi. Gundishopur garnizon shahar boʻlib, koʻplab Rim harbiy asirlari joylashgan. Shopur I Gundishopurni o'z poytaxtiga aylantirgan.

Shopurning xotini, Avrelianning qizi u bilan birga poytaxtda yashagan. U oʻzi bilan shaharda joylashgan va Gippokrat tibbiyotidan dars bergan ikki yunon tabibini olib kelgan.

489-yilda Edessadagi Nestorian diniy va ilmiy markazi Vizantiya imperatori Zenon tomonidan yopildi va Nisibis maktabi[9] yoki Nisibin maktabiga aylantirildi, keyin esa Xuzistonning Gundishopur shahrida dunyoviy fakultetlari bilan Fors hukmronligi ostiga o'tkazildi. Bu yerda olimlar 529-yilda Yustinian I tomonidan Afinadan quvgʻin qilingan butparast faylasuflar bilan birgalikda tibbiyot, astronomiya va matematika boʻyicha muhim tadqiqotlar olib bordi[10].

Aynan sosoniylar podshohi Xusrav I Anushirvon „Oʻlmas“ (milodiy 531-579), yunonlar va rimliklar orasida Chosroes nomi bilan mashhur boʻlgan, hukmronligi davrida Gundishopur tibbiyoti va bilimdonligi bilan mashhur boʻlgan. Xusrav I turli yunon faylasuflariga, Vizantiya imperiyasi tomonidan diniy taʼqiblardan qochgan Nestorian ossuriylarga boshpana bergan.

Shahanshoh qochqinlarga yunon va suryoniy matnlarni pahlaviy tiliga tarjima qilishni topshirgan. Ular tibbiyot, astronomiya, astrologiya, falsafa, foydali hunarmandchilikka oid turli asarlarni tarjima qilgan.

Anushirvon sharqqa ham burilib, mashhur tabib Barzuyani hind va xitoy olimlarini Gundishopurga taklif qilish uchun yuboradi. Bu tashrif buyuruvchilar astronomiya, munajjimlik, matematika va tibbiyotga oid hind tilidagi matnlarni hamda oʻsimlik tibbiyoti va dinga oid xitoycha matnlarni tarjima qiladi. Aytishlaricha, Barzuyaning oʻzi hozirgacha dovrug'i tushmagan hind panchatantrasini sanskrit tilidan fors tiliga Kalila va Dimna deb tarjima qiladi.

Koʻplab ossuriylar V asrda Gundishopurga joylashadi. Ossuriyaliklar, asosan, oʻsha davrda yetakchi tibbiyot markazi boʻlgan urfalik shifokorlar salangan[11]. Toki shahar arab-islom qoʻshinlari qoʻliga oʻtib, ular shahar va ilm maskanlarini vayron qilgunga qadar akademiyada taʼlim suryoniy tilida olib borildi[12].

Gundishopur islom davrida

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Sosoniylar davlati 638-yilda arab-islom qoʻshinlari qoʻliga oʻtdi. Akademiya hukmdorlar almashinuvidan omon qoldi va oʻzini musulmon oliy taʼlim instituti sifatida koʻrsatish orqali bir necha asrlar davomida saqlanib qoldi. Milodiy 832-yilda xalifa al-Maʼmun Bayt ul-hikmaga, yaʼni „Hikmatlar uyiga“ asos soldi. U yerda Gundishopur usullariga taqlid qilingan, chunki Hikmatlar uyi hind va baʼzi yunon va eroniy tibbiyot anʼanalarida kuchli tayyorgarlikdan oʻtgan Gundishopur eski akademiyasining bitiruvchilarini jalb qilgan. Hikmatlar uyi Al-Maʼmunning vorisi, ilm Qur’onda keltirilgan maʼlumotlarga zid keladi deb hisoblovchi xalifa al-Mutavakkil davrida tarqatib yuborilgan deb ishoniladi. Bundan tashqari, Abbosiylar xalifaligining intellektual markazi arablar qal’asi Bagʻdodga koʻchib oʻtgan edi, chunki bundan buyon zamonaviy adabiyotlarda Gundishopurdagi universitetlar yoki kasalxonalar haqida juda kam havolalar mavjud.

Gundishopur hind va baʼzi yunon tibbiyoti oʻrtasidagi asosiy bogʻliqlik boʻlgan, chunki uning oldingi tibbiyot anʼanalarini uygʻunlashtirish amaliyoti, shuning uchun oldingi qadimiy tamaddunlardan keyingi islomiy oʻzlashtirishga oʻtish yanada izchil edi[13].

Gundishopur kasalxonasining oxirgi tasdiqlangan rahbari 869-yilda vafot etgan Sabur ibn Sahl edi. Bundan keyingi kasalxona taqdiri nomaʼlum[14].

Soʻnggi akademik ikkilanishlar

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Baʼzi olimlar Gundishopurdagi kasalxonaning mavjudligiga shubha bilan qarashadi va „[Gundishopur] tibbiyot tarixida hal qiluvchi rol oʻynaganligi haqidagi daʼvolarni tasdiqlaydigan maʼlum fors manbalari“ yoʻqligini daʼvo qilishadi[15]. Gundishopurdagi tibbiy markaz Nisibis maktabiga oʻxshab ketgan boʻlardi, deb taxmin qilingan. Koʻproq ehtimol, Nisibisdagi kabi tibbiy matnlar oʻqiladigan seminariya va tibbiyot bilan shugʻullanadigan kasalxona mavjud boʻlgan[16].

Bundan tashqari, Gundishopurning obroʻsi shahar gʻarbida joylashgan va u bilan maʼmuriy jihatdan bogʻlangan Suza shahri bilan birlashtirilgan boʻlishi mumkin. Sosoniylar shohlik yilnomalariga ega boʻlgan olim At-Salibiy islomgacha boʻlgan Fors haqida gapirib, shunday yozgan:

Shu tariqa, Sus [Suza] ahli hind tabibidan [Shopur I tomonidan Suzaga olib kelingan] va ularga yaqin yashagan yunon asirlaridan saboq olgani uchun Ahvoz va Fors ahlining tibbiyotda eng mohiriga aylandi; keyin [tibbiy bilimlar] avloddan-avlodga oʻtib kelgan[17].

Boshqa tomondan, xuddi shu manba Gundishopurning tibbiy obroʻsining yana bir tasdigʻi boʻlishi mumkin, chunki Suza Gundishopurni oʻz ichiga olgan butun mahalliy mintaqani ifodalashi mumkin (ular maʼmuriy jihatdan bogʻlangan edi). Buni Suza bilan solishtirish uchun iqtibosda zikr etilgan Ahvoz va Forsning ham mintaqa boʻlgani tasdiqlaydi, bu esa mintaqalar solishtirilayotganidan dalolat beradi.

  1. Alireza Shapour Shahbazi; Lutz Richter-Bernburg. GONDĒŠĀPUR. 
  2. Islom ensiklopediyasida „Gondēshāpūr“
  3. "GONDĒŠĀPUR" in Encyclopædia Iranica
  4. Potts, D. T.. The Archaeology of Elam: Formation and Transformation of an Ancient Iranian State (en). Cambridge University Press, 1999 — 421-bet. ISBN 978-0-521-56496-0. 
  5. Thomas A. Carlson et al., "Beth Lapaṭ — ܒܝܬ ܠܦܛ " in The Syriac Gazetteer last modified January 14, 2014, http://syriaca.org/place/35.
  6. Jalalipour 2015, s. 11.
  7. 7,0 7,1 Fiori 2015.
  8. 8,0 8,1 Shahbazi & Richter-Bernburg 2002, ss. 131–135.
  9. University of Tehran Overview/Historical Events (Wayback Machine saytida 2011-02-03 sanasida arxivlangan)
  10. Hill (1993), s. 4
  11. „Google Sites: Sign-in“. 2008-yil 2-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2008-yil 28-avgust.
  12. Frye (1975b), s. 397
  13. Frye (1975b), ss. 388–389
  14. Alireza Shapour Shahbazi; Lutz Richter-Bernburg. GONDĒŠĀPUR. 
  15. Dols (1987), s. 369
  16. Dols (1987), s. 377
  17. Dols (1987), s. 378