Kontent qismiga oʻtish

Gurlan

Koordinatalari: 41°39′0″N 60°18′0″E / 41.65000°N 60.30000°E / 41.65000; 60.30000
Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Gurlan shaharchasidan yoʻnaltirildi)
Gurlan
shahar
41°39′0″N 60°18′0″E / 41.65000°N 60.30000°E / 41.65000; 60.30000
Mamlakat Oʻzbekiston
viloyat Xorazm viloyati
{{{tuman_turi}}} Gurlan tumani
Hukumat
Asos solingan 1982
Maydon 045 km2 (17 kv mi)
Iqlim turi keskin kontinental
Rasmiy til(lar)i oʻzbekcha
Aholisi
 (2004)
27 300
Milliy tarkib oʻzbeklar
Konfessiyaviy tarkib musulmonlar
Vaqt mintaqasi UTC+5
Telefon kodi +998 6236
Avtomobil kodi 90
Gurlan xaritada
Gurlan
Gurlan

Gurlan – Xorazm viloyatidagi shaharcha (1982—1992-yillarda shahar)[1], Gurlan tumani markazi. Yaqin temir yoʻl stansiyasi Shovot – 20 km. Gurlandan viloyat markazi Urganch shahrigacha 36 km. Oʻrtacha harorati iyulda 26—28 °C, yanvarda —6 °C. Aholisi 27 300 kishi (2004). Gurlanda hokimiyat binosi, aloqa boʻlimi, mehmonxona, 2 transport korxonasi, „Gurlanteks“ ip gazlama va trikotaj kiyimlar fabrikasi, 7 umumiy taʼlim maktabi, 8 kutubxona, madaniyat va istiroxat bogʻi, stadion, 2 kasalxona, 4 poliklinika, dorixona bor[2].

Gurlan Xorazmning oʻrta asrda tashkil topgan shaharlaridan biri. Gurlandan taxminan 7 kilometr (4,3 milya) shimolda Yangi Vazir deb nomlangan qalʼa qurilgan[3]. Xorazmlik hanafiy faqihi Jaloliddin Kurloniy Gurlandandir[4]. 19-asr boshlarida Xiva xonligining mashhur shahri boʻlgan. Gurlanda 1905-yildan 1911-yilgacha boʻlgan davrda oʻta konservativ qarshiliklarga duch kelgan „Yangi usul“ maktabi ochilgan[5]. 1920-yilda Xiva xonligi tugatilib, Gurlan Oʻzbekiston Sovet Sotsialistik Respublikasi tarkibiga kiritildi. Gurlan 1926-yil 29-sentyabrgacha Xorazm viloyati tarkibiga kirdi[6]. Gurlan shahri tumani markaziga aylantirildi. 1926-yildan keyin Gurlan bevosita Oʻzbekiston Sovet Sotsialistik Respublikasiga boʻysundi. 1938-yil 1-oktyabrda Xorazm viloyati qayta tashkil etildi[7]. Uning tarkibiga Gurlan tumani ham kiritildi. 1981-yil oktabrgacha u qishloq posyolkasi sifatida tasniflangan, keyinroq unga shahar tipidagi aholi punkti maqomi berilgan[8]. 1984-yilda Gurlanga shahar maqomi berildi va viloyat ahamiyatiga ega shaharga aylandi[9]. Sovetlar davrida bu yerda bolalar shifoxonasi qurilgan[10]. Gurlan Qoraqalpogʻistonga yaqinroq boʻlgani uchun u yerda til Xorazmning boshqa shaharlariga qaraganda bir oz farq qiladi[manba kerak].

Gurlan tumani paxta yetishtirish boʻyicha (asosan eksport uchun) yirik markaz boʻlib, shahar paxta tozalash zavodlari bilan mashhur[11][12]. Boshqa ekinlarga sholi bugʻdoy kiradi, bugʻdoydan tashqari, makkajoʻxori, joʻxori, tarvuz, poliz va sabzavot kabi boshqa ekinlar yetishtiriladi[13][14][15]. Oʻzbekiston hukumati choʻl yaqinidagi yerlarda sholi yetishtirmaslik kerakligini taʼkidlagan edi, lekin Gurlan yaqinida sholi dalalari koʻrinib turibdi va u qishloq xoʻjaligi yerlaridan foydalanishning asosiy qismini tashkil qiladi[16]. Amudaryo (Oks daryosi) toʻgʻonini toʻsish natijasida hosil boʻlgan hududda sugʻorish qishloq xoʻjaligi ishlab chiqarishini sezilarli darajada yaxshilagan va Sovet Ittifoqi davrida Gurlandagi fermer xoʻjaliklariga bir qator koreyslar yuborilgan[17].

Gurlan – Xorazmning taniqli non ishlab chiqaruvchisi[18]. Gurlanning „Xorazm poyafzali“ aksiyadorlik jamiyati yaʼni, Garlen poyabzal fabrikasi bor. U 1988-yilda tashkil etilgan. Poyafzal xomashyodan, xususan, charmdan ishlab chiqariladi. Bitimlar ingliz tilida olib boriladi[19]. Shahar markazida bir qancha banklar joylashgan, jumladan Agrobank, Xalq bank va Gurlan Milliy Bank[20].

Gurlanda yirik parrandachilik fermasi mavjud[20].

Demografiyasi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

1989-yilgi aholini roʻyxatga olish maʼlumotlariga koʻra, Gurlanning aholisi 19 807 kishi edi[21]. Uning aholisi 2016-yilda 27 600 kishiga yetdi[22]. Oʻzbek tili davlat tili hisoblanadi, biroq mintaqaviy qipchoq xorazm tilida Gurlanda ham baʼzilar soʻzlashadi[23][24] . Gurlan aholsi toʻquvchilik, kulolchilik, zargarlik, novvoylik, hunarmandchilik va qishloq xoʻjaligining professional hunarlari bilan shugʻullanadilar[18]. Xiva bu shaharga yaqin joylashgan yirik shahar markazidir. Shahar musiqachilari ham mamlakatda yaxshi tanilgan[18].

  1. Gurlan
  2. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
  3. Khorezmiĭ, Munis; Ogaḣiĭ, Muḣammad Rizo Mirob Ėrniëzbek ŭghli. Firdaws Al-iqbāl: History of Khorezm. BRILL, 1999 — 565-bet. ISBN 978-90-04-11365-7. 
  4. Renard, John. Tales of God's Friends: Islamic Hagiography in Translation. University of California Press, 2009 — 135–-bet. ISBN 978-0-520-25896-9. Qaraldi: 2013-yil 13-may. 
  5. Allworth, Edward. The Modern Uzbeks: From the Fourteenth Century to the Present : a Cultural History. Hoover Press, 1990 — 140–-bet. ISBN 978-0-8179-8733-6. Qaraldi: 2013-yil 13-may. 
  6. „ru:Узбекская Советская Социалистическая Республика“ (Russian). narod.ru. Qaraldi: 2013-yil 14-may.[sayt ishlamaydi]
  7. „ru:Хорезмский вилайет“ (Russian). narod.ru. Qaraldi: 2013-yil 14-may.[sayt ishlamaydi]
  8. Soviet Geography. Scripta Publishing Company, 1985 — 121-bet. 
  9. „ru:Хорезмский вилайет“ (Russian). narod.ru. Qaraldi: 2013-yil 14-may.[sayt ishlamaydi]
  10. Political History of Russia. Nova Science Publishers, 1995 — 209-bet. 
  11. Martius, Christopher. Cotton, Water, Salts and Soums: Economic and Ecological Restructuring in Khorezm, Uzbekistan. Springer, September 2011 — 338-bet. ISBN 978-94-007-1963-7. 
  12. Э. Ю. Юсупов. Тхе Остовер Револютион анд воменьс либератион ин Узбекистан. Наука Публишерс, Централ Депт. оф Ориенталь Литературе, 1985 — 192-bet. ISBN 9780828530903. 
  13. „Spatio-temporal analyses of cropland degradation in the irrigated lowlands of Uzbekistan using remote-sensing and logistic regression modeling“ (PDF). Journal of Environmental Monitoring and Assessment. Springer. 24 September 2012.
  14. World Trade Centers Association. World business directory. Gale Research Inc., 1998 — 5262-bet. ISBN 9780787613556. 
  15. Zoology in the Middle East. Max Kasparek, 2006 — 51-bet. 
  16. Erasmi, Stefan; Cyffka, Bernd; Kappas, Martin. Remote Sensing & GIS for Environmental Studies: Applications in Geography. Erich Goltze, 2005 — 122-bet. ISBN 978-3-88452-113-7. 
  17. Olson, James S.; Pappas, Lee Brigance; Pappas, Nicholas Charles. An Ethnohistorical dictionary of the Russian and Soviet empires. Greenwood Publishing Group, 1994 — 393-bet. ISBN 978-0-313-27497-8. 
  18. 18,0 18,1 18,2 J.A. Hammerton. Peoples Of All Nations: Their Life Today And Story Of Their Past (in 14 Volumes). Concept Publishing Company, 1 January 2007 — 3234–-bet. ISBN 978-81-7268-144-9. 
  19. BISNIS Search for Partners. Business Information Service for the Newly Independent States (BISNIS), U.S. Department of Commerce, International Trade Administration, 1997. [sayt ishlamaydi]
  20. 20,0 20,1 „ru:Гурлен - Справочник Узбекистана“ (Russian). Золотые страницы Узбекистана. Qaraldi: 2013-yil 14-may.
  21. Demoscope Weekly. „Всесоюзная перепись населения 1989 г. Численность городского населения союзных республик, их территориальных единиц, городских поселений и городских районов по полу.“ [All Union Population Census of 1989. Urban population of the union republics, their territorial units, urban settlements and urban districts by gender.] (Russian). Всесоюзная перепись населения 1989 года (All-Union Population Census of 1989). Institute of Demographics of the State University—Higher School of Economics (1989). Qaraldi: 2013-yil 16-may.
  22. Shaharlar geografiyasi (uz) — 173-bet.  (Wayback Machine saytida 2022-07-09 sanasida arxivlangan)
  23. Anita Sengupta. The Formation of the Uzbek Nation-state: A Study in Transition. Lexington Books, 2003 — 292–-bet. ISBN 978-0-7391-0618-1. 
  24. Radio Liberty Research Bulletin. Radio Free Europe/Radio Liberty, 1977.