Gyote nomidagi 60-sonli IDUM
Gyote nomidagi 60-sonli IDUM | |
---|---|
Address | |
Fidokor koʻchasi, 23 Toshkent, Oʻzbekiston | |
Maʼlumot | |
Maktab turi | IDUM |
Asos solingan sanasi | 1920-yil |
Direktor | Tatyana Nekrasova |
Sinflar | 1-sinfdan 11-sinfgacha |
Gender | aralash (oʻgʻil va qiz bolalar birgalikda oʻqitiladi) |
Til | Ruscha |
Tuition | bepul |
Gyote nomidagi 60-sonli IDUM — Toshkent shahridagi nemis tilini chuqurlashtirgan holda oʻqitishga ixtisoslashgan davlat maktab muassasasi. 2019-yildan maktab nemis yozuvchisi Iogann Volfgang fon Gyote nomi bilan ataladi. Ushbu maktab Oʻzbekistondagi eng yaxshi 10 ta davlat taʼlim muassasalari qatoriga kiradi[1].
Tarixi
[tahrir | manbasini tahrirlash]1917-yilda Gogol koʻchasida (hozir Istiqbol koʻchasi) ixtisoslashtirilgan temir yoʻl maktabi ochildi. 1920-yilda maktab 60-sonli ixtisoslashtirilgan maktab deb oʻzgartirildi va V. A. Shumilov direktor etib tayinlandi. 1962-yilda 60-maktab nemis tilini chuqur oʻrganadigan ixtisoslashtirilgan maktabga aylantirildi[2]. 1985-yilda maktab binosi Chexov koʻchasi, 23-uyga koʻchirildi. Eski binoda hozirda Fransiyaning Oʻzbekistondagi elchixonasi joylashgan[3]. 1991-yilda Tatyana Nekrasova 60-sonli maktab direktori boʻldi[4]. 2019-yildan maktab nemis yozuvchisi Iogann Volfgang fon Gyote nomi bilan ataladi[5]. 2022-yilda maktab binosida kapital taʼmirlash ishlari yakunlanib, ikkinchi binosi qurildi. 2022-yil 1-noyabr kuni Germaniya tashqi ishlar vaziri Annalena Berbok maktabga tashrif buyurib, oʻquvchilarning bilim darajasini yuqori baholadi[6].
Faoliyat
[tahrir | manbasini tahrirlash]Gyote nomidagi 60-sonli IDUM oʻquvchilarni Germaniya universitetlarida oʻqish uchun zarur boʻlgan xalqaro til diplomini (DSD) olishga tayyorlash markazidir[2]. 1996-yildan beri maktab Germaniyaning Xorijdagi maktablar markaziy idorasi (Zentralstelle für das Auslandsschulwesen, ZfA) bilan hamkorlik qiladi[7][8].
2020-yildan beri Vikipediyada maqolalar yozish uchun tashkil etilgan „Wikischool“ klubi oʻz faoliyatini yuritib kelmoqda[9][10]. 2023-yilda maktab oʻquvchisi Yaroslav Galiyev „Viki Yerni Sevadi Oʻzbekiston 2023“ foto tanlovida[11], Azizbek Karimov va Azimxon Abbosxonov esa WikiStipendiya II doirasidagi „Tarjima marafonida“ sovrindor boʻlishgan[12].
Taniqli bitiruvchilar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Irina Semenova — oʻzbekistonlik shaxmatchi, xalqaro FIDE hakami.
- Maksim Shin — tennis boʻyicha Oʻzbekiston terma jamoasi aʼzosi.
- Sardor Abdukarimbekov — qilichbozlik boʻyicha oʻsmirlar oʻrtasida Jahon chempioni.
- Viktoriya Nikiforova — badiiy gimnastika boʻyicha oʻsmirlar oʻrtasida Osiyo chempioni.
Galereya
[tahrir | manbasini tahrirlash]-
birinchi binoga asosiy kirish
-
birinchi qavatda Gyote portreti
-
ikkinchi qavatdagi mozaik panno (muallif: mehnat o'qituvchisi Ivan Zagumyonniy)
-
ikkinchi bino
-
ikkinchi binoda badiiy rasm
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ qalampir.uz. „O‘zbekistonning eng yaxshi 10 ta maktabi e’lon qilindi“.
- ↑ 2,0 2,1 „Школа им. Гёте № 60“.
- ↑ „Fransiyaning O‘zbekistondagi elchixonasi sayti“.
- ↑ „школа № 60“.
- ↑ daryo.uz. „Toshkentdagi 60-sonli maktabga nemis shoiri Gyote nomi berildi“.
- ↑ Darakchi.uz. „Глава МИД ФРГ Анналена Бербок побывала в ташкентской школе №60“.
- ↑ darakchi.uz. „ТАШКЕНТСКОЙ ШКОЛЕ ПРИСВОЕНО ИМЯ ВЕЛИКОГО НЕМЕЦКОГО ПОЭТА“.
- ↑ pasch-net.de. „Schulen in Usbekistan“.
- ↑ „Школьники Узбекистана развивают узбекский раздел Википедии“. yuz.uz.
- ↑ „Ўқувчилар «Википедия»нинг Ўзбек тилидаги қисмини бойитиш устида ишлаяпти“. Oʻzbekiston milliy teleradiokompaniyasi (10-may).
- ↑ Galiyev, Yaroslav. С любовью к природе (ru). “O‘zbekiston o‘qituvchisi” gazetasi (25-august 2023-yil), s. 6.
- ↑ Artemev, Nikolay. Марафон переводов (ru). “O‘zbekiston o‘qituvchisi” gazetasi (29-dekabr 2023-yil), s. 9.