Kontent qismiga oʻtish

Hisor madaniyati

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Hisor madaniyati - mil. av. 6-3-ming yilliklarga oid neolit davri arxeologik majmuasi. Asosiy yodgorliklari Tojikistonning Yovonsu, Vaxsh, Qizilsuv, Kofarnihon daryolari havzalarida qayd etilgan. Hisor madaniyatini 1948 yil A.P.Okladnikov kashf etgan; asosiy yodgorliklari Tutkovul, Sayyod, Qozi Berdi va boshqa Bu madaniyat davriy jihatdan Oʻzbekistondagi Kal-taminor va Turkmanistondagi Joytun arxeologik madaniyatlari bilan bir vaqtga toʻgʻri keladi. Topilmalari tosh va suyakdan yasalgan qurollar, qar xil maishiy oʻchoqlardan iborat. Tosh qurollar yasashda ohaktosh, kvarsit, serpantin, yashma kabi materiallardan foydalanilgan. Hozirgacha Hisor madaniyati yodgorliklarida sopol buyum namunalarini uchramasligi tadqiqotchilar uchun yechilmagan muammo boʻlib qolmoqda. Holbuki, Kaltaminor madaniyati davrida — Oʻrta Osiyoda sopol idish tayyorlangani maʼlum edi. Hisor madaniyati sohiblarini xoʻjalik jihatdan en-digina oʻtroqlashayotgan ovchilar, terimchilik bilan tirikchilik qiluvchilar tashkil etardi deb hisoblash mumkin. Dehqonchilikning ilk belgilari faqat Hisor madaniyati ning soʻnggi davrida paydo boʻlgan.