Kontent qismiga oʻtish

Hojimuqon

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Muqon Mungaytpasov
qozoqcha: Қажымұқан Мұңайтпасұлы
Tavalludi 7-aprel 1871
Vafoti 12-avgust 1948
Fuqaroligi SSSR

Hojimuqon (asl ism-sharifi Muqon Mungaytpasov) (1871, hozirgi Oqmoʻla viloyati Qorayetgel qishlogʻi — 1948.12.8, Janubiy Qozogʻiston viloyati Aris qishlogʻi) — qozoq polvoni, yunon-rum kurashi boʻyicha pro-fessional kurashchilar oʻrtasida jahon chempioni (1909, Riga; 1911, Varshava). Toʻy kurashlarida chiniqqan H. 1901-yilda Omsk sirkida ilk bor professional kurashchi bilan bellashgan. Peterburgga taklif etilgan. 2 yil davomida yunon-rum kurashi ustalari bilan birga shugʻullangan. 1904-yil parijda oʻtkazilgan xalqaro musobaqada gʻolib chiqib, xalqaro maydonda tanilgan. U Yevropa mamlakatlarida asosan Vengriya, Germaniya, Polsha, Fransiya, Afgʻoniston, Xitoy kabi mamlakatlarda oʻtkazilgan musobaqalarda qatnashib, 48 ta medalni qoʻlga kiritgan. H. Oʻzbekistonda ham boʻlgan, 1926-yil Toshkentda rus polvoni K.Buldni yenggan. H. "Qozoq oʻlkasining qahramoni" faxriy un-vonini olgan (1927). Ikkinchi jahon urushi davrida H. shahar-qishloqlarda polvonlik tomoshalari koʻrsatib toʻplagan mablagʻini harbiy samolyot yasash uchun topshirgan. Oʻrdaboshi tumani markazida H. muzeyi bor (2001-yil ochilgan).