Kontent qismiga oʻtish

Hulsanpes

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Hulsanpes skeletining qayta tiklangan tasviri

Hulsanpes („Xulsan oyogʻi“ degan maʼnoni anglatadi) — taxminan 75—72 million yil avval Moʻgʻulistonning hozirgi Barun Goyot tizilmasi hududida kech boʻr davrida yashagan halszkaraptorin dinozavrlari turkumi vakili. Topilma qoldiqlar 1970-yilda aniqlangan va 1982-yilda Xalska Osmólska tomonidan rasman tavsiflangan. Hulsanpes bazal dromeozavrlari — halszkaraptorinoilasining kenja aʼzosi hisoblanadi.

Miya korpusining oʻng qism devori

Hulsanpesning birinchi qazilma qoldiqlari 1970-yilda Gobi choʻlidagi Xulsan shahrida uchinchi Polsha-Moʻgʻul ekspeditsiyasi paytida topilgan. Oʻn ikki yil oʻtgach esa oʻrganilgan tur Hulsanpes perlei nomini oldi va 1982-yilda polshalik paleontolog Halszka Osmólska tomonidan tasvirlandi. Hulsanpes Barun Goyot qatlamining qumtosh bosqichidan topilgan. Ushbu tur asosi ZPAL MgD-I/173 holotipli fotoalbom namunasi bilan bogʻliq boʻlib, taxminan, kech Kampaniyan davriga borib taqaladi (taxminan 72 million yil oldin). Holotip-namuna bosh chanoqning bir boʻlagidan va oʻng metatarsdan iborat boʻlib, ular ikkinchi, uchinchi va toʻrtinchi metatarsal suyaklar va uchta pedal boʻgʻimdan iborat boʻlib, koʻrinishidan voyaga yetmagan jonzotga tegishli ekanligi koʻrinib turardi. Osmólska miya korpusini holotipda saqlangan dey taʼkidlaydi, ammo bu element hali biror marta ham tasvirlanmagan. U metatarsus va ikkinchi boʻgʻimlaring gʻayrioddiy morfologiyasiga asoslanib, Hulsanpes deinonichosaur taksonini ifodalab beradi, degan xulosaga keldi. Biroq yetarlicha manba yoʻqligi sababli ushbu turni dromeozavrlar taksoni sifatida shartli ravishda tasniflashadi. Etimologik nuqtai nazardan, Hulsanpesning umumiy nomi „Xulsan pes“ deb tarjima qilinadi va Xulsan nomli joyning lotincha nomidan va lotincha pēs „oyoq“ (Hulsan + pēs) maʼnosidan olingan. Muayyan nom, perlei, faxriy moʻgʻul paleontologi Altangerel Perle sharafiga nomlangan[1].

Rassomlar Hulsanpesni qayta tiklashdi.
Suyaklar oʻrganilish jarayoni

Holotip namunasi juda kichik, balogʻatga etmagan tur vakiliga tegishliligi sababli ushbu zavr haqidagi mavjud maʼlumotlar biroz cheklangan. Taxminlarga koʻra, teksturali suyaklar hayotning dastlabki bosqichidan darak bermoqda, ehtimol ushbu holotip egasi tuxumdan endi chiqqan „joʻjazavr“ boʻlgan boʻlishi ham mumkin. Turning oʻzi oldingi koʻrinishida III va IV metatarsallarning aloqa sohasi va IV metatarsalning pastki uchi pateral tomonga proyeksiyalanganligi bilan ajralib turishi mumkin[2].

Umuman olganda, saqlanib qolgan oʻng metatars nozik va ixcham qismdir. Uchta asosiy metatarsalning faqat birinchisida yetarli maʼlumotlar mavjud. Barcha metatarsallarda suyaklarning yuqori uchi biroz eroziyalangan. II, III va IV metatarsallar uzunligi oʻxshash (3.4 sm (34mm), 3.9 sm (39mm) va 3.6 sm (36 mm) mos ravishda). Uchala metatarsalda ham pedal boʻgʻimlar mavjud. Ammo faqat bittasi toʻliq namunaga ega. III metatarsalning birinchi boʻgʻim suyagi juda eroziyalangan, uning pastki qismi koʻp emas, ammo anchagina qismi saqlanib qolgan[3][4].

Qisman miya chanogʻi kichik element boʻlib, atigi 1 sm (10mm) oʻlchamga ega. Umuman olganda, hulsanpesning tana tuzilish morfologiyasi juda murakkab va tartibsiz shaklga ega. Boshqa maniraptoralar bilan taqqoslaganda, saqlanib qolgan qismni miya korpusidagi opistotik suyaklarning oʻng ichki tomoni sifatida hisoblash mumkin[5].

II metatarsalning birinchi va ikkinchi tuzilmalari.

Ilk marotaba 1982-yilda tasvirlanganida, Osmólska Hulsanpesni Dremeozavrlar turkumidagi dinozavr deya eʼlon qiladi. Osmolskaning soʻzlariga koʻra, namunaning bir nechta xususiyatlari haqiqiy qushlar taksoni boʻlish uchun juda „ibtidoiy“ edi. U bunga misol sifatida metatarsallar orasida birlashish yoʻqligini keltiradi. Ammo bu qisman shaxsning yoshligi bilan bogʻliq boʻlishi mumkin, deya qoʻshimcha qili ham oʻtadi[6]. Uning balogʻatga yetmagandagi koʻrinishi Velociraptorminiatyurasini eslatadi. Undagi bu xususiyatlar plesiomorf hisoblanadi. Dremeozavrlar bilan bir qatorda, boshqa, qushlarga aloqasi boʻlmaganmaniraptorlar turiga tegishli boʻlishi ham mumkinligi olimlar tomonidan eʼtirof etiladi[7]. 2004-yilda dremeozarvlar boʻyicha olimlar Hulsanpesni dromeozavr vakili sifatida qayta tiklashadi (Sinovenator uchun kodlash xatosi tufayli)[8]. Biroq 2013-yilda Agnolin va Novas uni Averaptora incertae sedisga deya hisoblay boshlashadi. Ular Averaptora incertae sedis bilan Hulsanpesning boʻgʻim suyaklari bir biriga juda oʻxshash degan fikrga tayanishgan.Keyinchalik ushbu bayonot notoʻgʻri ekanligi isbotlanadi[9].

Biologiyadagi oʻrni

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Hulsanpes turmush tarzining turli jihatlari qayta oʻrganilib, halszkaraptorin taksoni sifatida qayta tasniflanadi. Hulsanpes zamonaviy arratumshuq qushlar yoki suv qushlarinikiga oʻxshash turmush tarziga ega boʻlgan hamda koʻp vaqtini suv muhitida (masalan, daryolar) old va orqa oyoqlarda suzish bilan oʻtkazgan. Ammo barcha dinozavrlar singari, ular koʻpayish uchun quruqlikka chiqishgan va yerdagi uyalariga tuxum qoʻyishgan[10]. Biroq, Hulsanpes koʻproq subkursorial hayot tarzi uchun moslashuvni oʻz ichiga olgan holotip metatarsusiga asoslangan holda koʻproq yer yuzida hayot kechirgan boʻlishi mumkin[11].

Ekologiyadagi oʻrni

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Holotip namunasi Barun Goyot qatlamidan topilgan. Ushbu suyaklar taxminan 72—75 million yil avval kech boʻr davrining oʻrta qismi, Kampaniyan, bosqichiga toʻgʻri keladi. Mavjud topilmalarning aksariyati suv havzalari boʻlgan yirik daryolar va qumtepaga oʻxshash releflar topilgan. Bu yerda Hulsanpes Bagaceratops, Gobipteryx, Parvikursor, Saichania, Tarchia va Tylosefale kabi turli dinozavrlar bilan birga yashagan[12][13].

  1. Osmólska, H. (1982). „Hulsanpes perlei n.g. n.sp. (Deinonychosauria, Saurischia, Dinosauria) from the Upper Cretaceous Barun Goyot Formation of Mongolia“. Neues Jahrbuch für Geologie und Paläontologie, Monatshefte. 1982-jild, № 7. 440–448-bet.
  2. Cau, A.; Madzia, D. (2018). „Redescription and affinities of Hulsanpes perlei (Dinosauria, Theropoda) from the Upper Cretaceous of Mongolia“. PeerJ. 6-jild. e4868-bet. doi:10.7717/peerj.4868. PMC 5978397. PMID 29868277.
  3. Osmólska, H. (1982). „Hulsanpes perlei n.g. n.sp. (Deinonychosauria, Saurischia, Dinosauria) from the Upper Cretaceous Barun Goyot Formation of Mongolia“. Neues Jahrbuch für Geologie und Paläontologie, Monatshefte. 1982-jild, № 7. 440–448-bet.
  4. Cau, A.; Madzia, D. (2018). „Redescription and affinities of Hulsanpes perlei (Dinosauria, Theropoda) from the Upper Cretaceous of Mongolia“. PeerJ. 6-jild. e4868-bet. doi:10.7717/peerj.4868. PMC 5978397. PMID 29868277.
  5. Cau, A.; Madzia, D. (2018). „Redescription and affinities of Hulsanpes perlei (Dinosauria, Theropoda) from the Upper Cretaceous of Mongolia“. PeerJ. 6-jild. e4868-bet. doi:10.7717/peerj.4868. PMC 5978397. PMID 29868277.
  6. Osmólska, H. (1982). „Hulsanpes perlei n.g. n.sp. (Deinonychosauria, Saurischia, Dinosauria) from the Upper Cretaceous Barun Goyot Formation of Mongolia“. Neues Jahrbuch für Geologie und Paläontologie, Monatshefte. 1982-jild, № 7. 440–448-bet.
  7. Currie, P. J. „Theropods from the Cretaceous of Mongolia“, . The Age of Dinosaurs in Russia and Mongolia Benton: . Cambridge: Cambridge University Press, 2000 — 434–455-bet. ISBN 052154582X. 
  8. Senter, P.; Barsbold, R.; Britt, B. B; Burnham, D. A. (2004). „Systematics and evolution of Dromaeosauridae (Dinosauria, Theropoda)“. Bulletin of Gunma Natural History Museum. 8-jild. 1–20-bet.
  9. Cau, A.; Madzia, D. (2018). „Redescription and affinities of Hulsanpes perlei (Dinosauria, Theropoda) from the Upper Cretaceous of Mongolia“. PeerJ. 6-jild. e4868-bet. doi:10.7717/peerj.4868. PMC 5978397. PMID 29868277.
  10. Cau, A. (2020). „The body plan of Halszkaraptor escuilliei (Dinosauria, Theropoda) is not a transitional form along the evolution of dromaeosaurid hypercarnivory“. PeerJ. 8-jild. e8672-bet. doi:10.7717/peerj.8672. PMC 7047864. PMID 32140312.
  11. Cau, A.; Madzia, D. (2018). „Redescription and affinities of Hulsanpes perlei (Dinosauria, Theropoda) from the Upper Cretaceous of Mongolia“. PeerJ. 6-jild. e4868-bet. doi:10.7717/peerj.4868. PMC 5978397. PMID 29868277.
  12. Fanti, F.; Cantelli, L.; Angelicola, L. (2018). „High-resolution maps of Khulsan and Nemegt localities (Nemegt Basin, southern Mongolia): Stratigraphic implications“. Palaeogeography, Palaeoclimatology, Palaeoecology. 494-jild. 14–28-bet. Bibcode:2018PPP...494...14F. doi:10.1016/j.palaeo.2017.10.015.
  13. Eberth, D. A. (2018). „Stratigraphy and paleoenvironmental evolution of the dinosaur-rich Baruungoyot-Nemegt succession (Upper Cretaceous), Nemegt Basin, southern Mongolia“. Palaeogeography, Palaeoclimatology, Palaeoecology. 494-jild. 29–50-bet. Bibcode:2018PPP...494...29E. doi:10.1016/j.palaeo.2017.11.018.