Ibratli hikmatlar
Muallif(lar) | Anvar Sobirjon |
---|---|
Janr(lar)i | rivoyatlar, hikmatlar, hikoyalar, latifalar |
Nashriyot | „Oʻzbekiston nashriyot-matbaa ijodiy uyi“ |
Oʻzbek tilida nashr etilgan sanasi | 2007 |
Sahifalar soni | 64 |
ISBN | ISBN 978-9943-01-114-4 |
„Ibratli hikmatlar“ — oʻzbekcha rivoyatlar, hikmatlar, hikoyalar, latifalar toʻplami. Toʻplamni Anvar Sobirjon tuzgan va nashrga tayyorlagan. „Ibratli hikmatlar“ 2007-yil Toshkent shahrida „Oʻzbekiston“ nashriyot-matbaa ijodiy uyida chop etilgan.
Toʻplamga koʻplab buyuk ulamolarning rivoyatlari, hikmatlari, latifalari va hikoyalari kiritilgan. Xusunga, unga Yusuf Xos Hojib hikmatlaridan (nasriy bayoni), Abul Faroj hikoyalaridan, Kalila va Dimnaning soʻzlari, Kaykovusning aytganlari, Hazrat Navoiy oʻgitlari (nasriy bayoni), Luqmoni Hakimning nasihatlari hamda Fahriddin Ali Safiy hangomalari kiritilgan.
Toʻplamni nashrga tayyorlashda quyidagi shaxslar ishtirok etgan: Karim Boʻronov – muharrir, H. Qurluqov – rassom, H. Mehmonov – badiiy muharrir, U. Kim – texnik muharrir, Sh. Oripova, M. Rahimbekova – musahhih, N. Begmatova - kompyuterda tayyorlovchi. Kitob adadi – 5 000 nusxa.