Ijtimoiy harakat
Sotsiologiya |
---|
Ijtimoiy harakat – bu bir guruh insonlar tomonidan maʼlum bir maqsadga erishish uchun tashkillashtiriladigan harakat. Harakat ishtirokchilari odatda maʼlum bir ijtimoiy yoki siyosiy maqsadga erishish uchun harakat qilishadi[1][2]. Bu harakat ijtimoiy oʻzgarishlarni amalga oshirishga, uni oʻzgartirishga yoki umuman bekor qilishga qaratilgan boʻlishi mumkin. Ijtimoiy harakatlar aholining quyiroq qatlamlariga, aholining kuchliroq yuqori qatlamiga qarshilik koʻrsatish imkonini beradigan tashkiliy tuzilmalar va strategiyalar sifatida taʼriflangan[3]. Bu harakatlar aholining pastki qatlamidan boshlanuvchi ijtimoiy oʻzgarishlarni amalga oshirishni maqsad qiladi[4][5]. Siyosatshunoslik va sotsiologiya sohasida ijtimoiy harakatlar haqida turli nazariyalar ishlab chiqilgan va empirik tadqiqotlar oʻtkazilgan[6]. Masalan, siyosatshunoslik sohasidagi ayrim tadqiqotlar ijtimoiy harakatlar bilan yangi siyosiy partiyalarning shakllanishi oʻrtasidagi aloqani yoritib bergan[7], shuningdek, ijtimoiy harakatlarning siyosatga taʼsir oʻtkazishi haqida ham eslab oʻtilgan[8]. Sotsiologlar ijtimoiy harakatni bir nechta turlarga ajratgan. Bunda koʻlami, ishlash usuli, qamrov doirasi va vaqt oraligʻi kabi jihatlar inobatga olingan[9]. Baʼzi olimlarning fikricha, zamonaviy Gʻarb ijtimoiy harakatlari XIX asrda taʼlim-tarbiyaning keng tarqalishi (adabiyotning ommaviyroq yoyilishi), sanoatlashuv va urbanizatsiya jarayonlari natijasida ishchi kuchining harakatchanligi oshgani tufayli yuzaga kelgan[10]. Baʼzi fikrlarga koʻra, zamonaviy Gʻarb madaniyatida keng tarqalgan soʻz erkinligi, taʼlim va iqtisodiy mustaqillik hozirgi davrdagi ijtimoiy harakatlarning misli koʻrilmagan miqdorda koʻpayishiga sabab boʻlmoqda. Shuningdek bu harakatlar oʻtgan davrlarda kuzatilmagan darajada koʻp va keng qamrovli. Soʻnggi yuz yil mobaynida paydo boʻlgan koʻplab ijtimoiy harakatlar, Keniyadagi Mau Mau harakati kabi, Gʻarb mustamlakachiligiga qarshi kurashish uchun vujudga kelgan. Ijtimoiy harakatlar doimiy ravishda demokratik siyosiy tizimlar bilan uzviy bogʻliq boʻlib kelgan. Baʼzan ijtimoiy harakatlar mamlakatlarni demokratlashtirish jarayonida katta rol oʻynagan. Oʻtgan 200 yil mobaynida ijtimoiy harakatlar ommaviy norozilik ifodasi sifatida keng tarqalgan[11]. Zamonaviy ijtimoiy harakatlarda insonlar ommaviy ravishda harakat qilishlari uchun zamonaviy texnologiyalar va internetdan foydalanishmoqda[12]. AQSh[12] va Kanadada[13] ommaviy harakatlar uchun tashviqotda ijtimoiy tarmoqlardan qanday foydalanilayotganini oʻrganishga qaratilgan tadqiqotlar boshlangan[14].
Tavsiflar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Mario Dianining taʼkidlashicha, deyarli barcha taʼriflar quyidagi mezonlarni oʻz ichiga oladi: „umumiy jamoaviy oʻzlikni his qilgan holda siyosiy yoki madaniy kelishmovchilikda ishtirok etayotgan koʻplab shaxslar, guruhlar va/yoki tashkilotlar oʻrtasidagi norasmiy munosabatlar tarmogʻi“[15]. Jamiyatshunos Charles Tilly ijtimoiy harakatlarni oddiy odamlar jamiyatning elita qatlamiga jamoaviy talablar qoʻya oladigan bir qator bahsli chiqishlar va namoyishlardan iborat jarayon sifatida taʼriflaydi[11]. Tillyning fikricha, ijtimoiy harakatlar oddiy odamlarning ommaviy siyosatda ishtirok etishining asosiy vositasi hisoblanadi[16]. U ijtimoiy harakatning uchta asosiy elementi mavjudligini taʼkidlaydi[11]:
- Harakatlar – hokimiyat organlariga jamoatchilik talablarni yetkazishga qaratilgan uzoq muddatli, tashkillashtirilgan jamoatchilik harakati;
- Uyushmalar tashkil etish, ommaviy yigʻinlar, yurishlar, mitinglar, namoyishlar oʻtkazish, imzo toʻplash harakatlari, ommaviy axborot vositalariga bayonotlar berish, OAV orqali chiqishlar qilish, risola va varaqalar tarqatish.
- WUNC namoyishlari – ishtirokchilar va/yoki ularning vakillari oʻzlarining birligi, soni va masʼuliyatlarini jamoatchilikka uyushgan holda namoyish etishi (WUNC inglizcha: worthiness, unity, numbers va commitments soʻzlarining bosh harflaridan olingan).
Sidney Tarrow ijtimoiy harakatni shunday taʼriflaydi: „Umumiy maqsadlar va birdamlikka ega boʻlgan odamlarning elitalar, hokimiyat organlari, boshqa guruhlar yoki madaniy qoidalarga qarshi uzoq muddatli va muntazam ravishda olib boradigan jamoaviy kurashi“. Tarrow ijtimoiy harakatlarni siyosiy partiyalar va targʻibot guruhlaridan alohida ajratib koʻrsatgan[17].
Sotsiologlar John McCarthy va Mayer Zald ijtimoiy harakatni shunday taʼriflaydilar: „Aholining muayyan qismida jamiyatning ijtimoiy tuzilishi yoki iqtisodiy neʼmatlar taqsimotining ayrim jihatlarini oʻzgartirishni aks ettiruvchi fikrlar tizimi“[18].
Ingliz sotsiologi Anthony Giddens ijtimoiy harakat tushunchasiga quyidagicha taʼrif beradi[19]:
Ijtimoiy harakatni rasmiy belgilangan institutlar doirasida umumiy manfaatlarni roʻyobga chiqarish yoki umumiy maqsadga ommaviy harakat orqali erishishga intilish deb taʼriflash mumkin. Harakatlarning xarakteri turlicha boʻlgani uchun taʼrif ham keng boʻlishi kerak. Ularning koʻpchiligi uncha katta emas, bir necha oʻn kishidan iborat xolos. Boshqalarida esa minglab, hattoki millionlab odamlar ishtirok etishi mumkin. Baʼzi harakatlar mamlakat qonunlari doirasida ish koʻradi, boshqalari esa noqonuniy va yashirin ish qilishi mumkin.
Shuningdek, Mansur Bekmurodov va Nargiza Yusupova ijtimoiy harakatga quyidagicha taʼrif bergan[20]:
Masalan, yo‘lda ketayotgan velosipedchi biron narsaga urilib ketsa va yo‘lida davom etsa, bu oddiy harakat bo‘ladi. Lekin ketayotgan velosipedchilar ikkita bo‘lib, ular bir-birlariga to‘qnashib ketishsa va bu vaziyatdan birgalikda chiqishga harakat qilib, uning yechimini topishga harakat qilishsa, unda bu harakat ijtimoiy harakat boʻladi
Tarixi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Ilk davrlari
[tahrir | manbasini tahrirlash]XVIII asr oʻrtalarida Angliyada sodir boʻlgan keng koʻlamli iqtisodiy va siyosiy oʻzgarishlar, xususan siyosiy vakillik, bozorning kapitallashuvi hamda ishchi sinfining shakllanishi jarayonlari ijtimoiy harakatlarning rivojlanishi bilan chambarchas bogʻliq boʻlgan[11]. Birinchi ommaviy ijtimoiy harakat John Wilkes atrofida vujudga kelgan[21].The North Briton muharriri sifatida Wilkes Lord Butening yangi maʼmuriyatini va Yetti yillik urush oxirida, 1763-yilgi Parij shartnomasida yangi hukumat tomonidan qabul qilingan tinchlik shartlarini keskin tanqid qilgan. Fitna va tuhmatda ayblanib, Wilkes order asosida qamoqqa olingan. Wilkes bu harakatni noqonuniy hisoblagan. Oxir-oqibat, sudya Wilkes foydasiga qaror chiqargan. Buning oqibatida Wilkes aholining oʻrta sinfi orasida tobora kuchayib borayotgan xalq hokimiyati harakatining timsoliga aylangan. Odamlar koʻchalarda „Wilkes va Ozodlik“ degan shiorni ayta boshlashgan. Keyinchalik tuhmat boʻyicha qoʻshimcha ayblovlar tufayli yana surgun qilinganidan soʻng, Wilkes asosiy tarafdorlari joylashgan Middlesex okrugidan parlament aʼzoligiga oʻz nomzodini qoʻygan[22]. 1768-yil 10-mayda Wilkes King‘s Bench qamoqxonasiga qamalgandan so‘ng, „Ozodlik bo‘lmasa, qirol ham bo‘lmaydi“ shiori ostida ko‘chalarda keng ko‘lamli namoyishlar boshlangan[23]. Parlament a'zoligi huquqidan mahrum qilingan Wilkes 1769-yilda London aldermani lavozimiga tayinlangan. Shu bilan bir vaqtda, „Huquqlar to‘g‘risidagi qonun loyihasi tarafdorlari jamiyati“ deb nomlangan faollar guruhi uning siyosiy qarashlarini faol targ‘ib qila boshlagan[24]. Bu ilk bor uzluksiz davom etgan ijtimoiy harakat hisoblanadi. Harakat o‘z ichiga ommaviy yig‘ilishlarni, namoyishlarni, misli ko‘rilmagan miqyosda risolalarni tarqatilishini qamrab olgan. Biroq, harakat ishtirokchilari ochiq isyonga o‘tganlikda ayblanmaslik uchun juda ehtiyotkorlik bilan harakatlangan. Ishtirokchilar mavjud huquqiy qonunlardan foydalanib, boshqaruvdagi kamchiliklarni bartaraf etishga intilgan[25]. London ko‘chalarida sodir bo‘lgan bu ijtimoiy harakat hokimiyatni ijtimoiy harakat ishtirokchilarining talablariga bo‘ysunishga majbur qilgan. Buning natijasida, Wilkes parlamentga qaytarilgan, umumiy qidiruv orderlari konstitutsiyaga zid deb e’lon qilingan, matbuot parlament munozaralarini yorita oladigan darajada erkinlashtirilgan. 1778-yilgi Angliyada qo‘llaniladigan bir qator jazo va cheklovlarning katoliklarga nisbatan bekor qilingani tufayli, katoliklarga qarshi keng ko'lamli norozilik harakati boshlangan. Bu harakat 1779-yilda Protestant uyushmasining rahbari lord George Gordon atrofida shakllangan[26][27][28]. Uyushma Rowland Hill, Erasmus Middleton va John Rippon kabi yetakchi diniy arboblarning qoʻllab-quvvatlashiga ega boʻlgan[29]. Gordon mohir targʻibotchi boʻlgan.
U olomonni papachi-katoliklarga nisbatan nafratidan va mutlaq monarxiya rejimiga qaytish qo'rquvidan foydalangan holda qoʻzgʻatishga erishgan. 1780-yilda Protestantlar uyushmasi yigʻilishidan soʻng, aʼzolar 1778-yilgi katoliklarga yordam toʻgʻrisidagi qonunni bekor qilishni talab etuvchi petitsiyani topshirish uchun House of Commonsga yurish qilishganr, biroq hukumat bu talabni bajarishdan bosh tortgan. Tezda Londonning turli joylarida katta tartibsizliklar avj ola boshlagan. Gʻazablangan olomon elchixonalarga hamda katoliklarga tegishli korxonalarga hujum qilgan. XVIII asr oxirlarida yuzaga kelgan boshqa siyosiy harakatlar orasida qullikka qarshi kurashgan British abolitionist harakati ham bor[30].
Harakatning yoyilishi
[tahrir | manbasini tahrirlash]1815-yildan boshlab, Napoleon urushlaridagi gʻalabadan soʻng, Buyuk Britaniya ijtimoiy oʻzgarishlar davriga kirgan. Bu davr ijtimoiy harakatlar rivojlanishining tobora kuchayishi davri boʻlgan. Chartizm dunyoda oʻsib borayotgan ishchi sinfining birinchi ommaviy harakati boʻldi[31]. Chartizm harakati 1838-yildan 1848-yilgacha siyosiy islohotlar uchun kurash olib borgan. Ushbu harakatning asosiy dasturi 1838-yilda ishlab chiqilgan „Xalq Xartiyasi“ boʻlib, unda quyidagi talablar ilgari surilgan edi: barcha odamlarga umumiy saylov huquqini berish (universal suffrage) va yashirin ovoz berish tizimini joriy qilish, shuningdek boshqa demokratik islohotlarni amalga oshirish. Bu talablardan maqsad – saylov tizimini adolatli va hamma uchun teng qilish boʻlgan. Ijtimoiy harakatlar atamasi birinchi marta 1848-yilda nemis sotsiologi Lorenz von Stein tomonidan oʻzining „Uchinchi Fransuz inqilobidan keyingi sotsialist va kommunist harakatlar“ nomli kitobida kiritilgan. U bu atamani ilmiy muhokamalarga olib kirib, ijtimoiy huquqlar uchun kurashayotgan siyosiy harakatlarni tasvirlash uchun ishlatgan. Bu huquqlar farovonlik va ijtimoiy tenglikni taʼminlashga qaratilgan edi[32]. XIX asr oxiridagi mehnat harakati va sotsialistik harakat ijtimoiy harakatlarning ilk namunalari sifatida koʻrilgan. Bu harakat kommunistik va sotsial-demokratik partiyalar hamda tashkilotlarning paydo boʻlishiga olib kelgan. Ushbu tendentsiyalar kambagʻal mamlakatlarda ham koʻzga tashlangan, islohotlar uchun bosim davom etgan. Masalan, Rossiyada 1905-yil va 1917-yildagi inqiloblar bunga yaqqol misol boʻlib, natijada Birinchi Jahon Urushi oxirlariga yaqin Rossiya imperiyasining monarxiya tizimi qulagan. 1945-yilda Britaniya Ikkinchi Jahon urushida gʻalaba qozonganidan keyin tub islohotlar va oʻzgarishlar davriga kirgan. Urushdan keyingi davrda feminizm, gomoseksuallar huquqlari harakati, tinchlik harakati, fuqarolik huquqlari harakati, yadroga qarshi harakat va atrof-muhitni himoya qilish harakatlari paydo boʻlgan. Bu harakatlar koʻpincha „yangi ijtimoiy harakatlar“ deb atalgan[33]. Ular orasida yashil partiyalar va yangi chap gʻoyalar taʼsirida tashkil etilgan tashkilotlar ham shakllangan.
Baʼzilar fikricha, 1990-yillarning oxirida yangi global ijtimoiy harakat, yaʼni globalizatsiyaga qarshi harakat yuzaga kelgan. Baʼzi ijtimoiy harakatlarni oʻrganuvchi olimlar globalizatsiyaning tez rivojlanishi sababli yangi turdagi ijtimoiy harakatlarning paydo boʻlishi ehtimolini koʻrsatgan – ular bu holatni oʻtmishdagi milliy harakatlar bilan solishtirib, uni „global fuqarolar harakati“ deb atagan. 1945-yilda Britaniya Ikkinchi Jahon urushida gʻalaba qozonganidan keyin tub islohotlar va oʻzgarishlar davriga kirgan. Urushdan keyingi davrda feminizm, gomoseksuallar huquqlari harakati, tinchlik harakati, fuqarolik huquqlari harakati, yadroga qarshi harakat va atrof-muhitni himoya qilish harakatlari paydo boʻlgan. Bu harakatlar koʻpincha „yangi ijtimoiy harakatlar“ deb atalgan[34]. Ular orasida yashil partiyalar va yangi chap gʻoyalar taʼsirida tashkil etilgan tashkilotlar ham shakllangan.
Baʼzilar fikricha, 1990-yillarning oxirida yangi global ijtimoiy harakat, yaʼni globalizatsiyaga qarshi harakat yuzaga kelgan. Baʼzi ijtimoiy harakatlarni oʻrganuvchi olimlar globalizatsiyaning tez rivojlanishi sababli yangi turdagi ijtimoiy harakatlarning paydo boʻlishi ehtimolini koʻrsatgan – ular bu holatni oʻtmishdagi milliy harakatlar bilan solishtirib, uni „global fuqarolar harakati“ deb atagan.
Asosiy jarayonlari
[tahrir | manbasini tahrirlash]Ijtimoiy harakatlar tarixida bir nechta asosiy jarayonlar muhim oʻrin tutgan. Urbanizatsiya natijasida odamlar yirik aholi punktlariga jamlangan, bu esa oʻxshash maqsadlarga ega insonlarni bir-birini topishi va yigʻilishiga yordam bergan. Bu jarayon koʻplab odamlar oʻrtasida ijtimoiy aloqalarni osonlashtirgan. Ilk ijtimoiy harakatlar ham aynan shahar hududlarida paydo boʻlgan. Shuningdek, sanoatlashtirish jarayoni koʻplab ishchilarni bir hududga toʻplagan. Koʻplab boshqa ijtimoiy harakatlar universitetlarda paydo boʻlgan, chunki taʼlim jarayoni koʻplab insonlarni bir joyga toʻplagan. Aloqa texnologiyalarining rivojlanishi bilan ijtimoiy harakatlarni tashkil etish va ular faoliyatini yuritish osonlashgan. XVII asrdagi yemakxonalar orqali tarqatilgan bosma risolalardan tortib, gazetalar va internetgacha boʻlgan vositalar ijtimoiy harakatlarning oʻsishida muhim omillarga aylangan. Demokratiya va soʻz erkinligi kabi siyosiy huquqlarning keng tarqalishi ijtimoiy harakatlarning yaratilishi va faoliyat yuritishini ancha osonlashtirgan.
Markaziy Osiyodagi harakatlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Markaziy Osiyo hududida ham ijtimoiy harakatlarga misollar mavjud:
- Yosh Buxoroliklar harakati — ushbu harakat qatnashchilari Buxoro amirligi davrida faoliyat yuritgan harakatlardan biridir. Amir Olimxon davrida Yosh Buxoroliklar talabi bilan soliqlar 10 foizgacha kamaytirilgan[35]. Harbiy xizmatchilarning maoshlari oshirilgan. Shuningdek Yosh Buxoroliklar dastlab 1908-yilda Tarbiyai atfol deb nomlangan yashirin jamiyat tuzishgan. Bu jamiyatga 1910-yilda Ayniy ham a'zo bo'lgan[36]. Yosh Buxoroliklar tomonidan 1917-yil fevral inqilobidan keyin miting oʻtkazilgan. Oʻtkazilgan mitingdan maqsad demokratik oʻzgarishlar edi. Miting qatnashchilari „Yashasin islohot!“, „Yashasin amir!“ kabi shiorlar bilan birga yurishgan. Namoyishchilar boshida Fayzulla Xoʻjayev turgan. Ammo bu mitinglar amirlik hukumati tomonidan yaxshi kutib olinmagan, miting ishtirokchilari, xususan Sadriddin Ayniy kaltak bilan jazolangan. Bu harakatning birinchi bosqichi shu tarzda yakunlangan. Ushbu holat esa Yosh Buxoroliklarning amirga qarshi dushmanlik kayfiyatiga kelishiga turtki boʻlgan[37].
- Yosh Xivaliklar ham Yosh Buxoroliklarga oʻxshash harakatdir. Bu harakatning XIX asr oxirlarida Xiva xonligida paydo boʻlgan. Bu harakat Xivada paydo boʻlgan jadidchilik harakatining soʻl oqimi edi. Ushbu harakatga Polvonniyoz hoji Yusupov boshchilik qilgan. 1918-yilda Yosh Xivaliklar dasturlarini ishlab chiqqan. Dasturda Xivada xon hokimiyatini butunlay tugatish, aholining elita qatlamining mol-mulklarini xalq boyligi deb eʼlon qilish va shu kabi yana bir nechta maqsadlar yozilgan[38].
- Hujum harakati — 1924-yilda tashkil etilgan. Dastlabki davrlarda muvaffaqiyatsizlikka uchragan. Harakatning maqsadi ayollarning huquqlari uchun kurashish boʻlgan. Harakatning tashkilotchilari bolsheviklar deb hisoblanadi. Ilk davrda qarshiliklarga uchrab toʻxtab qolganidan soʻng, 1925—1926-yillarda sust boʻlsada davom etgan. 1927-yildan boshlab harakat jadal tusga kirgan. Shu yili Isaak Abramovich Zelenskiy gʻoyasi asosida Samarqanddagi Registon maydonida paranjisini ixtiyoriy ravishda tashlashga rozi boʻlgan ayollar ishtirokida „paranji tashlash“ marosimi oʻtkazilgan. Paranjisini olovga tashlayotgan ayollarni olomondan militsiya qoʻriqlab turgan. Bunday harakatlar mintaqaning boshqa shaharlarida ham davom etgan. Bu harakatdan keyin 2500 ga yaqin ayol va qizlar oʻz turmush oʻrtoqlari, aka-ukalari yoki otalari tomonidan oʻldirilgan. Ilk qurbonlar Surmaxon Shermatova va yosh aktrisa Nurxon Yo‘ldoshxo‘jayevalar bo‘lgan[39][40].
Harakatlarga insonlarni ommaviy jalb qilish
[tahrir | manbasini tahrirlash]Yangi tashkil qilingan ijtimoiy harakatlar koʻpincha oʻz maqsadlariga erisha olmaydi, chunki ular yetarlicha odamlarni jalb qila olmaydi. „Blueprint for Revolution“ kitobi muallifi va OTPOR! harakatining vakili Srdja Popovicning aytishicha, harakatlar odamlar haqiqatan ham ahamiyat beradigan masalalar uchun kurashganda muvaffaqiyatga erishadi[41]. Keng koʻlamli oʻzgarishlarni maqsad qilgan harakat strategiyasi koʻpincha odamlar uchun muhim boʻlgan kichik masalalardan boshlanadi. Popovicga koʻra harakatning rivojlanish imkoniyati kam boʻladi, agar harakat zerikarli nutqlar va odatiy plakat koʻtarib oʻtadigan yurishlardan iborat boʻlsa . Popovic odamlar oʻzlari qoʻshilishni xohlaydigan harakatlarni yaratishni targʻib qilgan. OTPOR! muvaffaqiyatga erishgan, chunki u qiziqarli va hazilomuz boʻlgan. Bu harakat Slobodan Milosevicning diktaturasini kulguli grafik uslublar bilan tanqid qilgan. „Join the Club, How Peer Pressure can Transform the World“ kitobi muallifi Tina Rosenberg ijtimoiy harakatlarning ishtirokchilari aktiv boʻlganida tez rivojlanadi deb hisoblaydi[42].
Ijtimoiy harakatning turlari
[tahrir | manbasini tahrirlash]Sotsiologlar ijtimoiy harakatlarni bir necha turlarga ajratishadi:
- Koʻlamiga qarab:
- Islohotchilik harakati – baʼzi normalar yoki qonunlarni oʻzgartirish tarafdori boʻlgan ijtimoiy harakatlardir. Bunday harakatlarga ishchilar huquqlari uchun kurashadigan kasaba uyushmalari, ekologik qonunlarni targʻib qiluvchi harakatlar, oʻlim jazosini yoxud abort huquqini joriy etishni qoʻllab-quvvatlovchi harakatlarni misol qilib keltirish mumkin. Ayrim islohotchilik harakatlari urf-odatlar va axloqiy meʼyorlarni oʻzgartirishga qaratilgan boʻlishi mumkin.
- Radikal harakat – jamiyatdagi qadriyatlar tizimini tubdan oʻzgartirishga qaratilgan harakatlar. Bunga misol qilib, irqidan qatʼi nazar, barcha amerikaliklarga toʻliq fuqarolik huquqlari va qonun oldida tenglikni talab qilgan Civil rights movement harakatini; Stalincha siyosiy va iqtisodiy tizimni demokratiyaga aylantirish uchun kurashgan Polshaning „Birdamlik“ (Solidarność) harakatini; yoki Janubiy Afrikadagi kambagʻal aholi yashaydigan hududlar aholisining shahar hayotiga toʻliq qoʻshilishini talab qiladigan Abahlali baseMjondolo harakatini keltirish mumkin.
- Oʻzgarish turiga qarab:
- Innovatsion harakat – maʼlum meʼyorlar, qadriyatlar va shu kabilarni joriy qilish yoki oʻzgartirishga intiluvchi harakatlardir.
- Konservativ harakat – mavjud meʼyorlar, qadriyatlar va anʼanalarni saqlashni maqsad qiluvchi harakatlar. Masalan, 19-asrda texnologiyaga qarshi chiqqan Ludditlar harakati yoki bugungi kunda genetik jihatdan oʻzgartirilgan oziq-ovqat tarqalishiga qarshi harakat konservativ harakat sifatida koʻrish mumkin, chunki ular texnologik oʻzgarishlarga qarshi kurashishni maqsad qilishgan[44].
- Maqsadiga qarab:
- Guruhga qaratilgan harakatlar – asosan guruhlarga yoki butun jamiyatga taʼsir koʻrsatishni maqsad qilgan, masalan, siyosiy tizimni oʻzgartirishni targʻib qiluvchi harakatlar. Bu guruhlarning baʼzilari siyosiy partiyaga aylanadi yoki mavjud partiyalarga qoʻshiladi, ammo koʻpchiligi islohotchi partiyaviy siyosiy tizimdan tashqarida oʻz faoliyatini davom ettiradi.
- Shaxsga yoʻnaltirilgan harakatlar – shaxslarning oʻzgarishiga taʼsir koʻrsatishga qaratilgan harakatlar. Koʻpgina diniy harakatlar aynan shu toifaga kiradi.
- Ishlash usullariga qarab:
- Tinch harakatlar – zoʻravonlik ishlatmasdan boshlanadigan norozilik harakatlaridir.
- Zo‘ravonlik harakatlari – zoʻravonlikka asoslangan harakatlar odatda qurollangan harakat qatnashchilaridan iborat boʻladi. Eng keskin hollarda paramilitar yoki terroristik tashkilot koʻrinishini olishi mumkin. Misol uchun: Rote Armee Fraktion va Al-Qoida kabi harakatlarni shu toifaga kiritish mumkin[45].
- Eski va yangi:
- Eski harakatlar – oʻzgarishga qaratilgan harakatlar asrlar davomida mavjud boʻlib kelgan. XVIII asr oxiri va XIX asrga oid eng eski tan olingan harakatlarning koʻpchiligi ishchilar sinfi, dehqonlar, oq tanlilar, aristokratlar, protestantlar va erkaklar kabi maʼlum ijtimoiy guruhlar manfaatlari uchun kurashgan. Ular odatda turmush darajasini yaxshilash yoki ishchilar sinfining siyosiy mustaqilligini taʼminlash kabi ayrim moddiy maqsadlar atrofida birlashgan edi.
- Yangi harakatlar – XX asrning ikkinchi yarmidan boshlab koʻpaygan ijtimoiy oqimlar. Bularning mashhur misollariga Amerika fuqarolik huquqlari harakati(American civil rights movement), ikkinchi toʻlqin feminizm (second-wave feminism), gey huquqlari harakati (gay rights movement) va atrof-muhitni muhofaza qilish va tabiatni asrash saʼy-harakatlari (environmentalism and conservation efforts) kabi harakatlar kiradi.
- Koʻlamiga koʻra:
- Global harakatlar – butun dunyoni qamrab oluvchi (transmilliy) maqsad va vazifalarga ega boʻlgan ijtimoiy harakatlardir.
- Mahalliy harakatlar – ijtimoiy harakatlarning aksariyati mahalliy koʻlamga ega. Ular maʼlum bir tabiiy hududni muhofaza qilish, muayyan avtomagistralda yoʻl haqi toʻlovlarini pasaytirish uchun tashviqot olib borish yoki shaharni qayta qurish tufayli buzilishi moʻljallangan binoni saqlab qolib, uni ijtimoiy markazga aylantirish kabi mahalliy yoki mintaqaviy maqsadlarga qaratilgan boʻladi[46].
Bosqichlari
[tahrir | manbasini tahrirlash]Ijtimoiy harakatlar aniq siklga ega: ular vujudga keladi, rivojlanadi, muvaffaqiyatlarga yoki muvaffaqiyatsizliklarga erishadi va oxir-oqibat yemiriladi hamda barham topadi. Ular koʻproq ijtimoiy harakatlarga qulay boʻlgan vaqt va joyda rivojlanish ehtimoli yuqori[manba kerak]. Shu sababli, ijtimoiy harakatlar XIX asrda insoniy huquqlar va soʻz erkinligi kabi gʻoyalarning keng tarqalishi bilan yaqqol bogʻliq. Ijtimoiy harakatlar ham liberal, ham avtoritar jamiyatlarda mavjud, ammo ular turli shakllarda namoyon boʻladi. Yangi ijtimoiy harakatlar ayrim jamoalarni qiynayotgan ijtimoiy urf-odatlar, axloqiy tamoyillar va qadriyatlarga qarshi oʻzgarish istagi bilan boshlangan. Ijtimoiy harakatning tugʻilishi uchun, sotsiolog Neil Smelser taʼkidlaganidek, boshlangʻich, turtki boʻladigan voqea zarur: jamiyatda zanjirli hodisalar reaksiyasini boshlaydigan aniq bir voqea. Bu hodisaning ildizi jamoa ichidagi umumiy norozichilikka borib taqalishi lozim. Shu sababli, harakatning paydo boʻlishi ijtimoiy harakatning birinchi bosqichi hisoblanadi. Bu norozilik oddiy odamlarni birlashtiruvchi zanjir vazifasini bajaradi. Ushbu bosqichda ijtimoiy harakatlar eng dastlabki holatda boʻladi va deyarli hech qanday tashkilot mavjud boʻlmaydi. Bu bosqichni keng tarqalgan norozilik davri deb hisoblash mumkin[48]. Jonathan Christiansenning ijtimoiy harakatlarning toʻrt bosqichiga bagʻishlangan esseyi har bir bosqichning umumiy harakatga qanday taʼsir qilishini tarixiy sotsiologiya nuqtayi nazaridan chuqur tahlil qilib koʻrsatib bergan. Fuqarolik huquqlari harakatining dastlabki bosqichlari harakatni keyingi bosqichlarga olib chiqish uchun jamoat noroziligining namoyishi sifatida koʻrsatilgan[49].
Masalan, Alabama shtatining Montgomeri shahrida qora tanli ayol Rosa Parksning shahar avtobusida oq tanlilar uchun moʻljallangan oʻrinni boʻshatib bermagani uchun hibsga olinganidan keyin, Amerika Fuqarolik huquqlari harakati keyingi bosqich – birlashish (coalescence) bosqichiga oʻtgan.
Rosa Parksning oq tanlilar boʻlimida avtobusga oʿtirgani (bu faqat oʻzi yoki tasodifan amalga oshirilmagan; odatda, bunday harakatlarni qoʻzgʻatish uchun faol yetakchilar tomonidan oldindan rejalashtirilgan ishlar boʻlgan) bu harakatning rivojlanishida muhim rol oʻynagan[50]. Bu birlashish (coalesce) bosqichiga olib kelgan, chunki umumiy muammo va zulm manbasi aniqlanib, tashkilotlar tuzilishi va omma oldida koʻrinish hosil qilish imkoniyati yaratilgan. Sharqiy Yevropadagi kommunistik rejimlarni agʻdarishga olib kelgan Polshadagi The Polish Solidarity movement harakati ham kasaba uyushmasi faoli Anna Walentynowicz ishidan boʻshatilgandan soʻng shakllangan. Janubiy Afrika aholi harakati Abahlali baseMjondolo esa, uy-joy uchun vaʼda qilingan kichik yer uchastkasining bir tadbirkorga sotib yuborilishiga qarshilik qilishi natijasida yuzaga kelgan. Bunday voqea vulqon modeli deb ham tasvirlanadi, ijtimoiy harakat koʻpincha koʻplab odamlar oʻzlari bilan bir xil qadriyatlar va ijtimoiy oʻzgarish istagini boʻlishayotgan boshqalar borligini anglagandan keyin yuzaga keladi.
Uchinchi bosqich, byurokratizatsiya, ijtimoiy harakatlarning yanada tashkilotchilikka asoslangan, tizimli modelga yoʻnaltirilgan holatga oʻtishini anglatadi. Tuzilish va ish tartibi yanada rasmiylashib, odamlar aniq vazifalar va mas‘uliyatlarni oʻz zimmalariga olishlari lozim boʻladi. "Ushbu bosqichda ular avvalgi bosqichlarga qaraganda siyosiy elitalar bilan muntazamroq aloqada boʻlish imkoniyatiga ega boʻladilar[49]. Shu bosqichda bir tashkilot boshqa bir tashkilotni katta maqom va rasmiy ittifoqni qoʻlga kiritish uchun oʻziga qoʻshib olishi mumkin. Bu „qoʻshib olish“ tashkilotlar uchun ijobiy yoki salbiy taʼsir koʻrsatishi ham mumkin.
Masalan, NAACPda faol boʻlgan Ella Baker talabalarga oʻz tashkilotlarini tuzishni taklif qilgan[51]. Bu keyinchalik SNCC (Student Nonviolent Coordinating Committee) nomi bilan tanilgan harakatga aylangan (1960-yillar). Talabalar avvaldan mavjud boʻlgan SCLC (Southern Christian Leadership Conference)[52] bilan hamkorlik qilishlari mumkin edi, lekin bu byurokratizatsiya uchun notoʻgʻri qaror boʻlgan. Chunki yangi harakat eski mafkuralarga boʻysunib qolishi mumkin. Ijtimoiy oʻzgarishlar uchun eski hokimiyatga qarshi chiqadigan yangi va ilgʻor gʻoyalar muhimdir.
Ijtimoiy harakatning susayishi har doim ham muvaffaqiyatsizlikni anglatmaydi. Harakatning susayishidan oldin u turli yoʻllarni bosib oʻtgan boʻladi. Harakatning muvaffaqiyati jamiyat yoki hukumat ichida doimiy oʻzgarishlar sodir etishiga olib kelib, noroziliklarni yoʻq qilgan. Muvaffaqiyatsizlik esa koʻpincha umumiy eʼtiborni saqlab qolish va maqsad sari birgalikda ishlash yoʻqligi tufayli yuzaga keladi. Ijtimoiy harakatlarning muvaffaqiyatsizligi koʻpincha tashkiliy yoki strategik xatolar tufayli sodir boʻladi[53]. Bunday yoʻl natijasida tashkilot asta-sekin parchalanadi.
Ijtimoiy harakatning passivlashishi jarayonida odamlar ijtimoiy harakatning dastlabki maqsad va qadriyatlaridan uzoqlashadi. Shuni tushunish muhimki, harakatlar parchalanib, faoliyatini toʻxtatgan boʻlsa ham, ular jamiyatga koʻrsatgan taʼsiri oʻziga xos muvaffaqiyat hisoblanadi. Bu yangi avlodlarda tashkilot tuzish va oʻzgarishlar qilish imkoniyati borligi haqidagi fikrni qoldiradi[54].
Nazariyalari
[tahrir | manbasini tahrirlash]Sotsiologlar tomonidan ijtimoiy harakatlar bilan bogʻliq bir qancha nazariyalar ishlab chiqilgan. Quyida maʼlum boʻlgan baʼzi yondashuvlar keltirilgan. Xronologik jihatdan ular quyidagilarni oʻz ichiga oladi:
- Marksistik nazariya (1880-yillar)
- Jamoaviy xulq-atvor/jamoaviy harakat nazariyalari (1950-yillar)
- Nisbiy mahrumlik nazariyasi (1960-yillar)
- Qoʻshilgan qiymat nazariyasi (1960-yillar)
- Resurslarni safarbar qilish (1970-yillar)
- Siyosiy jarayonlar nazariyasi (1980-yillar)
- Framing nazariyasi (1980-yillar) (ijtimoiy konstruktorlik nazariyasi bilan chambarchas bogʻliq)
- Yangi ijtimoiy harakat nazariyasi (1980-yillar)
Nisbiy mahrumlik nazariyasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Ushbu nazariyada ijtimoiy harakatlarning asoslari, biror narsa yoki resursdan mahrum qolgan odamlar orasida paydo boʻladi deya taʼkidlanadi. Ushbu yondashuvga koʻra, biror narsa, xizmat yoki qulaylikdan mahrum boʻlgan shaxslar oʻzlarining sharoitlarini yaxshilash maqsadida ijtimoiy harakat tuzishga harakat qilishlari ehtimoli koʻpayadi[55]. Bu nazariyada muammo mavjud. Koʻpgina odamlar har doim kimdandir norozi. Shuning uchun bu nazariyada ijtimoiy harakat tuzuvchi guruhlar nega paydo boʻlayotganini aniqlashda biroz noaniqliklar kelib chiqadi[56].
Ommaviy jamiyat nazariyasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Ommaviy jamiyat nazariyasiga koʻra, ijtimoiy harakatlar katta jamiyatlarda oʻzini ahamiyatsiz yoki ijtimoiy jihatdan ajralib qolgan deb his qiluvchi shaxslardan tashkil topgan. Ushbu nazariyaga binoan, ijtimoiy harakatlar oʻz aʼzolariga boshqa holatlarda ega boʻlmaydigan kuch va mansublik hissini beradi[57].
Bu nazariya uchun juda kam dalillar topilgan. Aho oʻzining tadqiqotida harakat aʼzolarining ijtimoiy jihatdan ajralib qolgan deb hisoblamagan. Aksincha, harakatga qoʻshilishning asosiy omili, yangi qoʻshilayotgan aʼzolarning koʻpchiligi doʻstlari yoki tanishlari sababli harakatga qoʻshilishgan.
Zoʻriqish nazariyasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Ijtimoiy zoʻriqish nazariyasi – bu daromad yetishmasligi yoki sifatli taʼlim olish imkoniyati yoʻqligi kabi ijtimoiy omillardan kelib chiqadigan bosim ostidagi insonlarni jinoyat sodir etishga undashi haqidagi nazariyadir[58]:
- Tuzilmaviy moslashish – odamlar oʻz jamiyatida muammolar mavjudligiga aniq ishonch hosil qiladi va bunga ishonadi.
- Tuzilmaviy tarang vaziyat – odamlar neʼmatlardan mahrum boʻlish holatini boshdan kechiradi.
- Yechimning paydo boʻlishi va tarqalishi – odamlar duch kelayotgan muammolarga yechim taklif etiladi va bu haqidagi maʼlumotlar tarqaladi.
- Turtki beruvchi omillar – norozilik holatlari ijtimoiy harakatga aylanishi uchun turtki (koʻpincha muayyan voqea) kerak boʻladi.
- Ijtimoiy nazoratning sustligi – oʻzgartirilishi kerak boʻlgan tizim oʻzgarishlar uchun maʼlum darajada ochiq boʻlishi lozim, agar ijtimoiy harakat tezda va shafqatsiz bostirilsa, qaytib umuman yuzaga kelmasligi mumkin.
- Safarbarlik – bu harakatning amaliy tashkiliy va faol qismi boʻlib, bunda odamlar zarur ishlarni bajaradi.
Resurslarni safarbar qilish nazariyasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Resurslarni safarbar qilish nazariyasi ijtimoiy harakatlarning rivojlanishi va muvaffaqiyatga erishishida resurslarning muhim ahamiyatga ega ekanligini taʼkidlaydi. Bu nazariyaga koʻra, resurslar qatoriga quyidagilar kiradi: bilim, mablagʻ, ommaviy axborot vositalari, mehnat kuchi, birdamlik, qonuniylik hamda hukmron elitaning ichki va tashqi qoʻllab-quvvatlashi. Nazariyaga koʻra, ijtimoiy harakatlar norozilik bildiruvchi shaxslar harakat qilish uchun yetarli manbalarni safarbar eta olganlarida vujudga keladi. Nazariya resurslarga eʼtibor qaratish, ayrim norozi shaxslar nima uchun birlasha olishlari, boshqalari esa nima uchun bunga qodir emasliklarini tushuntiradi[59]. Yuqoridagi nuqtai nazarlaridan farqli oʻlaroq, bu nazariyada mahrumlik, shikoyat yoki ijtimoiy tanglikning yuqori darajasining roliga unchalik urgʻu berilmaydi. Resurslarni safarbar etish nazariyasi shuni taʼkidlaydiki: Agar harakat yaxshi rejalashtirilgan boʻlsa va oʻz ixtiyorida baʼzi elita guruhlarining kuch va resurslariga ega boʻlsa, har qanday jamiyatda bu ijtimoiy harakatni quyi pogʻonadan qoʻllab-quvvatlash uchun doimo yetarli darajada norozilik mavjud boʻladi[60] . Harakatning yuzaga kelishi, ijtimoiy harakatning yaratuvchilari tomonidan resurslarning toʻplanishi bilan bogʻliq[manba kerak]. Ular bu resurslardan kollektiv norozilikni siyosiy bosimga aylantirish uchun foydalanadilar[59]. Harakatga aʼzolar tarmoqlar orqali jalb qilinadi. Ularning sodiqligi jamoaviy oʻziga xoslikni shakllantirish va shaxslararo munosabatlar orqali saqlab qolinadi. Resurslarni safarbar etish nazariyasi ijtimoiy harakat faoliyatini „vositalar orqali siyosat yuritish“ deb hisoblaydi. Bu oddiy odamlarning jamiyat yoki siyosatni oʻzgartirish uchun oqilona va strategik harakatlaridir[61]. Resurslarning shakli harakat faoliyatini belgilaydi (masalan, telekanallarga kirish imkoniyati televideniye vositalaridan keng foydalanishga olib keladi). Bu nazariyaning tanqidchilari resurslarga, ayniqsa moliyaviy resurslarga haddan tashqari eʼtibor qaratilayotganini taʼkidlashgan. Baʼzi harakatlar moliyaviy resurslarsiz ham samarali boʻlgan. Bunda koʻproq harakat aʼzolarining vaqti va mehnatiga tayaniladi (masalan, AQShdagi fuqarolik huquqlari harakati)[62].
Siyosiy jarayonlar nazariyasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Siyosiy jarayon nazariyasi koʻp jihatdan resurslarni safarbar etish nazariyasiga oʻxshash. Lekin bu nazariyada ijtimoiy harakatning rivojlanishi uchun muhim boʻlgan tuzilmaning boshqa bir jihatiga eʼtibor qaratiladi: siyosiy imkoniyatlar. Siyosiy jarayon nazariyasiga koʻra, harakatning shakllanishi uchun uchta muhim tarkibiy qism kerak: isyonkor ong, tashkiliy qudrat va siyosiy imkoniyatlar. Isyonkor ong tushunchasi neʼmatlardan mahrumlik va shikoyat gʻoyalariga asoslangan. Bu gʻoyaga koʻra, jamiyatning ayrim aʼzolari oʻzlariga nisbatan notoʻgʻri munosabatda boʻlinayotganini yoki tizim qandaydir tarzda adolatsiz ishlayotganini his qilishadi. Isyonkor ong – bu harakat ishtirokchilari tomonidan his qilinadigan jamoaviy adolatsizlik tuygʻusi, harakatni tashkil etish uchun turtki vazifasini bajarib beradi. Siyosiy jarayonlar nazariyasining ustunliklaridan biri shuki, u ijtimoiy harakatlarning paydo boʻlish vaqti yoki kelib chiqishi masalasini oʻrganadi. Baʼzi guruhlar isyonkor ongga va safarbarlik uchun zarur manbalarga ega boʻlishi mumkin, biroq siyosiy imkoniyatlar yopiq boʻlgani sababli, ular hech qanday yutuqqa erisha olmaydi. Shu bois, mazkur nazariya uch tarkibiy qismning barchasi muhim ekanligini taʼkidlaydi. Siyosiy jarayonlar nazariyasi va resurslarni safarbar etish nazariyasining tanqidchilari taʼkidlashlaricha, bu nazariyalarning hech biri ijtimoiy harakat madaniyatini chuqur darajada oʻrganmagan. Siyosiy jarayon nazariyasidagi muhim yutuqlardan biri siyosiy vositachilik modelidir. Bu model harakat ishtirokchilari duch keladigan siyosiy vaziyatning ularning strategik qarorlari bilan qanday kesishishini koʻrsatib beradi. Ushbu modelning yana bir kuchli tomoni shundaki, u ijtimoiy harakatlarning natijalarini nafaqat muvaffaqiyat yoki muvaffaqiyatsizlik nuqtai nazaridan, balki oqibatlari (maqsadli yoki beixtiyor, ijobiy yoki salbiy boʻlishidan qatʼi nazar) va jamoa manfaatlari nuqtai nazaridan ham tahlil qila oladi.
Ijtimoiy tarmoqlarda
[tahrir | manbasini tahrirlash]O‘n yillardan beri ijtimoiy harakat guruhlari tashkiliy maqsadlarni amalga oshirish uchun Internetdan foydalanmoqda. Internetning ijtimoiy harakatlar bilan bog‘liq kommunikatsiyaning tezligi, qamrovi, samaradorligini, sa’y-harakatlarini tezlashtirishga yordam berishi aniqlangan. Shu sababli, Internetning ijtimoiy harakatlarga ijobiy ta’sir ko‘rsatgani haqida fikrlar bildirilgan[13][63][64][65]. Buettner & Buettner tahlilida Twitterning keng ko‘lamli ijtimoiy harakatlar davomidagi roli o‘rganilgan (2007-yil WikiLeaks, 2009-yil Moldova, 2009-yil Avstriya, 2009-yil Isroil-G‘azo, 2009-yil Eron, 2009-yil Toronto, 2010-yil Venesuela, 2010-yil Germaniya, 2011-yil Misr, 2011-yil Angliya, 2011-yil AQSH, 2011-yil Ispaniya, 2011-yil Gretsiya, 2011-yil Italiya, 2011-yil Viskonsin, 2012-yil Isroil-Hamas, 2013-yil Braziliya, 2013-yil Turkiya)[14]. Yaqinda ijtimoiy tarmoqlar mavzusi, ularning ijtimoiy harakatlarning shakllanishi hamda a'zolarning safarbar etilishiga ko‘rsatadigan ta’siri xususida ko‘plab munozaralar paydo bo‘lgan[66]. Masalan, Coffee Party partiyasi dastlab Facebook ijtimoiy tarmog‘ida paydo bo‘lgan. Partiya Facebook va Flickr kabi platformalar orqali a’zolar yig‘ishni davom ettirmoqda. 2009-2010-yillardagi Eron saylovlariga qarshi namoyishlar ham ijtimoiy tarmoq saytlari ko‘p sonli odamlarni safarbar qilishni qanchalik osonlashtirishini ko‘rsatib bergan. Eronliklar Twitter va Facebook kabi ijtimoiy tarmoqlardan foydalanib, Mahmud Ahmadinajodning saylanishiga qarshi fikrlarini bildirish imkoniga ega bo‘lgan. Bu o‘z navbatida hukumatning internet va ijtimoiy tarmoq saytlariga senzura qo‘llashiga sabab bo‘lgan[67]. Ijtimoiy harakatlarning sotsiologik tadqiqotlari nisbatan yangi sohalardan biridir. Ijtimoiy harakatlarga an’anaviy qarash ko‘pincha ularni tartibsiz va ijtimoiy tartibga tahdid sifatida baholagan. 1960-1970-yillarda kuzatilgan ijtimoiy faollik bu mavzuga nisbatan butun dunyodagi fikrlarni o‘zgartirgan. Shundan so‘ng, ijtimoiy harakatlarga xos bo‘lgan tashkiliy va tuzilmaviy kuchlarni tushunish uchun yangi modellar ishlab chiqila boshlangan. Bu modellar ijtimoiy harakatlarning ichki tuzilishini va ularning jamiyatga ta’sirini chuqurroq anglashga yordam beradi.
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ Scott, John; Marshall, Gordon (2009), „Social movements“, A Dictionary of Sociology (inglizcha), Oxford University Press, doi:10.1093/acref/9780199533008.001.0001, ISBN 978-0-19-953300-8, qaraldi: 2020-03-06
- ↑ „social movement | Definition of social movement by Webster’s Online Dictionary“. www.webster-dictionary.org. Qaraldi: 2020-yil 6-mart.
- ↑ Opp, Karl-Dieter. Theories of Political Protest and Social Movements: A Multidisciplinary Introduction, Critique, and Synthesis (en). Routledge, 2009-04-08. ISBN 978-1-134-01439-2.
- ↑ Deric., Shannon. Political sociology : oppression, resistance, and the state. Pine Forge Press, 2011-01-01 — 150-bet. ISBN 9781412980401. OCLC 746832550.
- ↑ Berger, Stefan; Nehring, Holger „The History of Social Movements in Global Perspective“. ndl.ethernet.edu.et.
- ↑ Adams, Natasha „How to Map a Movement“ (en-AU). The Commons Social Change Library (2024-yil 8-aprel). Qaraldi: 2024-yil 19-aprel.
- ↑ Pugh, Jeff (2008). "Vectors of Contestation: Social Movements and Party Systems in Ecuador and Colombia". Latin American Essays XXI: 46–65. https://www.researchgate.net/publication/270512275.
- ↑ de, Leon, Cedric. Party & society : reconstructing a sociology of democratic party politics. Wiley, 31 December 2013. ISBN 9780745653686. OCLC 856053908.
- ↑ Commons Librarian „What is a Social Movement? Social Movement Definitions“ (en-AU). The Commons Social Change Library (2023-yil 12-dekabr). Qaraldi: 2024-yil 19-aprel.
- ↑ Weinberg, 2013
- ↑ 11,0 11,1 11,2 11,3 Tilly, 2004
- ↑ 12,0 12,1 Obar, Jonathan (2012). "Advocacy 2.0: An Analysis of How Advocacy Groups in the United States Perceive and Use Social Media as Tools for Facilitating Civic Engagement and Collective Action". Journal of Information Policy 2: 1–25. doi:10.5325/jinfopoli.2.2012.1.
- ↑ 13,0 13,1 Obar, Jonathan (2013-04-22). "Canadian Advocacy 2.0: A Study of Social Media Use by Social Movement Groups and Activists in Canada". Canadian Journal of Communication.
- ↑ 14,0 14,1 Buettner, R. and Buettner, K. (2016). "A Systematic Literature Review of Twitter Research from a Socio-Political Revolution Perspective". 49th Annual Hawaii International Conference on System Sciences. Kauai, Hawaii: IEEE. doi:10.13140/RG.2.1.4239.9442.
- ↑ Diani, Mario (1992). "The concept of social movement". The Sociological Review 40 (1): 1–25. doi:10.1111/j.1467-954X.1992.tb02943.x. ISSN 0038-0261.
- ↑ Tilly, 2004, p.3
- ↑ Tarrow, 1994
- ↑ McCarthy, John; Zald, Mayer N. (May 1977). "Resource Mobilization and Social Movements: A Partial Theory". The American Journal of Sociology 82 (6): 1217–1218. doi:10.1086/226464.
- ↑ Giddens, Anthony. Sotsiologiya, 2002 — 718-bet. Qaraldi: 2024-yil 18-dekabr.
- ↑ Mansur Bekmurodov, Nargiza Yusupova. Madaniyat sotsiologiyasi. Yangi Nashr, 2010 — 60-bet. ISBN -978-9943-330-58-0.
- ↑ Charles Tilly. „BRITAIN CREATES THE SOCIAL MOVEMENT“.
- ↑ Cash, Arthur H.. John Wilkes: the scandalous Father of Civil Liberty. New Haven; London: Yale University Press, 2006 — 204–26-bet. ISBN 0-300-10871-0.
- ↑ Cash 2006, ss. 216–26.
- ↑ „The Society for the Supporters of the Bill of Rights (SSBR)“. www.historyhome.co.uk.
- ↑ Rudbeck, Jens (2012). "Popular sovereignty and the historical origin of the social movement". Theory and Society 41 (6): 581–601. doi:10.1007/s11186-012-9180-x.
- ↑ Brayley, Edward Wedlake; James Norris Brewer; Joseph Nightingale. London and Middlesex. Printed by W. Wilson, for Vernor, Hood, and Sharpe, 1810.
- ↑ „Lord George Gordon“. 2009-yil 1-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2009-yil 25-iyul.
- ↑ Horn, David Bayne; Mary Ransome. English Historical Documents 1714-1783. Routledge, 1996. ISBN 978-0-415-14372-1.
- ↑ Joanna Innes. Inferior Politics:Social Problems and Social Policies in Eighteenth-Century Britain. Oxford University Press, 8 October 2009 — 446-bet. ISBN 978-0-19-160677-9. Qaraldi: 2013-yil 15-sentyabr.
- ↑ Eugene Charlton Black. The Association British Extra Parliamentary Political Organization, 1769-1793. Harvard University Press, 1963 — 279-bet.
- ↑ „Chartism: the birth of mass working class resistance“. Qaraldi: 2012-yil 17-dekabr.
- ↑ Tilly, 2004, p.5
- ↑ West, David (2004). "New Social Movements". Handbook of Political Theory (1 Oliver's Yard, 55 City Road, London EC1Y 1SP United Kingdom): 265–276. doi:10.4135/9781848608139.n20. ISBN 9780761967880. http://www.omnilogos.com/2015/02/new-social-movements.html. Qaraldi: 2015-02-15.Ijtimoiy harakat]]
- ↑ West, David (2004). "New Social Movements". Handbook of Political Theory (1 Oliver's Yard, 55 City Road, London EC1Y 1SP United Kingdom): 265–276. doi:10.4135/9781848608139.n20. ISBN 9780761967880. http://www.omnilogos.com/2015/02/new-social-movements.html. Qaraldi: 2015-02-15.Ijtimoiy harakat]]
- ↑ Halim Toʻrayev. Buxoro tarixi. Durdona nashriyoti, 2020 — Kirish qismi-bet. ISBN 978-9943-6571-0-6.
- ↑ Shimada Shizuo, Sharifa Tosheva. Buxoro Inqilobining tarixi — 16-bet. ISBN 978-4-904039-16-8.
- ↑ Halim Toʻrayev. Buxoro tarixi. Durdona nashriyoti, 2020 — 197—198-bet. ISBN 978-9943-6571-0-6.
- ↑ Yo'ldoshov, Safoxon (2023). „Yosh xivaliklar" harakatining vujudga kelishi, uning maqsad va vazifalari“. Journal of Universal Science Research (oʻzbek).
{{cite magazine}}
: CS1 maint: unrecognized language () - ↑ „O‘zbek ayoli paranjini qanday tashladi? “Hujum” harakati haqida“. Daryo.uz. Qaraldi: 2024-yil 18-dekabr.
- ↑ „Qimmatga tushgan ozodlik“. Oyina.uz. Qaraldi: 2024-yil 18-dekabr.
- ↑ Popovic, Srdja. Blueprint for revolution : how to use rice pudding, Lego men, and other nonviolent techniques to galvanize communities, overthrow dictators, or simply change the world, Miller, Matthew I., 1979-, First, New York, 2015. ISBN 9780812995305. OCLC 878500820.
- ↑ Tina., Rosenberg. Join the club : how peer pressure can transform the world, 1st, New York: W.W. Norton & Co, 2011. ISBN 9780393068580. OCLC 601108086.
- ↑ Aberle, David F. 1966. The Peyote Religion among the Navaho. Chicago: Aldine. ISBN 0-8061-2382-6
- ↑ Seferiades, S., & Johnston, H. (Eds.). (2012). Violent protest, contentious politics, and the neoliberal state. Ashgate Publishing, Ltd.
- ↑ Roberts, Adam and Timothy Garton Ash (eds.), Civil Resistance and Power Politics: The Experience of Non-violent Action from Gandhi to the Present ( at Archive-It saytida 2014-11-15 sanasida arxivlangan), Oxford: Oxford University Press, 2009. ISBN 978-0-19-955201-6, contains chapters on these and many other social movements using non-violent methods.[1]
- ↑ Snow, David A.; Soule, Sarah A.; Kriesi, Hanspeter. The Blackwell Companion to Social Movements (en). Wiley, 2004-02-13. ISBN 978-0-631-22669-7.
- ↑ Graph based on Blumer, Herbert G. 1969. „Collective Behavior.“ In Alfred McClung Lee, ed., Principles of Sociology. Third Edition. New York: Barnes & Noble Books, pp. 65-121; Mauss, Armand L. 1975. Social Problems as Social Movements. Philadelphia: Lippincott; and Tilly, Charles. 1978. From Mobilization to Revolution. Reading, Massachusetts: Addison-Wesley, 1978.
- ↑ Hopper, R. D. (1950-03-01). "The Revolutionary Process: A Frame of Reference for the Study of Revolutionary Movements". Social Forces 28 (3): 270–279. doi:10.2307/2572010. ISSN 0037-7732.
- ↑ 49,0 49,1 Christiansen, Jonathan „Four Stages of Social Movement“ (2009).
- ↑ „Bus Boycott took planning, smarts“ (en). The Montgomery Advertiser. Qaraldi: 2024-yil 17-dekabr.
- ↑ „NAACP | Home“ (en). NAACP. Qaraldi: 2019-yil 3-iyun.
- ↑ Fians, Guilherme (2022-03-18). "Prefigurative politics" (en). Open Encyclopedia of Anthropology. doi:10.29164/22prefigpolitics. https://www.anthroencyclopedia.com/entry/prefigurative-politics.
- ↑ Stanford University. „Southern Christian Leadership Conference (SCLC)“ (en). The Martin Luther King, Jr., Research and Education Institute (2017-yil 7-iyul). Qaraldi: 2019-yil 3-iyun.
- ↑ „Contents“, American Patriotism, American Protest, University of Pennsylvania Press, 2011, vii–viii-bet, doi:10.9783/9780812203653.toc, ISBN 9780812203653
- ↑ Morrison 1978
- ↑ Jenkins and Perrow 1977
- ↑ Kornhauser 1959
- ↑ „strain theory | sociology“ (en). Britannica. Qaraldi: 2021-yil 17-noyabr.
- ↑ 59,0 59,1 McCarthy, John; Zald, Mayer N. (May 1977). "Resource Mobilization and Social Movements: a Partial Theory". American Journal of Sociology 82 (6): 1212–1241. doi:10.1086/226464.
- ↑ Turner, L.; Killian, R. N.. Collective Behavior. Englewood Cliffs, N.J: Prentice-Hall, 1972 — 251-bet.
- ↑ Gamson, William A. (June 1974). "The Limits of Pluralism". CRSO Working Papers (102): 12. http://deepblue.lib.umich.edu/bitstream/handle/2027.42/50879/102.pdf?sequence=1. Qaraldi: 12 April 2015.Ijtimoiy harakat]]
- ↑ Piven, Francis; Cloward, Richard (Summer 1991). "Collective Protest: A Critique of Resource Mobilization Theory". International Journal of Politics, Culture, and Society 4 (4): 435–458. doi:10.1007/BF01390151.
- ↑ Ope, J.A.M. (1999). "From the Streets to the Internet: The Cyber-Diffusion of Contention". Annals of the American Academy of Political and Social Science 566 (1): 132–143. doi:10.1177/0002716299566001011.
- ↑ Eaton, M. (2010). "Manufacturing Community in an Online Activity Organization: The Rhetoric of MoveOn.org's E-mails". Information, Communication & Society 13 (2): 174–192. doi:10.1080/13691180902890125.
- ↑ Obar, J.A.; Zube, P.; Lampe, C. (2012). "Advocacy 2.0: An analysis of how advocacy groups in the United States perceive and use social media as tools for facilitating civic engagement and collective action". Journal of Information Policy 2: 1–25. doi:10.2139/ssrn.1956352.
- ↑ Shirky, Clay. Here Comes Everybody: The Power of Organizing Without Organizations. Penguin Press HC, The, 2008. Print.
- ↑ Castells, Manuel. Networks of outrage and hope: social movements in the Internet age. Cambridge, MA: Polity Press, 2012. ISBN 978-0-7456-9575-4. OCLC 896126968.
Adabiyotlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- David F. Aberle. 1966. The Peyote Religion among the Navaho. Chicago: Aldine. ISBN 0-8061-2382-6
- James Alfred Aho. 1990. Politics of Righteousness: Idaho Christian Patriotism. Washington: University of Washington Press. ISBN 0-295-96997-0
- Paul Almeida. 2019. Social Movements: The Structure of Collective Mobilization. Berkeley: University of California Press. ISBN 9780520290914
- Herbert G. Blumer 1969. "Collective Behavior." In Alfred McClung Lee, ed., Principles of Sociology. Third Edition. New York: Barnes & Noble Books, pp. 65–121.
- Mark Chaves. 1997. Ordaining Women: Culture and Conflict in Religious Organizations. Cambridge: Harvard University Press. ISBN 0-674-64146-9
- Dolata, Ulrich; Schrape, Jan-Felix (2016). "Masses, Crowds, Communities, Movements: Collective Action in the Internet Age". Social Movement Studies 15 (1): 1–18. doi:10.1080/14742837.2015.1055722.
- Graeme Chesters and Ian Welsh. Complexity and Social Movements: Multitudes at the Edge of Chaos Routledge 2006. ISBN 0-415-43974-4
- Mario Diani and Doug McAdam, Social movements and networks, Oxford University Press, 2003.
- Susan Eckstei, ed. Power and Popular Protest: Latin American Social Movements, Updated Edition, University of California Press 2001. ISBN 0-520-22705-0
- Anthony Giddens. 1985. The Nation-State and Violence. Cambridge, England: Polity Press. ISBN 0-520-06039-3
- Jeff Goodwin and James M. Jasper. 2009. The Social Movements Reader. Malden, Massachusetts: Wiley-Blackwell. ISBN 978-1-4051-8764-0
- Angelique Haugerud, No Billionaire Left Behind: Satirical Activism in America, Stanford University Press, 2013. ISBN 9780804781534
- James, Paul; van Seeters, Paul. Globalization and Politics, Vol. 2: Global Social Movements and Global Civil Society. London: Sage Publications, 2014.
- James M. Jasper. 1997. The Art of Moral Protest: Culture, Biography, and Creativity in Social Movements. Chicago: University of Chicago Press.
- James M. Jasper. 2014. Protest: A Cultural Introduction to Social Movements. Polity Press.
- Jenkins, J. Craig; Perrow, Charles (1977). "Insurgency of the Powerless Farm Worker Movements (1946–1972)". American Sociological Review 42 (2): 249–268. doi:10.2307/2094604.
- Diana Kendall, Sociology In Our Times, Thomson Wadsworth, 2005. ISBN 0-534-64629-8
- William Kornhauser. 1959. The Politics of Mass Society. New York: Free Press. ISBN 0-02-917620-4
- Donna Maurer. 2002. Vegetarianism: Movement or Moment? Philadelphia: Temple University Press. ISBN 1-56639-936-X
- Armand L. Mauss. 1975. Social Problems of Social Movements. Philadelphia: Lippincott.
- Denton E. Morrison. 1978. "Some Notes toward Theory on Relative Deprivation, Social Movements, and Social Change." In Louis E. Genevie, ed., Collective Behavior and Social Movements. Itasca, Ill.: Peacock. pp. 202–209.
- Mölders, Marc; Schrape, Jan-Felix (2019). "Digital Deceleration. Protest and Societal Irritation in the Internet Age". Österreichische Zeitschrift für Soziologie 44 (1): 199–215. doi:10.1007/s11614-019-00354-3.
- Immanuel Ness, ed. Encyclopedia of American Social Movements, 2004. ISBN 0-7656-8045-9.
- Jeff Pugh. 2008. "Vectors of Contestation: Social Movements and Party Systems in Ecuador and Colombia." Latin American Essays XXI: 46-65.
- Adam Roberts and Timothy Garton Ash (eds.), Civil Resistance and Power Politics: The Experience of Non-violent Action from Gandhi to the Present, Oxford: Oxford University Press, 2009. ISBN 978-0-19-955201-6. [2]
- Ryan, Charlotte; Gamson, William A. (2006). "The Art of Reframing Political Debates". Contexts 5 (1): 13–18. doi:10.1525/ctx.2006.5.1.13.
- Neil J. Smelser. 1962. Theory of Collective Behavior. New York: Free Press. ISBN 0-02-929390-1
- David Snow, Sarah A. Soule and Hanspeter Kriesi, ed. Blackwell Companion to Social Movements, Blackwell, 2004.
- Suzanne Staggenborg, Social Movements, Oxford University Press, 2008. ISBN 978-0-19-542309-9
- Sidney Tarrow, Power in Movement: Collective Action, Social Movements and Politics, Cambridge University Press, 1994. ISBN 0-521-42271-X
- Temelini, Michael (2013). "Dialogical Approaches to Struggles Over Recognition and Distribution". Critical Review of International Social and Political Philosophy 17 (4): 2–25. doi:10.1080/13698230.2013.763517.
- Charles Tilly, 1978. From Mobilization to Revolution. Reading, Massachusetts: Addison-Wesley, 1978.
- Charles Tilly, Social Movements, 1768–2004, Boulder, CO, Paradigm Publishers, 2004 262 pp. ISBN 1-59451-042-3 (hardback) / ISBN 1-59451-043-1 (paperback)
- Leonard Weinberg, 2013. Democracy and Terrorism. New York: Routledge, 2013.
- Quintan Wiktorowicz, Islamic Activism: A Social Movement Theory Approach, Bloomington: Indiana University Press, 2004.
- Marco G. Giugni, How Social Movements Matter, University of Minnesota Press, 1999, ISBN 0-8166-2914-5
- Rod Bantjes, Social Movements in a Global Context, CSPI, 2007, ISBN 978-1-55130-324-6
- Michael Barker, Conform or Reform? Social Movements and the Mass Media, Fifth-Estate-Online - International Journal of Radical Mass Media Criticism. February 2007. Fifth-estate-online.co.uk
- Dennis Chong, Collective Action and the Civil Rights Movement, University of Chicago Press, 1991, ISBN 978-0-226-10441-6
- T. Ismoilov, Ijtimoiy falasafa fanidan oʻquv uslubiy majmua, 2023
- Anthony Giddens, Sotsiologiya, 2002, Oʻzbekchaga tarjima: N. Mamatov va J. Begmatov.
Havolalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Vikiomborda Ijtimoiy harakat haqida turkum mavjud |