Kontent qismiga oʻtish

Inder (tuman)

Koordinatalari: 48°18′36″N 51°26′24″E / 48.31000°N 51.44000°E / 48.31000; 51.44000
Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Inder tumani
Индер ауданы
tuman
Tarkibida Atirov viloyati
Maʼmuriy markazi Inderboʻr
Asos solingan sanasi 1933-yil
Akim Raxmetqaliyev Jangeldi
Aholi (2010) 30 950[1] (3-oʻrin)
Zichligi 2,8 kishi./km²
Dinlar tarkibi musulmonlar, xristianlar
Maydoni 10 900 km²
Vaqt mintaqasi UTC+5
Telefon kodi +7 71234
Pochta indeksi 060200-060206[2]
Avtomobil raqami kodi E, 06
Xaritada
Inder tumani xaritada
48°18′36″N 51°26′24″E / 48.31000°N 51.44000°E / 48.31000; 51.44000

Inder tumaniAtirov viloyatining shimoliy qismida joylashgan. Tuman 1933-yili tashkil topgan. Tumanning maʼmuriy markazi — Inderboʻr qishlogʻi.

Umumiy maʼlumot

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Hududi 10,9 ming km2. Aholisi 30,7 ming kishi, oʻrtacha zichligi 1 km2-ga 2,8 kishidan toʻgʻri keladi (2007). Tuman markazi Inderboʻr qishlogʻi. Yirik qishloqlari: Inderboʻr, Kulagino, Oʻrlik, Yeltay, Zeleniy, Jarsuat va Bedana qishloqlarii. Tuman markazi Inder qishlogʻi, viloyat markazi sanalmish Atirov shahri bilan oraliq masofasi — 200 km.

Inder tumanining iqlimi keskin kontinental: qishi iliq, yozi jazirama. Yanvar oyining oʻrtacha yillik harorati 12,3 °C, iyulniki 25,3 °C. Yogʻingarchilikning yillik oʻrtacha miqdori 200 mm.

Sanoati barchasi „Inderboʻrat“ va „Indertuz“ aksionerlik jamoatiga qarashli. Bundagi sanoat markazi Inderboʻr qishlogʻi.[3]

Avtomabil yoʻllari

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Tuman yeri boʻyicha Yoyiq daryosining ikki yoqasini boʻylab, eng yirik qishloqlarni kesib, respublika ahamiyatiga ega Atirov Oʻral avtomobil magistrali oʻtadi. Yoyiq daryosida daryo suv yoʻli mavjud. Tuman hududidan Oʻrta Osiyo Markaziy gaz quvuridan tortilgan tarmoqlar orqali gaz tashiladi. Bularning asosida tumanda avtomabil kolonnasi, „Indergaz“ mahkamasi faoliyat yuritadi.