Kontent qismiga oʻtish

Isotoy (tuman, Atirov viloyati)

Koordinatalari: 47°13′18″N 51°0′23″E / 47.22167°N 51.00639°E / 47.22167; 51.00639
Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Isotoy tumani
Исатай ауданы
tuman
Tarkibida Atirov viloyati
Maʼmuriy markazi Oqqistov
Asos solingan sanasi 1928-yil
Akim Suyneshov Zulbuxar Maqsatovich
Aholi (2010) 25 249[1] (7-oʻrin)
Zichligi 1,6 kishi./km²
Maydoni 14 700 km²
Vaqt mintaqasi UTC+5
Telefon kodi +7 71231
Pochta indeksi 060300-060305[2]
Avtomobil raqami kodi E, 06
Xaritada
Isotoy tumani xaritada
47°13′18″N 51°0′23″E / 47.22167°N 51.00639°E / 47.22167; 51.00639

Isotoy tumani — Atirov viloyatining shimoli-gʻabbiy qismida joylashgan.

Umumuy maʼlumot

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Tuman 1928-yili tashkil topgan. Hududii 14,7 ming km². Aholisi 24,3 ming kishi, aholining oʻrtacha zichligi 1 km²-ga 1,6 kishidan toʻgʻri keladi (2008). Tuman markazi — Oqqistov qishlogʻi. Gʻarbiy Qozogʻiston viloyatining Boʻkey ordasi tumani bilaan, gʻarbida Qurmongʻozi, shimolida Inder, sharqida Mahambet tumanlari bilan, janubida Kaspiy dengizi bilan chegaradosh.

Foydali qazilmalari

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Asosiy foydali qazilmalari neft va gaz. Ularning asosiy qazib olinadigan joyi tumanning janubi-shbarqiy tarafida, Kaspiy dengizining yoqasiga yaqin joylashgan.

Qishloqlari va avtomabil yoʻllari

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Eng yirik qishloqlari: Oqqistov, Oqtoʻgʻoy, Janbay, Manash, Isotoy , X.Yergʻaliev, Chapaev qishloqlari. Sanoati 1968-yili Martishi neft-gaz qazilmalarini qazib olish asosida neft zavodini barpo etish bilan bogʻliq rivojlandi. Bundan keyin foydalanishga Zaburune, oktabr, Rovnoe neft-gaz kon joylari berildi, uzunligi 85,6 km Atirov — Martishi neft quvuri ishga tushirildi. Tumanning janubiy tarafidan Atirov — Astraxan temir yoʻl va avtomobil yoʻli, Qigʻash — Atirov daryo suv quvuri oʻtadi[3].